16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:24
Jamiyat 👁 2,529

Tariximi - oʻzligimiz

Tariximi - oʻzligimiz

Tarix – oʻtmish bilan kelajak oʻrtasidagi insoniyatning maʼnaviy xotirasi. Ana shu maʼnaviy xotira qanchalik haqiqiy va musaffo boʻlsa, har bir avlod oʻz kelajagi uchun mustahkam tamal toshlarini qoʻya oladi.

Ming bora afsuslar boʻlsinki, bizning millatimiz uchun qariyb 130 yillik hayot yolgʻonlar, tuhmat va boʻhtonlar girdobiga tashlangan, tillari sugʻurilib, qanotlari qirqilgan va har bir qadami oʻlchovli, vujudi yarador lochin umriday azoblar girdobida oʻtdi. Milliy kamsitilishning eng dahshatli koʻrinishi bizga berilgan sobiq tuzum saboqlarida yanada yaqqolroq koʻrinardi. Men tahsil olgan oʻquv maskani - Nukus Davlat Universiteti ham T.G.Shevchenko nomi bilan atalardi. Esimda: Universitetning oʻquv auditoriyalarida 1-bosqichdan boshlab KPSS tarixi fani oʻtilardi. Marksizm-leninizm taʼlimotiga asoslangan KPSS tarixini bilish biz talabalardan shu darajada talab etilardiki, ushbu tarixning biron bir nuqta, vergulini unutgan talaba imtihon tugul "zachet” topshirishi amrimahol edi. Biz talabalar shundoq yurtimizdagi Ellik qalʼa, Gavur yoki Yompiq, Yonboshqalʼa, Chilpiq qoʻrgʻonlari kabi tarixiy joylar toʻgʻrisida hech narsa bilmas edik.

Endi oʻylab qarasam, biz oʻzbeklar XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asr oxirlariga qadar tarixiy ildizlarimizdan ajralgan, qurib qolish holatiga kelib qolgan, obi-hayotga tashna, shox-u butoqlari qirqilgan daraxt darajasida toptalgan, eng yomoni, oʻz tariximizni majburiy tarzda unutishga mahkum etilgan gumrohlar - murvat bilan boshqariladigan robotlarga aylana boshlagan ekanmiz.

Tarixni yoʻqotish – fojea, azizlar. Modomiki, tarixiy ildizlarimiz mustahkam boʻlmas ekan, biz kelajak uchun mustahkam poydevor qura olmaymiz. Mustaqillik bizning mudroq gʻururimizni uygʻotdi. Muhtaram Yurtboshimiz mustaqillikning ilk kunlaridanoq:

- Tarixsiz kelajak yoʻq! – dedilar baralla. Yuzlab, minglab ilm-irfon fidoyilari yuragida oʻzbekona GʻURUR, ORIYaT qayta tirildi. Milliy davlatchiligimizning necha ming yillarga borib taqaladigan haqiqiy tarixi tiklandi. Buni qayta yaratildi, deyish notoʻgʻri, qaytadan tiklandi millatimiz tarixi! Va asl haqiqatlar yuzaga chiqqan kundan boshlab ahli jahon Oʻzbekni qaytadan kashf etdi, hayratlar, havaslar sil-silasida jahonga yuz tutdi Oʻzbek! Nihoyatda boy tariximiz, jamiki sohalarda ulugʻ ajdodlarimiz erishgan yutuqlar, buyuk kashfiyotlar koʻzgusida yanada buyuklandi, mustaqillik degan oliy neʼmat bilan yanada sayqal topdi. Endilikda milliy davlatchiligimiz tarixi, maʼnaviy-maʼrifiy hayot tarzimiz aks etib turgan qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizning tarbiyaviy ahamiyatini butun jahon qiziqib oʻrganmoqda.

Ming bora shukurki, shunday ulugʻ kunlarga yetdik. Buyuk tariximiz, maʼnaviyatimiz, oʻzligimiz, insonligimiz qadr topdi. Bu baxt millatimizni aslo tark etmasin!

Xushroʻy EShChANOVA,

mehnat faxriysi, tarixchi.

(Foto - http://samarkandtourism.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019