16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Jamiyat 👁 237

IMKONIYaTI ChEKLANGAN, LEKIN INTILIShLARI ChEKSIZ INSONLAR

IMKONIYaTI ChEKLANGAN, LEKIN INTILIShLARI ChEKSIZ INSONLAR

Atrofimizda shunday insonlar ham borki, ularning harakatlari, intilishlari, nogiron boʻlsalar-da, amalga  oshirayotgan ezgu ishlari va hayotda erishayotgan yutuqlarini koʻrib, beixtiyor ularni toʻrt muchasi sogʻ insonlar bilan solishtiramiz. Axir oʻzlari sogʻlom, bardam-baquvvat boʻlaturib, qaysidir moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari idoralariga ijtimoiy yordam soʻrab, tinimsiz murojaat qiluvchilar kammi? Afsuski, shundaylarning koʻpchiligi  ayrim imkoniyati cheklangan insonlarning qalblarida kechadigan hayotga nisbatan joʻshqin tuygʻularni idrok eta olmaydilar.

Taqdirini oʻz qoʻllari, sabr-matonati bilan yaratayotgan, ezgu intilishlari bilan jamiyatda oʻz oʻrnini topayotgan bunday insonlar koʻp.

Ayni paytda Oʻzbekiston Nogironlarlar jamiyati tuman boʻlinmasining 40 nafardan ziyod aʼzolari bor. Jamiyat  aʼzolarining toʻlaqonli shaxs sifatida shakllanishlari, oʻz orzu-intilishlarini qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun boʻlinma tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

– Biz turli loyihalar, grant tanlovlarida faol ishtirok etib kelamiz, – deydi Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati tuman boʻlinmasi rahbari Nilufar Xolboyeva. – Bir necha marta Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grantlarini yutib oldik. Ana shu grant mablagʻlari asosida jamiyat aʼzolari uchun qulay sharoitlar yaratilishini taʼminladik.

Grant mablagʻlari hisobidan imkoniyati cheklangan, bilim olishga, kasb-hunar oʻrganishga intiluvchan fuqarolar va yoshlar uchun kompyuter, oʻquv jihozlari, zarur uskunalar sotib olinib, N.Xolboyeva rahbarligida “Oʻquv-tikuv va toʻqish markazi” tashkil etildi. Markazda imkoniyati cheklangan fuqarolarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadi-da salkam 1000 ga yaqin kitob jamgʻarmasiga ega maʼnaviyat maskani – kutubxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, qizlarga milliy anʼana va qadriyatlarimizni  oʻzida mujassam etgan koʻrpa-koʻrpacha qavish, bezakli yostiq jildlarini tikish, erkak va ayollar, bolalar ustki kiyim-kechaklarini bichish-tikish sirlari oʻrgatilmoqda. Kutubxonada esa imkoniyati cheklangan bolajonlarga ertaklar, ibratli hikoyalar oʻqib berish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻsmir  yoshdagi bolalar ertak qahramonlarining suratlarini chizishadi, qoʻgʻirchoqlar yasashadi. Ertak qahramonlari ishtirokida sahna koʻrinishlarini namoyish etishadi.

“Oʻquv-tikuv va toʻqish markazi”ning aʼzolari juda faol. Ular bu yerda nafaqat kasb-kor oʻrganishadi, balki oʻz orzularini amalga oshirish maqsadida tinimsiz oʻqib-izlanishadi.

Ayni paytda jamiyat aʼzolaridan R.Gulmirzayev QDUning 3-bosqichida, Yu.Karimova hamda X.Erimmetovalar NDPIning 2-bosqichida tahsil olishmoqda.

2020-2021 oʻquv yilida esa I.Hayitboyeva QDU talabasi boʻldi.

Markazda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan yoshlar oʻzlarini imkoniyati cheklangan, deb emas, balki jamiyatning ongli, faol aʼzolari deb hisoblashlari uchun har bir kundan, daqiqalardan unumli foydalanishga harakat qilishadi. Turli bayram sanalarida ularning davrasi yanada kengayadi. Har bir qalbda Vatanga daxldorlik tuygʻulari joʻsh uradi, yaratuvchanlik hissi uygʻonadi.

Darvoqe, bugungi kunda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy hamda madaniy hayotida oʻz oʻrnini topib, xalq farovonligi yoʻlidagi islohotlarda faol ishtirok etishga intilayotgan bu insonlarning barchasi bizning eng yaqin hamkorlarimiz, farzandlarimiz, doʻst-u birodarimizdir. Ular hayotga joʻshqin nazar bilan boqib, doimo oldinga intilib yashovchi aziz eldoshlarimiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019