16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:57
👁 3,695

KAFTDEK YeRDA BOʻSTON YaRATIB...

KAFTDEK YeRDA BOʻSTON YaRATIB...

Baʼzan katta-kichik davralarda ziroatchilik haqida gap ketganida ayrimlar:

- Xudoyo, dehqonchilik – qora mehnat-a, uni chidaganga chiqargan, - deb qoʻyishadi oshkora nolish bilan.

Rostdan ham shundaymi? Haqiqiy dehqon odam bunday demasa keragov...

Haqiqiy dehqon... U qaysi yerga qanday ekin ekish kerak, mehnatning gazagi qay vaqt – barini besh qoʻlday biladi. Eng muhimi, u yerni sevishdan, mehnat qilishdan aslo charchamaydi.

- Yerimiz – davlatimiz, - deydi "Toʻlqin” ovulida yashovchi Ramiza opa Matqurbonova. – Har tong tomorqaga chiqib, nonushta vaqtigacha ishlamasak, choyimiz hech "qoʻnmaydi”. Shu yerga bogʻlangan taqdirimizdan hamisha rozimiz. Muhtaram Prezidentimiz: "tomorqa – oila byudjetini moʻʼtadillashtirib turadi”, - deb bekorga aytmaganlar.

Yer va ziroatchilikning qadr-qimmati haqida alohida mehr bilan soʻzlayotgan Ramiza opa Matqurbonovani "toʻlqin”liklar juda yaxshi bilishadi: "Dehqonchilikda ilmi baland ayol”, - deya taʼrif berishadi opa haqida gap ketganida. Suhbat asnosida Prezidentimizning tomorqa xoʻjaligi yuritishga oid fikrlariga oʻzicha chiroyli izohlar berib gapiradigan, ertalab tomorqasiga chiqib ishlamasa, hech choyi "qoʻnmaydigan” Ramiza opaning xonadonida boʻlganimizda uning tomorqa xoʻjaligini yuritishda oʻziga xos uslubi borligiga guvoh boʻldik. Avvalo, uy va hovlining sarishtaligidan koʻrgan kishining koʻzi yayraydi. Daraxtlar shu darajada mohirlik bilan ekilganki, birining soyasi boshqasiga tushmaydi. Uzum toklariga esa oʻta sanʼatkorlik bilan tartib berilgan. Toifi, husayni, xirmoni, chillaki navlari qator ekilgan uzumzorda bahorgi tadbirlar – tok zangilarini koʻtarish, oziqlantirish, tuplarini chopqilash ishlari shu darajada sarishtalik bilan bajarilganki, bogʻbonning ishiga havas qilmaslikning aslo iloji yoʻq.

- 2012-yilda 6 million soʻm kredit mablagʻi oldik, - deydi oila sohibi, qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi, Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Xudoyor aka Matyoqubov. – Oilamiz daromadi bilan qoʻshib 10 million soʻmlik sarf-xarajat qilib 2 sotix yerga issiqxona qurdik. Umr yoʻldoshim barcha ishni oʻz qoʻliga olgan. Nasib qilsa, shu yoz mavsumidayoq issiqxonaga ketgan mablagʻ toʻliq qoplanadi.

Ramiza opa umr yoʻldoshiga "yoshulli” deya hurmat koʻrsatarkanlar.

- Yoshullining maslahati bilan ish yuritamiz, - deydi u. – Menga oʻgʻlim Amirbek, qayn ukamning oʻgʻli Temurbek katta yordam berishadi.

To nafaqaga chiqqunigacha Oʻzbekiston Respublikasi gʻoʻza selektsiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan, asli kasbi agronom boʻlgan Ramiza Matqurbonova qaysi vaqtda qanday ish qilishni yaxshi biladi.

Issiqxonada ayni kunda Ramiza opaning ishi koʻpaygandan-koʻpaygan. Birinchi boʻlmada ertagi pomidor, karam, baqlajon, bulgʻor qalampirining koʻchatlari bozorga olib chiqishga tayyorlab qoʻyilgan. Yana bir boʻlmada esa poliz ekinlari urugʻlari qadalgan yuzlab mayda qutichalarda ertapishar tarnak, bodring, ertagi tarvuz, gurvak nihollari allaqachon unib chiqishni boshlagan boʻlsa, asosiy boʻlmada ish eng qizgʻin pallaga kirgan. Bu yerda koʻchatlari Toshkent shahridan olib kelib oʻtqazilgan ertagi pomidor paykali yoppasiga gulga kirgan. Odamning koʻzini yashnatib, koʻnglini koʻtaradigan mehnatning chiroyini shu yerda koʻrdik biz.

"Mehnatning chiroyi boʻlarkanmi?” – deya ajablanmang, eldosh. Agar Ramiza opaning mehridan taft olib, bagʻrida necha yuzlab koʻchatlarni gullatib qoʻygan, atigi 2 sotixgina, kaftday yerda dunyoning goʻzalligiga roʻbaroʻ kelsangiz, albatta, nainki goʻzallik, balki sehr-u sinoatning barchasi mehnatda, yerga muhabbatda ekanligiga guvoh boʻlardingiz. Yana, bu kaftdek boʻstonning – tomorqaning egasi 10 million soʻmlik issiqxona oʻz xarajatini shu yozda qoplaydi, qolgani faqat foyda, deb xom choʻtini oldindan quvonib aytib tursa, bu halol va fidoyi mehnatga havas ham, hayrat ham munosib.

