16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:24
Jamiyat 👁 2,690

Yurt madhi

Yurt madhi

Ustoz jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozovning "Yashna, yashna Amudaryom” sheʼri bir paytlar tumanimiz ahlining eng sevimli sheʼri edi. Bu sheʼr bilan aytiluvchi qoʻshiq esa salkam yarim asr davomida amudaryoliklarning tilidan tushmadi.

Albatta, qoʻshigʻing butun bir elning qalb mulkiga aylansa, bu - baxt. Ammo, vaqt oʻtishi bilan sheʼrdagi voqeliklarning zalvori pasayadi, qahramonlar hayot sahnasini tark etadi. Bunday paytda sheʼrni yangi obrazlar bilan boyitish, unga zamon, davr ruhini kiritish zarurati yuzaga keladi. Shu maqsadda bugun tumanimizdagi yangilik va oʻzgarishlardan, yurtdoshlarimizning yutuqlaridan ilhomlanib, ushbu yangi qoʻshigʻim dunyogakeldi:

Yashna, yashna Amudaryom!

(Qoʻshiq)

Joʻshqin Amu boʻylarina,

Yastangansan Amudaryom.

Qonib uning suvlarina,

Yashnagansan Amudaryom!

S.Xoʻjaniyozov.

Amu boʻyida qoʻsh sohil,

Gullab yashnagan serhosil.

Tuprogʻing zar, xalqing ahil,

Yashna, yashna Amudaryom!

Oʻtmishingdan soʻzlar Chilpiq,

Buguningdan qomating tik.

Moziy, bugundan xush bitik,

Yashna, yashna Amudaryom!

Xalqing paxtakor, sohibkor,

Dala-bogʻlaring maftunkor,

Peshona terdan chamanzor,

Yashna, yashna Amudaryom!

Mangʻit, Qipchoq Toshyop – soying,

Mavjlari ochar chiroying.

Bagʻring bogʻ-u boʻston doim,

Yashna, yashna Amudaryom!

Sen Jumurtov, Toʻlqin, Xitoy,

Qangli, Mangʻit ham Qilichboy.

Sen Nazarxon, Berdaq, Bekboy -

Yashna, yashna Amudaryom!

Istiqlol ochgan chiroying,

Bugun obod hamma joying.

Namunasan yurtga doim,

Yashna, yashna Amudaryom!

Qoraqalpoqda birinchi,

Paxtakor, ishchi, quruvchi.

Har sohada ilgʻor – kuchli,

Yashna, yashna Amudaryom!

Sen ziyokor oʻqimishli,

Sen ijodkor ilhom – yoʻshli,

Sen tadbirkor – bozor husni,

Yashna, yashna Amudaryom!

Bozorlaring obod toʻkin,

Mahsulotlaring suv – tekin.

Patir-noning doim butun,

Yashna, yashna Amudaryom!

Obod har bir xonadonim,

Uydan arimas mehmonim.

Sahovatli bekajonim,

Yashna, yashna Amudaryom!

Mehmonlarga manzur gurvak,

Meva-chevangga yoʻqdir gap.

Taomnomang: palov, boʻrak,

Yashna, yashna Amudaryom!

Goʻsht ham baligʻing shohona,

Dovrugʻi ketgan jahona.

Besh yulduzli mehmonxona –

Yashna, yashna Amudaryom!

Bosh shaharing – qalʼang Mangʻit,

Qadim hamda navqiron kent.

U – uzukka qosh qoʻygandek,

Yashna, yashna Amudaryom!

Mangʻitdagi qurilishlar,

Obodonchilik yumushlar.

Soʻzanaga zarrin naqshlar,

Yashna, yashna Amudaryom!

Koʻchalaring keng va ravon,

Har qadamda bitta doʻkon.

Ha, sen shunday obod makon,

Yashna, yashna Amudaryom!

"Amudaryo tekstil”ing,

Kiyintirar hali eling,

Harir libosdagi kelin –

Yashna, yashna Amudaryom!

Yoshlar uy-joy majmuasi,

Mini futbol maydonchasi,

Deyman, bu bir debochasi,

Yashna, yashna Amudaryom!

Istirohat bogʻing koʻrkam,

Tomoshalari rango-rang.

Bolajonlar yayrar biram,

Yashna, yashna Amudaryom!

Obod bilim maskanlaring,

Ilmga chanqoq yoshlaring.

Ishni ziyodan boshlading

Yashna, yashna Amudaryom!

Otaxonlaring donishmand,

Imon-eʼtiqodi baland.

Qadriyatlar ila payvand,

Yashna, yashna Amudaryom!

Avliyolar yashab oʻtgan,

Olloh yorlaqagan gulshan.

Xizr nazar solgan elsan,

Yashna, yashna Amudaryom!

Senda yotar bobom hoki,

Baxtim kular, sen bor toki.

Kelajak avlodlar haqqi,

Yashna, yashna Amudaryom!

Ha, sen - niyatlar ezgusi,

Vatanimning bir chizgisi.

Sen – taraqqiyot koʻzgusi,

Yashna, yashna Amudaryom!

Paxtang, pillang tillo elim,

Sendek yurt yoʻq, illo elim.

Ravnaq top va gulla elim,

Yashna, yashna Amudaryom!

Banklaring bor turli-turli,

Kelajaging buyuk, nurli.

Boy-badavlat yurtning biri,

Yashna, yashna Amudaryom!

Pir-badavlat boʻlgin elim,

Qayga choʻzsang, yetsin qoʻling.

Sogʻ boʻl, ochiq boʻlsin yoʻling,

Yashna, yashna Amudaryom!

Shifo maskanlaring obod,

Tibbiy xizmatdan xalqing shod.

Senda oʻsar sogʻlom avlod,

Yashna, yashna Amudaryom!

Tuman tibbiyot birlashmang,

Yuzingga xoldek yarashgan.

Sen hech kimdan emassan kam,

Yashna, yashna Amudaryom!

Jayhun kabi qalbing joʻshqin,

Xalqing borki, rizqing toshqin.

Mehnat qilib surgin gashtin,

Yashna, yashna Amudaryom!

Mehnat yutuqqa kafolat,

Intilganga kular omad.

Mehnat qilib topding rohat,

Yashna, yashna Amudaryom!

Buni yozdi Xoʻjaniyoz,

Qirq yil jarang sochdi bu soz.

Madhing kuylar shogird-ustoz,

Yashna, yashna Amudaryom!

Intilding, boʻldi tole yor,

Husni – jamoling maftunkor.

Hayratiyga sen iftixor,

Yashna, yashna Amudaryom!

Tojiboy DOʻSANOV, shifokor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026