17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:05
Siyosat 👁 2,328

BAXTLI KUNLAR OʻZ-OʻZIDAN KELMAGAN

BAXTLI KUNLAR OʻZ-OʻZIDAN KELMAGAN

Mustaqillik… sen bulutlarni yorib chiqqan quyoshsan, qancha-qancha bobokalonlarimizning koʻnglidagi asriy armon, asriy orzusan!

Haqiqatan, mustaqillik bizning qadr-qimmatimizni, milliyligimizni va muxtasar qilib aytganda, oʻzligimizni qaytarib bergan ulugʻ neʼmatdir.

Mustaqillik toʻgʻrisida soʻz ketganida: mustaqillik bizga nima berdi? kecha kim edig-u bugun kim boʻldik? kabi savollar xayolimizni chulgʻab oladi. Beshak, mustaqillik bizga erkin nafas va yangi farovon hayot ato yetdi. Yaqin oʻtmishga nazar soladigan boʻlsak, bizning xalqimiz tahqirlangan, insoniy shaʼni va qadr-qimmati toptalgan, Respublikamiz agrar va qoloq hudud edi. Bugun esa har tomonlama rivojlangan, har bir soha taraqqiy topgan, barkamol farzandlari iqtidorlari bilan dunyoni lol qoldirayotgan, yuksak maʼnaviyatli, hur millatga aylandik. Istiqlolga erishishimiz natijasi oʻlaroq, asrlar silsilasida oʻz mahobatini yoʻqotmay kelayotgan muqaddas qadamjolarimiz, masjid-u madrasalarimiz qayta boʻy tikladi. Yurtimizga kelayotgan sayyohlarning soni kundan-kunga ortib borayotganligi buning yorqin misolidir.

Bugun Oʻzbekistonimiz mustaqilligi yigirma uch yoshda. Mana shu qisqa fursat ichida ona xalqimizning moddiy va maʼnaviy ahvoli tubdan oʻzgarib ketdi. Yurtimiz jamoli tanib boʻlmas darajada chiroy ochib, bugun dunyo ahli havas qilgulik darajada yuksalib bormoqda. Albatta, bu oʻzgarishlar, bu yuksalishlar zamirida istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar yotadi.

Ayniqsa biz yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborni koʻrib, qalblarimiz faxru-iftixorga toʻladi. Chunki istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yoshlarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Oʻquv maskanlarimizdagi zamon talablariga toʻliq javob beradigan, yorugʻ va shinam xonalarimiz, barcha talablarga javob beradigan qanchadan-qancha oʻquv laboratoriya xonalari va sport zallari, biz yoshlarning ilm olishga qanchalik gʻamxoʻrliklar qilinayotganini koʻrsatib turibdi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimidagi tabrigini tinglab, toʻgʻrisini aytsam, koʻzimdan yosh chiqib ketdi. Davlatimiz rahbari biz yoshlarga shunday bir ishonch bilan, shunday bir gʻurur bilan murojaat qilayaptilarki, mening ham koʻnglimda mana shunday ozod elning farzandi ekanligimdan faxrlanish, iftixor tuygʻulari joʻsh urdi.

Prezidentimizning:

-Aziz bolalarim!

Mening farzandlarim boʻlmish butun Oʻzbekiston yoshlariga qalbimda, yuragimda boʻlgan fikrni aytmoqchiman: har qachon sizlar bilan uchrashganda, sizlarning yonib turgan koʻzlaringizni, navqiron qaddi-qomatingizni, sizlar erishayotgan yutuqlarni kuzatganda, koʻpchilik qatori men ham oʻzimda xuddiki qanot paydo boʻlgandek his qilaman.

Sizlar qayerda, qaysi sohada boʻlmasin-bilim olish, ilmu-hunar choʻqqilarini egallash, eng zamonaviy kasb-hunarlarni oʻzlashtirish, biznes sohasini rivojlantirishda, sport maydonlarida Oʻzbekistonning shuhratini tarannum yetishda barchaga namuna boʻlayotganingiz, soʻzsiz hammamizni quvontiradi, - dyeya ishonch bildirgani hurmat va ehtirom bilan, ishonch va samimiyat bilan alqaganliklarini koʻrib qalbim yorishib ketdi. Mana shunday oʻylar mendan boshqa yana necha-necha oʻzbekistonlik yoshlarning koʻnglidan oʻtgan boʻlsa ajab yemas. Sobiq ittifoq hukmron boʻlgan oʻsha yillarda, hali ona suti ogʻzidan ketmagan goʻdaklarning qahraton qishda sovuq qorlarni kechib paxta terganliklarini, ularning ayni oʻqib ilm oladigan pallalari mana shunday qora mehnatda, paykallarda kechganini oʻylasam,bugungi kunimizning qadrini teranroq anglaganday boʻlaman. Har qadamimda, har nafasimda. Va shu barobarida farzandlik burchimni, bunday dorilomon kunlar oʻz-oʻzidan kelmaganini ham. Bizga ana shunday ulugʻ baxtni ato etgan eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz muborak boʻlsin, azizlar!

Aziza MADRAHIMOVA,

Mangʻit shahridagi Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-bosqich oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026