16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:55
Fan va taʼlim 👁 2,636

Sohibaning yutugʻi

Sohibaning yutugʻi

Mustaqillik yillarida yosh avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish barchamizning asosiy vazifamizga aylangan. 55-sonli maktabning oʻqituvchilar jamoasi oʻz ustida doimiy ishlashga, zamonaviy pedtexnologiyalarni oʻzlashtirishga va shu asosda oʻquvchilarga bilim berishga astoydil harakat qilmoqdalar. Bu esa oʻzining natijasini bermoqda. Shu bois, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirish darajasi ham yuqori. Hozirgi kunda maktabimizda 560ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. Maktabimizning yosh matematika va informatika fani oʻqituvchisi Rustam Rahmatullayev oʻzining tirishqoqligi bilan oʻqituvchilarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Fevral oyida boʻlib oʻtgan informatika-matematika fan oyliklarida oʻquvchilar bir-biriga bukletlar tayyorlashib, bayram sovgʻasi sifatida taqdim qilishdi.

8-9-sinflar oʻrtasida "Yosh matematiklar”, 5-6-sinflar oʻrtasida "Matematika - oʻyinlarda”, "Oʻyinlar-matematikada” mavzusi boʻyicha oʻquvchilar bellashgan edilar.

Maktab va tuman bosqichlarida yuqori natijalarga erishib, Respublika bosqichiga yoʻllanma olgan qizimiz, 8-sinf oʻquvchisi Sohiba Rajabboyeva matematika-informatika fanidan 24-25-mart kuni Nukus shahrida boʻlib oʻtgan "Bilimlar bellashuvi" Respublika bosqichida ham 1-oʻrinni egalladi.

Maktab direktori D.Arikov, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Oʻrozboyeva, maʼnaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Oʻrozboyev va sinf rahbari Sh.Berdiboyevalar Sohibani va uning ustozi Rustam Rahmatullayevni sovgʻa-salomlar bilan kutib oldilar.

Sohibaning yutugʻidan maktabimizning barcha oʻquvchilari ibrat olib, aʼlochi va dono, bilimdon boʻlgan bu qizdan har tomonlama oʻrnak olishga intilishmoqda. Sohiba Rajabboyevaning oʻzi esa shu kunlarda matematika-informatika fanini puxta oʻzlashtirish maqsadida ustozi R.Rahmatulleva bilan izlanishlar olib bormoqda.

- Maqsadim – informatika fanini puxta oʻrganish, Oʻzbekiston miqyosidagi bilimlar bellashuvida gʻolib boʻlish, - deydi Sohiba.

Maktabimizda informatika va matematika fanlariga qiziquvchi oʻquvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Informatika fani oʻqituvchisi Rustam Rahmatullayev har bir darsni innovatsion texnologiyalar asosida, qiziqarli savol-javoblar hamda amaliy va nazariy mashgʻulotlarning uzviyligi asosida olib boradi. Oʻquvchilarning yuqori natijalarga erishishining yana bir sababi, maktabda turli fan toʻgaraklarining hamda bilimlar boʻyicha har xil tanlovlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri tashkil etilganligidir. Shu kunlarda maktabimizda "Mohir qoʻllar”, "Zulfiyaxonim izdoshlari”, "Yosh kimyogarlar”, "Ingliz tilini oʻrganamiz” kabi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda. Jonkuyar oʻqituvchilarimiz tashabbusi bilan "Tarixni bilasizmi?”, "Prezident asarlarini oʻrganamiz”, "Kim chiroyli va bexato yozadi?” tanlovlari ham sinflararo oʻtkazilib kelinmoqda. Oʻquvchilarimiz orasida havaskor ijodkorlar ham bor. Ularning ijodiy mashqlari adabiyot oʻqituvchilari tomonidan tahlil qilib boriladi.

Zuhra AHMEDOVA,

shu maktabning kutubxona mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026