16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 178

“MOHIDIL ShIFO MED” KLINKASIDA XALQARO DIABETGA QARShI KURASh KUNIGA BAGʻIShLAB XAYRIYa TADBIRI OʻTKAZILDI

“MOHIDIL ShIFO MED” KLINKASIDA XALQARO DIABETGA QARShI KURASh KUNIGA BAGʻIShLAB XAYRIYa TADBIRI OʻTKAZILDI

Har yili 14-noyabr sanasi butun jahonda «Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib kelinadi hamda qandli diabet kasalligiga qarshi kurashga bagʻishlangan turli xil tadbirlar oʻtkaziladi. Ushbu kun insulin gormonini sunʼiy tarzda ajratib olgan va insulinoterapiyaga asos solgan Frederik Bantingning tavallud topgan kuni boʻlib, 1991-yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Jahln sogʻliqni saqlash tashkiloti hamkorligida alohida kun sifatida belgilangan. Frederik Bantingning kashfiyoti qandli diabet kasalligini toʻla davolash imkonini bermasa ham, kasallikni nazorat qilishga hamda kasallikka chalingan koʻplab insonlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qilib kelmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan 14-noyabr kuni tumanimizda ham “Mohidil Shifo med” xususiy klinikasida xayriya tadbiri oʻtkazildi. Klinika tomonidan qandli diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xizmati bepul tashkil etilishi oldindan maʼlum qilinganligi sababli ushbu kasallikka chalingan bemorlar tahlil topshirish maqsadida ertalabdan tashrif buyurdilar. Klinikaning tajribali hamda malakali shifokorlari barcha bemorlardan tahlil namunalarini olib, qandli diabet kasalligiga chalinganlik holatini aniqlashdi.

Tahlil natijalariga koʻra, 113 nafar qandli diabet kasalligi aniqlangan hamyurtlarimizga klinika tomonidan dori vositalari hamda vitamin preparatlari berildi. Kasallikka qarshi kurashda samarali boʻlgan “Trombo ASS”, “Glibenklamid”, “Vitazef”, “Zefak” kabi preparatlar bemorlarga bepul tarqatildi. Shu kuni klinikada barcha xizmatlar xayriya tarzida bepul amalga oshirildi. Klinika mudirasi Zulxumor Mamatqulova tashabbusi bilan oʻtkazilgan  mazkur tadbirda klinikaning jonkuyar shifokorlari Nargiza Yoʻldosheva, Muborak Nurimbetova, Zumrad Yernazarova, Zamira Yeshimbetovalar bu ishlarda jonbozlik koʻrsatdilar.

Shuningdek, klinikaning malakali shifokorlari bemorlarga kasallikni qanday nazorat qilish kerakligi borasida muhim tavsiyalar berdilar. Tadbir davomida boʻlib oʻtgan muloqot davomida bemorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuningdek, shifokorlar sogʻlom turmush tarzini shakllantirish lozimligi, bunda toʻgʻri ovqatlanishning ahamiyati, yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklar butun dunyoda nogironlik darajasi ortishiga va bevaqt oʻlimlar soni koʻpayishiga sabab boʻlayotgani toʻgʻrisida gapirib, har qanday kasallikning oldini olish – davolashdan koʻra samarali ekanligini taʼkidlashdi. Bu kasalliklarni yuqori qon bosimi, tamaki va alkogol mahsulotlarini haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish, qondagi xolesterinning yuqori darajasi, ortiqcha tana vazni, meva va sabzavotlarni yetarlicha isteʼmol qilmaslik va jismoniy faollikning sustlashishi kabi xavfli omillar keltirib chiqarishi tushuntirilib, qandli diabet va uning asoratlari, davolash usullari haqida tushunchalar berildi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019