16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Siyosat 👁 2,322

Dunyodagi eng baxtli xalqmiz

Dunyodagi eng baxtli xalqmiz

Har bir mamlakatning kuch-qudrati aholisining jismoniy va maʼnaviy sogʻlomligi bilan belgilanadi. Zero, sogʻlom odamgina ezgu ishlar qilishga, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka qodir.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, maʼnan va jismonan sogʻlom avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan oqilona chora-tadbirlar bugun jahon miqyosida namuna sifatida eʼtirof etilmoqda.

Nafaqat markazlarda, balki chekka qishloqlarda ham qad rostlagan zamonaviy shifo maskanlarida bugungi kunda aholiga zamon talablari darajasida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Endilikda bemorning shifokorga murojaat qilishi va davolanishi uchun avvalgi paytlardagidek tuman markazidagi shifoxonaga qatnab ovora boʻlishiga hojat qolmadi. Ovul yoki mahallaning oʻzida joylashgan shifo muassasasidagi umumiy amaliyot shifokori kasallikka tezkor ravishda aniq tashhis qoʻyib, bemorga zarur tibbiy tavsiyalar bermoqda.

Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida qoʻlga kiritgan salmoqli yutuqlarining eng muhimi ham onalar va bolalar sogʻligi muhofazasiga katta eʼtibor qaratilganligidir.

Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilgan izchil islohotlar samarasida "Sogʻlom ona — sogʻlom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi xalqimiz hayot darajasining yanada koʻtarilishiga olib keldi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda ayollarning umr koʻrish davomiyligi 67 yoshdan 75 yoshga uzaygani, onalar oʻlimi 3,1 barobar, bolalar oʻlimi 3,2 barobar kamaygani, nufuzli xalqaro tashkilot — "Save the Children ("Bolalarni asraylik”) tomonidan tuzilgan jahon reytingida Oʻzbekiston oʻsib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng koʻp gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan davlatlar oʻntaligiga kirgani buning yorqin dalilidir.

Sogʻlikni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlarning asosida mustaqillikning ilk yillarida ilgari surilgan "Islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning manfaatlari uchun” degan hayotiy gʻoya turgani bugun turmushimizda oʻz isbotini topmoqda.

Nuroniylarimiz har tong duoga qoʻl ochar ekan, eng avvalo "tani-jonimiz sogʻ, yurtimiz tinch boʻlsin”, deya tilak bildirishadi. Darhaqiqat, tani sogʻ, yurti tinch, koʻngli xotirjam xalq – dunyodagi eng baxtli xalqdir. Nazarimda, bunday baxt faqatgina bizga ato etilgan!

Olimboy HALIMOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019