17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Sport 👁 285

“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilmoqda, sport musobaqalarini  tashkil etish orqali ularda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralab olish imkoni yaratilmoqda. Natijada oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash, ularning boʻsh vaqtlari maqsadli va mazmunli oʻtkazilishiga erishilayapti.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” - bu shior ayni kunda nafaqat yoshlarning,  balki, butun xalqimizning hayotiy shioriga aylanmoqda, jismoniy tarbiya va sport hayot tarzimizdan chuqur oʻrin egallamoqda.

Yaqinda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlanib, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi va tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan dzyudo kurashi musobaqasi ham tumanimiz yosh polvonlari uchun bayram tuhfasi boʻldi. Musobaqada 2007-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar 32, 35, 38, 42, 50, 60 va 66 kilogramm vazn toifalarida oʻzaro bellashdilar.

Musobaqa oldidan oʻtkazilgan saflanishda Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov yosh polvonlarni, barchani 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va milliy armiyamiz tashkil etilgan kun bilan qizgʻin tabrikladi. Bugungiday osuda  hayotimizni Vatanimizga cheksiz sadoqati, farzandlik burchi va kuchi, yigitlik shijoati bilan ishonchli qoʻriqlab turgan harbiylarga oʻz minnatdorchiligini  bildirib, yosh sportchilarni ularga munosib oʻrinbosarlar boʻlishga chaqirdi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi  sovrini uchun oʻtkazilayotgan musobaqada barchani oʻz iqtidorini namoyon etishga chaqirdi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha sport maktab ochiq birinchilik musobaqasini 32 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar boshlab berdilar. Maktabning tajribali murabbiyi Kamoladdin Norimov bosh hakamlik qilgan ochiq birinchilik musobaqasida Islom Adamboyev, Xushnud Sultonov, Kamron Ollaniyozov, Jasur Boltaboyev, Shohruh Sultonov, Umidjon Kamolov, Dilshodbek Rajabovlar oʻzlarining barcha raqiblaridan ustun kelib, gʻoliblikni  qoʻlga  kiritdilar. Shohruh Shomurodov, Abror Shomurodov, Zokirjon Saʼdullayev, Diyorbek Tursunboyev, Javohir Qodirov, Samir Yangiboyev, Rahmatjon Ismoilovlar esa ikkinchi oʻrinlarni yengib olishdi.

Shuningdek, Samandar Ozodov, Hidoyat Qurbonboyev, Xalil Ozodov, Javohir Bozorboyev, Zafarbek Boltaboyev, Kamronbek Boymurodov, Samandar Omonboyev, Quvonch Duzelboyev, Hakimboy Safarboyev, Omon Nazirboyev, Akbar Jobborberganov, Akbarali Chorshamov, Boburjon Egamberganov, Joʻrabek Murodovlar esa faxrli uchinchi oʻrinni egalladilar.

Musobaqa gʻoliblariga tuman Ichki ishlar boʻlimining sovrini va esdalik sovgʻalari topshirildi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida boʻlib oʻtgan sport maktab ochiq birinchiligi musobaqalari yosh sportchilarni dzyudo bilan sidqidildan, qunt bilan shugʻullanib, yangi-yangi marralarni egallashga ruhlantirdi, yosh sportchilarning oʻzlariga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshirdi, kuchlilar musobaqalarda aniqlanishini yana bir bor isbotladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019