16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:29
Siyosat 👁 2,951

“Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazish toʻgʻrisida

“Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazish toʻgʻrisida

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan 1991-yildan boshlab tuman gazetasi jamiyatni eski tuzum mafkurasidan xalos qilib, mustaqillikni mustahkamlashdek buyuk va sharafli vazifani ado etishda, xalqimizni milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, ming yillar davomida shakllangan qadriyatlar, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni imon-eʼtiqodli qilish, dunyo tamadduniga hissa qoʻshgan ota-bobolarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avvaylash va uning bebaho qadr-qimmatini yoshlarga anglatish, ularning qalblarida faxr-iftixor, Oʻzbekistonning buyuk kelajagiga ishonch tuygʻularini uygʻotishda muhim vosita boʻlmoqda.

Bugun erkin va ozod Vatan, obod va farovon turmush qurish, mamlakatimizni har jihatdan taraqqiy ettirib, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish, uni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga qoʻshish, aholini, ayniqsa yoshlarni milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ham "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi fidoyi va jonkuyar tarbiyachi vazifasini bajarmoqda.

Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida va shiddatli zamonda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, uning ilovasi "Mening oilam” gazetasi hamda tahririyatning Internetdagi www.amunews.uz veb-saytida berilayotgan tezkor va xolis xabarlar, publitsistika janriga oid ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda iqtisodiy hayotni toʻlaqonli aks ettiruvchi lavha va ocherklar tumanimiz aholisining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Shularni hisobga olib, mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati katta ekanligini eʼtirof etgan holda

QAROR QILAMAN:

1. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati mehnat jamoasining tumanda 2014-yil 15-iyuldan 15-avgustgacha "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazish toʻgʻrisida bildirgan taklifi maʼqullansin.

2. "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilovalar berilmaydi).

Tashkiliy qoʻmitaga Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan barcha tadbirlarni yuqori saviyada, mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligiga hamohang tarzda tashkil qilish hamda oʻtkazish vazifasi topshirilsin.

3. "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida oʻtkaziladigan targʻibot oyligi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati (Gʻ.Yeshniyozov)ga targʻibot oyligini oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha har haftada Tashkiliy qoʻmitaga axborot berib borish vazifasi topshirilsin.

5. Tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari belgilangan uchrashuvlar rejasiga muvofiq oʻz mehnat jamoalarida, ovul va mahallalarda targʻibot oyligi doirasida oʻtkaziladigan ijodiy kechalar, adabiy-badiiy uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil qilishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.

6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova zimmasiga yuklansin.

R.Yoʻldashev,

Amudaryo tumani hokimi.

2014-yil 7 iyul, 443-son.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019