16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Siyosat 👁 3,151

Yangi Qonun bilan mahallaga YaNGI HUQUQ VA VAKOLATLAR BERILDI

Yangi Qonun bilan mahallaga YaNGI HUQUQ VA VAKOLATLAR BERILDI

Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturining bosh yoʻnalishlaridan biri davlatning bir qator vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishdan iboratdir.

Bu jarayonda xususiy mulkni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, isteʼmol bozorini toʻldirish, ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, odamlarning moddiy farovonligini oshirish va aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish masalalari, birinchi navbatda, mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan hal etilishi kerak. Shunday ekan, "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturining hayotga keng joriy etilishida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi boʻlmish mahalla institutining oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini kuchaytirish, jumladan, mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari koʻlamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro yaqin munosabatlarini taʼminlash zarurligi alohida taʼkidlandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, 2013-yilning aprel oyida "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi hamda "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunlari yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga himoyaga muhtoj boʻlgan qatlamlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, fuqarolar bandligiga koʻmaklashish, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha vakolatlar berilgan. Shuningdek, Qonunda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish maqsadida bir nechta meʼyorlar ham nazarda tutilgan boʻlib, mazkur yangi meʼyorlar fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi roli va ahamiyatini yanada oshirish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Yuqoridagilardan tashqari, mazkur sohani tartibga solishda Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ham muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib oʻtish oʻrinlidir. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10 iyuldagi 196-sonli qarori bilan Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olish toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olishning qatʼiy tartibini belgilash bilan birga, unda fuqarolar yigʻinini hisobga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish va hisobga olish tartibi, fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olish tartibi kabi qoidalar oʻz ifodasini topgan.

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan tegishli vakolatlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30 sentyabrdagi 267-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14-dekabrdagi 329-sonli qarorlari bilan "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika Kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda "Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy Nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarorlari qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomda fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari, fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi, fuqarolar yigʻini kengashini tuzish tartibi, fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish tartibi, fuqarolar yigʻini taftish komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tugatish tartibi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) va uning maslahatchilarining vakolatlari, fuqarolar yigʻini masʼul kotibining, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining vakolatlari, fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi, fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.

Bundan tashqari, "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalarning Nizomlari tasdiqlandi:

- maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiyasi;

- ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyasi;

- xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi;

- voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi;

- tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiyasi;

- ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi;

- jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlarining mavqeini koʻtarish, jumladan, mahalla instituti ishining samaradorligini oshirish mamlakatimizda nafaqat tinchlik va hamjihatlik, jamiyatimizdagi barqarorlikni saqlashning, balki aholining farovonligi, turmush darajasi va sifatini oshirishda ham muhim omil boʻladi.

Aytmurat Xalturdiyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019