16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Siyosat 👁 335

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami munosabati bilan TABRIK NUTQI

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami munosabati bilan TABRIK NUTQI

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, Siz azizlarni, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni mustaqil Vatanimiz tarixidagi shonli sana – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, bugungi osoyishta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim huquqiy asosidir. Bosh Qomusimiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor vazifasini oʻtamoqda.

Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qoʻyilgan. Shu sababli ham Bosh Qomusimiz insonning yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi, vijdon erkinligi, saylov huquqi, mulkdor boʻlish, bilim olish, erkin kasb tanlash, mehnat qilish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarini toʻla roʻyobga chiqarishda mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, Konstitutsiya negizida ishlab chiqilgan “2017- 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” keyingi yillarda davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi.

Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning aksariyati toʻla hayotga tatbiq qilindi. Mamlakatimizning kichik bir goʻshasi boʻlmish Amudaryo tumanida ham mazkur islohotlarning natijalari yaqqol namoyon boʻlib, xalq farvonligi, jamiyat rivoji va yurt taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida dunyoning koʻplab davlatlari, shu jumladan yurtimizda ham iqtisodiy koʻrsatkichlarning pasayishi kuzatilayotgan hech kimga sir emas. Ammo, shunday boʻlishiga qaramasdan, joriy yilda ham birgina bizning tumanimizda byudjet mablagʻlari, davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida jami 8 ta maktablar, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari yangidan qurilib, 14 ta ijtimoiy soha obʼektlarida kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bularni tahlil qilar ekanmiz, 2021-yilning mamlakatimizda bejizga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deya nomlanmaganiga amin boʻlamiz. Zero, ilmli, maʼrifatli, zamonaviy texnologiyalardan xabardor yoshlargina kelajakda mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirishga qodir boʻladi.

Prezidentimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida taʼkidlaganlaridek, “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Chunki bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyotining mana shunday yangi davridagi ulkan oʻzgarishlarning bunyodkori va ishtirokchisi boʻlmish aziz xalqimizni, har bir yurtdoshimizni Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan yana bir marta chin qalbimdan tabriklayman!

Asosiy Qonunimiz hamisha suveren demokratik davlatimiz poydevori, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarining mustahkam himoyachisi, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz turmushi farovonligining asosiy huquqiy kafolati sifatida xalqimizning mangu rahnamosi boʻlib qolsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

Sultonboy Yoʻldashev, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019