16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Adabiyot 👁 260

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bayram muborak!

 

Orqada qoldirib,

tashvish-gʻamlarin.

Yigirmanchi yilning

ogʻir damlarin.

Lahzasi tugʻdirib,

yangidan umid.

Yangi davr kelmoqda –

ozoda muhit.

Hammamizga yaxshi

hayotdan darak:

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Derlar, odam boshi

qattiqdir toshdan,

Ogʻir sinovlarni

oʻtkazdik boshdan.

Barisi orqada

qolgani boʻlsin,

Barcha mahzun dillar

shodlikka toʻlsin.

Endi hech muammo

qilmasin halak,

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Katta hurmatda-yu,

kichik izzatda

Boʻlgan har bir yerda

porloq kelajak.

Ogʻzibirlik boʻlgan

har bir millatda,

Ne oliy maqsad bor –

bari boʻlajak.

Bizda ham niyatlar

bari mushtarak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Yangi yutuqlarning

garovi boʻlib,

Xorazmdan kelar

bizga temir yoʻl.

Qancha rejalarga

bu katta imkon,

Zafarlar bizniki,

qoʻlga bersak qoʻl.

Qoraoʻzak bilan

bogʻlanib Shovot,

Orada qancha yer

boʻlgʻusi obod.

Aql yoʻl boshlasin,

qoʻllasin yurak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Qancha yigit-qizni

jahon tanidi,

Yoshlikning qudrati

boʻlib namoyon.

Sportga yor boʻlib,

obroʻ qozonsa,

Har bir eldoshimiz

hurmatga shoyon.

Zakovat zoʻr boʻlsin,

tolmasin bilak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Yangi yil bayrami

oilaga xos,

Har bir oilada

baxt hukm sursin.

Yoshlar ahil boʻlib,

qoʻsha qartaysin,

Keksalar yuz yoshning

yuzini koʻrsin.

Iqbol boshlarida

boʻlsin chambarak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

Ahmad Nafasov.

 

Yangi yil kelmoqda

 

Azaldan aylangan yurtim faxriga -

Markaziy viloyat, Toshkent shahriga.

Pisanda qilmayin qishning qahriga,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Naqshbandiy yurti Buxoro – azim,

Buyuklar maskani – mashʼal Xorazm.

Har bir xonadonda qilib toʻy-bazm,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Samarqandning mashhur zoʻr shirmoy noni,

Navoiy - boylikning tuganmas koni.

Bayramlar sardori, shohi, sultoni –

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Andijon bir taraf, Chimyon  togʻlari,

Fargʻoniyning faxri anor bogʻlari.

Barcha shod-u xandon bayram chogʻlari,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Namangan olmasi mevalar xoni,

Sirdaryo beradi halol luqmani.

Bayramga muntazir har bir oshyoni,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Qoraqalpogʻiston - Mangʻit, Qoʻngʻirot,

Surxondaryo, Boysun togʻlariga boq,

Qora uy – oʻtovi bayramga mushtoq,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Qashqadaryo, Jizzax qilsa zoʻr niyat,

Barchaga bagʻishlar yaxshi kayfiyat.

Taraddud koʻrmoqda butun jamiyat,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Goʻzal Oʻzbekiston mardlar diyori,

Koʻnglida sof imon, qoʻlda shiori.

Tinch yurtga yarashar toʻy, bayram – bari,

Yangi yil kelmoqda, Oʻzbekistonga,

Jondan aziz boʻlgan nurli boʻstonga.

 

Shomurod XOʻJANOV, Doʻrman ovuli.

 

Ezgu istaklarim

Quvonaman, shunday yurtda tugʻildim,

Hamda aziz farzand boʻlib sevildim.

Onam, deya quchogʻimni keng ochib,

Erkalanib, erkalanib ulgʻaydim.

 

Oʻzbekiston tuprogʻiday tuproq yoʻq,

Baxtiyor el bolasiday urpoq yoʻq.

Necha millat ahil yashar bagʻrida,

Bugunidan, ertasidan koʻngli toʻq.

 

Ilhom berar menga tong, saharlari,

Toʻrt fasl – kuz, qish, yoz-u bahorlari.

Kuylab oʻtay, xalqim, deya yurakdan,

Bogʻ-u chaman, togʻ-u tosh, sahrolarin.

