16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Siyosat 👁 258

Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda. “2021-yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusida oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga batafsil sharh berilib, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ulkan ishlar haqida keng maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.

Bu kabi targʻibot tadbirlari Amudaryo tumanida ham tashkil qilindi. Tadbirlarga bir qator oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tashrif buyurishdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari – falsafa fanlari doktori Azamat Muxtorov, Iqtisodiyot fanlari doktori Norboy Karimov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali dotsenti Kuralbay Atanazarov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali dotsenti Baxram Utemuratov, Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri Meruyert Pazilova, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali dotsenti Sharigul Arzuova, Nukus davlat pedagogika instituti assistenti Toʻra Pazilov, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti kafedra mudiri Gulmurod Xoʻjametovlardan iborat targʻibot guruhi aʼzolari bir necha kun davomida Amudaryo tumanida boʻlib, uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Dastlabki targʻibot tadbiri 15-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil qilindi. Tadbirda 1-sektor hududida joylashgan maktablarning direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, mahalla raislari hamda ularning oʻrinbosarlari, hududdagi tashkilot va korxona jamoalari hamda rahbarlari, tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari, tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va boshqalar soʻzga chiqib, Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida keng turda toʻxtalib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, Murojaatnomada mamlakatimizda 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar natijalari sarhisob qilinib, 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlari hamda mamlakatni yanada taraqqiy ettirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi.

Prezidentimiz tomonidan 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligining yana bir isboti boʻldi. Zero, vatanimiz kelajagini intellektual salohiyatli, bilimli, dunyoqarashi keng va yuksak maʼnaviyatli yoshlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Murojaatnomada qayd etilganidek, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va  mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi etib voyaga yetkazish har doim dolzarb masala boʻlib kelgan va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi.

Muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada inson salomatligi eng oliy neʼmat ekanini yana bir bora eʼtirof etib oʻtdilar. Shu sababli ham davlatimiz rahbari 2021-yilda koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan murakkab tibbiy vaziyatni yaxshilash yoʻlida barcha imkoniyatlar safarbar etilib, aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilishini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari yaqin istiqboldagi taraqqiyotimiz yoʻnalishlari haqida keng axborot berib, Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosiga keng jamoatchilikni safarbar qilish lozimligi haqida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida targʻibotchilar tomonidan “Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar”, “Sud-huquq tizimini isloh etish va qonuniylikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari”, “Iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – uzoq muddatli barqaror oʻsishning poydevori”, “Murojaatnomada ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar” hamda “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar”, “Vatanparvarlik ‒ insoniylikning oliy timsoli” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

Targʻibotchilar Murojaatnomani samarali hujjatga aylantiradigan narsa – uning ijrosi ekanini taʼkidlab, Murojaatnomadan oʻrin olgan gʻoyalarning ijrosidan har bir fuqaro birdek manfaatdor boʻlishini hayotiy misollar orqali keng turda tushuntirdi.

Targʻibot tadbiri ochiq va samimiy ruhda, rasmiyatchilikdan holi ravishda oʻtkazildi. Tashkilotchilar auditoriyaning yosh va individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qildilar. Murojaatnoma yuzasidan savol-javoblar, viktorinalar tashkil qilinib, gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar ragʻbatlantirib borildi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019