17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 496

2020-2023-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati targʻib qilinmoqda

2020-2023-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati targʻib qilinmoqda

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishdagi ishlarning uzviy davomi sifatida joriy yilning 2-oktyabr kuni Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida hududning har bir shahar va tumanini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan edi. Shu maqsadda 2020-yil 11-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha barcha sohalarning maqsadli koʻrsatkichlari belgilanib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalar va chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlandi. Shuningdek, qarorda Oliy Majlis Senatiga masʼul vazirlik hamda idoralar rahbarlari bilan birgalikda Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini taʼminlash, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar hamda tumanlariga har oyda chiqish tizimini yaratish hamda sohaga oid muammolarni shahar va tumanlarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda joyida hal etib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari topshirilgan edi.

Shu maqsadda Amudaryo tumaniga biriktirilgan masʼullar – Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tajiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi raisi Zuhra Reimovalar 23-noyabr kuni tumanga tashrif buyurdi.

Dastlab Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan Parlament nazoratini amalga oshirishda, Prezident qarori mazmun-mohiyatini aholi orasida tushuntirish va targʻib qilishda Senat aʼzolariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish topshirilgan. Shu maqsadda hududlarga biriktirilgan senatorlarga har oyda bir marotaba mahalliy Kengash deputatlari hamda Kengashning doimiy komissiyalari bilan birgalikda uchrashuvlar oʻtkazib, Prezident qaroridagi topshiriqlarni muhokama qilib borish topshirilgan.

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tajiyev xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining doimiy komissiyalariga Prezident qarorining mazmun-mohiyatini aholiga kengroq yetkazish uchun joylarda uchrashuvlar, tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirish lozimligini taʼkidlab, bu boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shundan keyin “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida koʻrsatilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va bu borada amaliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shtabning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hududidan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi masʼullari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochib, Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2020-2023-yillar davomida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Tuman hokimi oʻz soʻzida Prezident qarori bilan toʻqimachilik sanoati va bogʻdorchilikni rivojlantirish Amudaryo tumanining oʻsish nuqtalari etib belgilanganini, bu boʻyicha qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tajiyev soʻzga chiqib, Prezidentimizning yuqoridagi qarori ijrosini samarali tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari tuman va shaharlarga, mahalliy Kengashlar deputatlari okruglar kesimida mahallalarga masʼul etib biriktirilganini taʼkidlab oʻtdi. Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarining oʻsish nuqtalari belgilanib, tegishli hududlarda mazkur iqtisodiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik subʼektlari 2024-yil 1-yanvarga qadar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilindi.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 1 359 ta, Amudaryo tumani boʻyicha 77 ta loyihalar kiritilgan boʻlib, ularni amalga oshirishning aniq muddatlari, loyihalarni moliyalashtirish manbalari aniq belgilab qoʻyilgan.

Yigʻilishda tijorat banklariga mazkur loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, vakolatli organlar rahbarlariga loyihalarni tegishli infratuzilma bilan taʼminlashda, deputatlarga esa bu borada yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda amaliy yordam berish vazifalari topshirildi.

Aytish kerakki, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda fuqarolar bilan sayyor muloqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tajiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi raisi Zuhra Reimovalar bir necha kun davomida tumanda boʻlib, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev rahbarligida joylarga chiqib, hududlarda aholini tashvishga solayotgan muammolarni oʻrganadilar.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019