 

Kim tosh otsa, boʻlay metin qalqoning,

Omon boʻlsin tinchlik, doʻstlik qoʻrgʻoning,

Dovullarga koʻksim tutgum mardona,

Beshiklarga toʻlsin Vatan, ayvoning.

 

Yangi yilda tilaklarim koʻp juda,

Xalq yashagay, ilohim tinch, osuda.

Juldiz aytar: Xavf-u xatar daf boʻlsin,

Tojvirusning nomi oʻchsin dunyoda!

 

Armonim bor: elim suygan qiz boʻlsam,

Oʻzbekiston! Koʻksingda yulduz boʻlsam.

Shoirlaring davrasida oʻrni bor,

Senga qudrat, mustahkam ildiz boʻlsam...

Juldiz SULTONOVA, Kuyuk koʻpir ovuli.

(Qozoq tilidan Robiya Yoʻldosheva tarjimasi).

 

KELAYoTIR YaNGI YIL

 

Qadam bosib kelayotir Yangi yil,

Oʻz yoniga imlayotir, Yangi yil.

 

Oʻtib ketdi bir yilchalik umring, deb,

Izoh berib tergayotir, Yangi yil.

 

Eski yilda bitmay qolgan ishlarni,

Zimmasiga olayotir, Yangi yil.

 

Orzu-istak rishta kabi birlashib,

Yuksaklikka undayotir, Yangi yil.

 

Dilga berib dalda hamda qudratni,

Kel-kel, deya chorlayotir, Yangi yil.

 

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

Ezgu tilaklar

Seni tark etsa gar, baxt ila omad,

Doʻstlaring chiqishsa betayin, nomard.

Senga choh qazsa-da, oʻzingni mard bil,

Hammasi oldinda, faqat sabr qil.

 

Qoʻllaring uzatsang, yetmasa bugun,

Yoʻllaring kutganlar, kutmasa bugun.

Dard-u gʻam qalbingni qoplasa butkul,

Sabr qil, oldingda – eng baxtiyor kun.

 

Alamdan qalqisa koʻzlaringda yosh,

Qaylarga uraring bilmaganda bosh.

Yoʻlingda boʻlmasa tayin bir yoʻldosh,

Bugunning ertasi bordir, sabr qil.

 

Gʻanimlar fikricha oddiy bir “xas”san,

Shunchaki oʻylashar, “nomardsan, pastsan”...

Bularning barchasi tuhmat toshi, bil,

Hammasi oldinda, faqat sabr qil!

 

Sabr qilgan yetar, albat, murodga,

Hech kuning qolmagay torfeʼl, nomardga.

Yangi yilga yetding, ming bor shukur qil,

Ey imon farzandi, sabr... sabr qil!

 

Shahlo Yangiboyeva, 40-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

 

Qorboboga xat

– Tuhmat yomon, deydilar dadam,

Tuhmatchidan yiroq boʻl har dam.

Ular seni sindirmoq boʻlar,

Hayotingni tindirmoq boʻlar.

 

Dadam haqlar, deyman ichimda,

Baxillar koʻp dunyo ichinda.

Tilagim bor, aziz Qorbobo,

Yangi yilda pok boʻlsin Dunyo.

 

Tuhmat, gʻaraz, gʻiybat yoʻqolsin,

Yer yuzida Ezgulik qolsin.

Shunda olam goʻzal boʻladi,

Dunyo zarrin nurga toʻladi.

Xursand RAJABBOYeV, 16-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yangi yilni olqishlab...

Yana hamroh sirli tuygʻular,

Dil rozini izhor etar on.

Zamin uzra sochib orzular,

Yangi yil ham kelayotir, tong.

 

Chehralarda kulgu raqqosa,

Baxt mayidan odamlar majnun.

Qor gulini ulashgan lahza,

Yangi yilni olqishlar bugun.

 

Maftun boʻlib termular osmon,

Bu kun koʻproq sevar insonni.

Bir tilakni kuylaydi zamin,

Yurak aytar tinchlik ismini.

 

Yangi yilning sahifasiga,

Muhabbatni yozib yashaymiz.

Muqaddas ishq sohibasiga,

Ezgu qadam va nur tilaymiz.

 

Xotiraga aylangan yillar,

Men xursandman, aytgum tashakkur.

Muhabbatga oshufta dillar,

Qarshingizda turibman, shukur.

 

Shahzod Anvar, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019