16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 247

13-dekabr – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni: QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YeTIShTIRISh HAJMI OShMOQDA

13-dekabr – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni: QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI  YeTIShTIRISh HAJMI OShMOQDA

Tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturinining ijrosini taʼminlash, paxta xom-ashyosi, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishda bozor mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat tarmogʻini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yil hosili uchun 362 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi  korxonalari tomonidan 15250 gektar maydonda 34900 tonna paxta yetishtirish boʻyicha MChJ shaklidagi “Amudaryo tex” xorijiy korxonasining paxta-toʻqimachilik klasteri oʻrtasida shartnomalar tuzilib, bu boradagi reja 102,7 foizga bajarildi.

Gʻallachilik sohasida ham yuqori natijalarga erishildi. Davlatga 8845 tonnadan ziyod “qirmizi don” yetkazib berildi. Bu boradagi reja 121 foizga yetkazildi. Shu bilan birga gʻallachilik sohasida 2021-yil hosili uchun puxta zamin yaratilib, 3800 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekildi. Ayni paytda gʻalla yetishtirishga masʼul xoʻjalik va korxonalar tomonidan salkam 19 ming tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarib qoʻyildi. Shuningdek, gʻalla ekilgan maydonlarda kuzgi-qishgi sugʻorish, oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada kuzgi bugʻdoy ekilgan barcha maydonlarda kuzgi-qishgi ishlar sifatli amalga oshirildi, gʻalla maydonlarining har gektariga 4 tadan, 905 ta xandaq qazilib, bu boradagi reja 100 foiz uddalandi.

Tumanda 2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlari samarali tashkil etildi. 13 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari bajarildi. Shudgorlash ishlarida 81 ta surim texnikalari yuqori unum bilan ishlatilib, belgilangan jadval asosida kuzgi shudgorlash jarayoni sifatli amalga oshirilmoqda.

Tumanimiz qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri – chorvachilik sohasida 2020-yilda yuqori natijalarga erishildi.

Joriy yilning  1-dekabr  holatiga tumanda 156 ming 400 bosh yirik  shoxli qoramollar mavjud. Shuningdek, 104 ming 700 bosh qoʻy-echkilar, 659 ta ot zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qilinmoqda. Parrandalar soni 1 mln. 32 ming 700 taga yetkazilib, goʻsht yetishtirish 9 ming 900 tonnani tashkil etdi. Sut ishlab chiqarish esa 34 ming 485 tonnaga yetkazildi.

Baliqchilik sohasi jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2020-yilda jami 963 tonna baliq mahsuloti yetishtirildi. Bundan tashqari, 152 tonna yuqori sifatli asal yetishtirildi, 39 ming 465 dona tuxum xalqimiz dasturxoniga tortiq qilindi.

2021-yilda tumanimizda  chorvachilik sohasi boʻyicha boʻrdoqchilik yoʻnalishida  “Soatov Otabek” agrofirmasi tomonidan qiymati 600 mln. soʻmlik hamda “Qurbonboyev Shohjahon” MChJ tomonidan qiymati 550 mln. soʻm boʻlgan ikkita loyiha, sutchilik yoʻnalishida yana 2 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Chorvachilik sohasida qoramollar naslini yaxshilash maqsadida 2020-yilda xorijdan 370 bosh nasldor mollar olib kelindi. Bu yoʻnalishda 7 ta loyiha amalga oshirilib, yana 2 ta loyiha yuzasidan tegishli tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Baliqchilik yoʻnalishi boʻyicha belgilangan 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xususan, “Amu baraka fishing” MChJ, “Toʻraboy-Gulchehra” MChJ, “Yulduz ona Alirahmon-Muhammadjon” fermer xoʻjaligi, “Abdurasul Jayxun” oilaviy korxonalari tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihalar tashabbuskorlariga 26,6 gektar yer maydonlari baliqchilik tarmogʻi tashkil etish uchun ajratib berilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Amalga oshirilgan saʼy- harakatlar natijasida tumanda baliq mahsulotlari yetishtirish salmogʻi oshib bormoqda.

Oziq-ovqat  xavfsizligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida sabzavot va poliz ekinlaridan ham yuqori hosil olindi. Xususan, joriy yilda 732,6 gektar maydonga ekilgan pomidor, bodring, piyoz va kartoshka mahsulotlari yetishtirish rejasi oshirib ado etildi. 462 gektar maydonga ekilgan poliz mahsulotlari hosili ham kutilganidan ziyoda boʻldi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, “Mangʻit omad-savdo” MChJ klasteri tasarrufidagi 317 gektar maydonda ekilgan barcha ekinlardan rejadagi hosil yigʻishtirib olindi. Klasterga biriktirilgan 55 ta qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan 2482 tonna hosil olinib, shundan 826 tonnasi eksportga yoʻnaltirildi. Bu boradagi ishlar 2021  yilda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Yaʼni, qiymati 400 ming dollar boʻlgan 1 gektarlik zamonaviy issiqxona, qiymati 200 ming dollar boʻlgan 500 tonna sigʻimga ega muzlatgichli omborxona hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritishga moʻljallangan korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlarning barchasi tumanimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shu barobarida aholining sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan davlat dasturi doirasidagi ishlarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshishdir.

Fayzulla Saʼdullayev, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019