- Uzumzor, olmazordan keladigan daromad ham ancha bordir-a? – qiziqdim.

- Buning hisobini yoshulli biladi, u kishidan oʻtib bir narsa deya olmayman, - deydi Ramiza opa kamtarlik bilan.

- Oʻzimizga ham, bozorga olib chiqishga ham yetib-ortadi. Faqat ertagi pomidorning oʻzidan 2 sotix yerdan 1,5 tonna hosil yigʻish niyatimiz bor. Issiqxona xoʻjaligimiz yangi boʻlgani uchun qishda hosil yetishtirish imkoni boʻlmadi. Lekin tayyor pomidor koʻchatlarini Toshkentdan olib kelib oʻtqazdik. Ramiza opangizning va oʻgʻlim Amirbekning mehnati bilan pomidor nihollari yoppasiga gulga kirdi. Xudo xohlasa, may oyining oʻrtalariga birinchi hosilni yigʻishni boshlaymiz. Hozir Mangʻit bozorida pomidorning kilosi -5-6 ming soʻm. Bizning pomidor pishib-yetilgan paytda 3-3,5 ming soʻm atrofida boʻladi. Ramiza opangizning hisob-kitobida xatolik boʻlmaydi. Opangiz bozorni yaxshi oʻrgangan dehqon. Endi 1,5 tonna pomidorni sotishdan keladigan daromadni oʻzingiz hisoblab chiqavering.

Ramiza opaning 2 sotix yerdagi faqat bir boʻlmadan, kaftdek yerning uchdan bir qismidan oladigan daromadini oʻzimcha hisobladim – 4,5-5 million soʻm atrofida! Qolgan ikkita boʻlmadagi turli xil koʻchatlardan olinadigan daromad-chi?

- Endi bunisi sir, - deydi Ramiza opa kulib.- Ayrim koʻchatlarning bir tupini 400-500 soʻmdan sotamiz, ayrim turlarini 300 soʻmdan, deganday.

Vaholanki, issiqxonada mayda qutichalarda oʻstirilayotgan necha yuzlab, balki minglab koʻchatlar bor, albatta, ularning sanogʻiga yetish qiyin.

Koʻrganlarim, kuzatganlarim – mehnatning qadrini baland tutgan oddiy bir dehqon ayolning oʻgʻli Amirbek  va jiyani Temurbekni yoniga olib bir parcha yerda boʻston yaratishga intilib yashayotgan lahzalari oltinga teng hayotining birgina lavhasi. Bu lavhada katta maqsad sari ulugʻvor qadam bor, ertangi kunga qatʼiy ishonch bor. Oʻz mehnati ila yaralayotgan goʻzallikka orzumandlik mujassam. Yana, halol va fidoyi mehnatning shirin, totli noni bilan aziz toʻkinlik, toʻkinlikdan yaralgan obodlik, OʻZGARISh bor unda!

OʻZGARISh. Mustaqil mamlakatimizga xos ulugʻvor OʻZGARIShlar – toʻkinlik, farovonlik va obodlik eng avvalo oila ostonasidan – tomorqadagi iqtisodiy oʻsish, yangilikdan boshlanadi. Buni muhtaram Prezidentimiz Mustaqillikning ilk kunlaridanoq eʼtirof etganlar, qimmatli fikrining amaliy isboti uchun tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy tamoyillaridan eng muhimi issiqxonalar barpo etishga kirishish ekanligini taʼkidlaganlar.

Yerim, mulkim degan har bir dehqon yer egasi – mulkdor boʻldi, kaftdaygina tomorqasi ortidan boy-badavlat boʻldi.

Shu haqda oʻylarkanman, 16-20 sotix yeri bor ayrim yurtdoshlarimizning tomorqasiga beda yoki xashakbop oʻt ekishdan nariga oʻtmay, daromad izlab chet davlatlarga chiqib, sargardon kezib, biri ikki boʻlmay kaytayotganlari, hatto firibgarlar tomonidan aldanib odam savdosi qurboniga aylanib, qolayotganlariga achinib ketaman. Axir moʻl-koʻl daromad topishning manbalari oʻz uyimiz, oilamiz ostonasida - tomorqa yerimizda ham bisyor ekin-ku. Mana, Ramiza opa Matqurbonovaga oʻxshagan rejali, tadbirli uy bekalari roʻzgʻor yumushlaridan ortib, yerga – tomorqaga mehr qoʻydi, oila kam-koʻstini toʻgʻrilashning, farovon va obod turmush kechirishning uddasidan chiqdi. Qandini ursin! Oilaning har bir aʼzosi uchun moliyaviy muammo yoʻq. Mol-holi, kurka-yu tovugʻi, tuxumi-yu don-duni, meva-yu sabzavoti bisyor xonadonda har kuni bir oʻzgarish – qimmatbaho gilamlar, maishiy uskunalar.

Hayotidan, mehnat kunlaridan mamnun, koʻngli toʻq insonlargina yaxshi niyatlar qilishadi. Yaxshi niyat - yarim davlat, deydilar. Bu xonadonda ana shunday davlatmandlikni koʻrdik biz.

 


Robiya YOʻLDOShEVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026