16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Siyosat 👁 277

Amudaryo tumanida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Amudaryo tumanida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida tuman faollari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

15-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham targʻibot guruhi aʼzolari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tumandagi 2-sektor hududida joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda dastlab Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida professor-oʻqituvchilar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Xalq taʼlimi tizimi vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari masʼullari, hududdagi tashkilot va korxonalar mehnat jamoalari vakillari hamda rahbarlari, tadbirkorlar, maktablardagi yoshlar yetakchilari, tibbiyot sohasi vakillari qatnashdi.

Targʻibot guruhi aʼzolari taʼkidlab oʻtganlaridek, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat Parlamentiga yoʻllagan Murojaatnoma mamlakatimizning joriy yil va yaqin istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik hujjat boʻldi. Murojaatnomada bayon qilingan vazifalar ijrosi xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochib berishi shubhasiz. Davlatimiz rahbari 2020-yilda Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan islohotlarni tahliliy bayon qilar ekanlar, pandemiya va turli texnogen ofatlarga qaramay, Oʻzbekiston oʻtgan yilda koʻplab ijobiy natijalarga erishgan kamdan-kam davlatlardan biri boʻlganini va bu yutuqlar xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini taʼkidladilar.

Muhtaram Prezidentimiz mamlakat taraqqiyotida taʼlim va tarbiyaning oʻrni beqiyos ekaniga alohida eʼtibor qaratib, “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiyadan boshlanadi” degan gʻoya asosida taʼlim tizimida ham katta islohotlar amalga oshirilishini taʼkidlab oʻtdilar.

Murojaatnomada yangi Oʻzbekistonni har tomonlama yetuk va bilimli yoshlar bilan birgalikda barpo etish ustuvor vazifa etib belgilandi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2021-yil – Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb eʼlon qilingani, har bir fuqaro, xususan, mamlakatimiz yoshlariga katta quvonch, faxr va iftihor baxsh etdi. Prezidentimiz mamlakat kelajagi yoshlarning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishlariga bogʻliq ekanini yana bir bora taʼkidlab, bola tugʻilganidan to 30 yoshgacha yetgunicha qamrab olinadigan milliy tizim yaratish strategik vazifa etib belgilanganini aytib oʻtdilar.

Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari Murojaatnomada barcha yoʻnalishlar boʻyicha belgilab berilgan vazifalarga keng turda toʻxtalib oʻtdilar hamda ishtirokchilarni joriy yilgi davlat dasturi hamda tuman hududiy dasturiga xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi takliflarni kiritishga chaqirdilar.

Amudaryo tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ham targʻibot tadbirlari tashkil qilindi. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbirda soʻz olganlar Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida ilgari surilgan taklif va gʻoyalar, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga doir belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish borasidagi vazifalar, ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir ilgari surilgan gʻoyalar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, Murojaatnomadan oʻrin olgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar sharhi ham ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Yigʻilish soʻngida targʻibotchilar ishtirokchilarni Murojaatnomada koʻtarilgan vazifalarni amalga oshirishga oʻz hissasini qoʻshishga daʼvat qildilar.

Amudaryo tumani Davlat soliq xizmati rahbari boshchiligidagi 4-sektor hududida ham shu kabi targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea boʻldi. Unda oʻtgan 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda bu yil amalga oshirilidagina ustuvor vazifalar belgilab berildi. Murojaatnomada Prezidentimiz davlat va jamiyatni yanada  rivojlantirish bilan bogʻliq eng asosiy yoʻnalishlar, barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qator ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda soʻzga chiqqanlar Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, asosiy yoʻnalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar, ularni samarali tashkil etish yoʻllari xususida ishtirokchilarga keng tushuncha va maʼlumotlar berdi.

Savol-javob, ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbir iitirokchilari Murojaatnoma yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldi. “2021-yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” shiori ostida tumandagi toʻrtta sektor hududida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari ishtirokchilari kelgusida oʻz ovul va mahallalari, mehnat jamoalarida Murojaatnomaning mazmun-mohiyati va uning doirasida 2021-yilda amalga oshiriladigan ulkan ishlarni keng xalq ommasiga yetkazishga oʻz hissalarini qoʻshadilar.

Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019