16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:08
Adabiyot 👁 2,675

“Taraqqiyot koʻzgusi” – xalq minbari

“Taraqqiyot koʻzgusi” – xalq minbari

"Oʻz qutlugʻ tarixi, qadri, hayot tarzi va dunyoqarashi qanday kechayotganligini, hozirgi davrning yorqin qirralarini anglashni istagan har bir inson gazetalarimiz taxlamlari sahifasini varaqlasin, shundagina bir butun hayot tarzining boy xazinasidan bahramand boʻlishiga, oʻzining kimligini chuqurroq anglab olishiga aminman”, - deb yozgan edi faxriy jurnalist, falsafa fanlari nomzodi Tursunboy Davlatboyev.

Ha, bu yil 80 yilligi nishonlashga qizgʻin hozirlik koʻrilayotgan tumanimiz matbuoti qayerda, qanday nomda nashr etilishidan qatʼiy nazar, hamisha xalq minbari boʻlib keldi, xalq xohish-irodasining ifodachisi, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalish bosqichlarini tarixga muhrlagan solnoma, kishilarni yangi kunga umid bilan qarab, ezgu maqsadlar yoʻlida mehnat qilishga chorlaguvchi kuch boʻlib keldi.

Ayni kunda ham gazeta har bir fuqaroni oʻtmishdan tegishli xulosa chiqarib, bugungi hayot tarzini toʻgʻri belgilay olishi, oldin kim edig-u bugun kim boʻlganimizni chuqur mushohada etib, istiqlol bergan imkoniyatlardan bahramand boʻlishga, bunyodkor xalqimizni hech kimdan kam boʻlmay, ona Vatanimizni rivojlangan davlatga aylantirish yoʻlida fidoyi mehnat qilishga undayotgani bilan ham qadrlidir.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, ayrim tuman gazetalari oyda, ikki oyda bir marta 400-500 nusxa atrofida chop etilayotgan bir vaqtda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi har oyda 4-marta, 5000 dan ziyod nusxada chop etilayotgani va tumanimizning barcha hududlarini qamrab olayotgani bilan ham diqqatga sazovordir. "Taraqqiyot koʻzgusi”ning ilovasi "Mening oilam” gazetasi va www.amunews.uz veb sayti esa tumanimiz aholisini tezkor va xolis axborot bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda.

Shularni hisobga olib, shu yilning 7-iyulida tuman hokimining mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligiga hamohang tarzda "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tuzilgan Tashkiliy qoʻmitaga targʻibot oyligi doirasidagi chora-tadbirlarning yuksak saviyada oʻtkazilishini taʼminlash, tumandagi barcha korxona-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislariga oʻz mehnat jamoalarida rejaga muvofiq ijodiy kechalar, adabiy-badiiy uchrashuvlarni tashkil etishga amaliy yordam berish vazifasi topshirildi.

Tahririyat ijodiy jamoasi tumanimiz rahbariyatining matbuotga, matbuot xodimlarining zahmatli mehnatlariga eʼtibori va eʼtirofidan minnatdor boʻlib, yangi-yangi ijodiy parvozlarga shaylanmoqda.

Aziz gazetxon!

Siz ham bizning ishimizga befarq boʻlmasangiz, bizni qoʻllab-quvvatlasangiz targʻibot oyligida faol ishtirok eting, tuman matbuotida oʻz soʻzingiz, fikr mulohazalaringiz, ijodiy ishlaringiz bilan faol qatnashing. Zero, bizning gazetamiz, xalq minbaridir.

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026