16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:16
Adabiyot 👁 73,243

VATAN YaGONADIR, VATAN BITTADIR!

VATAN YaGONADIR, VATAN BITTADIR!

"Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusi boʻyicha taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasidagi "Eng yaxshi insho” koʻrik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi. Unga koʻra, 1-oʻringa Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi Sevara Ibrohimova, 2-oʻringa 44-sonli maktab oʻquvchisi Jamila Yangiboyeva va Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi Aziza Madrahimovalar, 3-oʻringa esa "Barkamol avlod” bolalar markazining "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi Iroda Rustamova hamda 71-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Ozoda Toʻliboyevalar munosib koʻrildi. Tanlovning keyingi mavzusi "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”. Ushbu mavzu boʻyicha insholarni taqdim etishning oxirgi muddati – 1-dekabrgacha.

Hech bir xalq oʻzmustaqilligiga osonlikcha erishmagan. Bizning mustaqillikka erishishimiz ham bir zamonlar faqat orzu boʻlgan. Oradan oʻtgan ogʻir kunlardan keyin nihoyat nurafshon tong otdi. Yaʼni, asriy orzu – mustaqillikka erishildi. Vatanimiz istiqloli tufayli oʻz taqdirimizni oʻz qoʻlimiz bilan yaratish, oʻz salohiyatimizni har tomonlama namoyon etish, oʻzimiz tanlagan yoʻldan aniq maqsad sari ogʻishmay borish imkoniyatiga ega boʻldik.

Bugun yurtimiz ozod, erkin, mustaqil. Uning oʻz doni, neft-gazi, mashinasi, paxtasi, oltini bor. Bugun jahon tanigan, tan olgan oʻz oʻrni, ovozi bor. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritganiga bu yil 23-yil toʻldi. Mana shu davr ichida boy tarixiy merosimizga, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga munosabat butunlay oʻzgardi. Milliy bayramlarimiz va urf-odatlarimiz qaytadan tiklandi. Mustaqillik yillarida Respublikamiz qishloq va shaharlarining qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Zamonaviy uslubdagi ilm dargohlari, tadbirkorlar tomonidan madaniy-maishiy obʼektlar, toʻyxonalar, mehmonxonalar, madaniyat va sport koshonalari yangidan qurildi. Xalqimiz farovonligi – davlatimiz qudratining belgisidir.

Vatan - gʻoyat ulugʻ tushuncha. Uning maʼno-mazmunini, qadri va ahamiyatini soʻz biln toʻliq ifoda etish mushkul.

Vatan har bir insonning tugʻilgan diyoridir,

Kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuprogʻidir.

Vatan soʻzi muqaddas, Vatan oʻzi muqaddas,

Vatanga xizmat qilmoq bizlar uchun qarz-u farz.

Taqdir taqozosi bilan inson oʻz yurtidan yiroqda yashab qoladigan boʻlsa, uning vujudida Vatandan meros boʻlib kelgan tuygʻu va fazilatlar qayta uygʻonadi va uni ona diyoriga qaytmoqqa daʼvat etadi. Vatan ajdodlardan avlodlarga bebaho merosdir. Shuning uchun Vatanning roziligi - ajdodlar roziligi ifodasidir. Haqiqiy farzandlar Vatanini rozi qilishga intiladi. Vatan roziligi avvalo unga munosib farzand boʻlish bilan ado etiladi.

Oʻzbekistonni bir koʻrgan odam hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga mingminglab sayyoh-lar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni oʻziga maftun etgani haqida toʻlqinlanib, haya-jonlanib soʻzlashadi.

Albatta, oʻz Vatanini taʼriflamagan shoir va adib topilmasa kerak. Bizning oʻzbek shoirlarimizning koʻpchiligi Vatan haqidagi sheʼrlari bilan adabiyotga kirib kelgan. Ayniqsa, Vatan haqidagi yetuk asarlari bilan ajralib turadigan shoirlarimizdan Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va yana boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari oʻzgacha maʼno-mazmunga ega boʻlib, insonga maʼnaviy zavq beradi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda barcha sohalar yuqori surʼatda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei yanada ortmoqda. Vatanimiz kelajagi boʻlgan biz yoshlarga Yurtboshimiz rahnamoligida katta eʼtibor qaratilmoqda. Biz tengi yoshlar turli fanlar boʻyicha jahon olimpiadalarida, sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro musobaqalarda faol qatnashib kelmoqdalar. Bu rivojlanish surʼatini koʻrib, hech shubhasiz, baralla ayta olamiz: Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat!

Paydo boʻlibdiki, bu koʻhna dunyo,

Zamin-u falakda yangrar bir nido.

Olam tuslanar, U turlanmas aslo,

Vatan yagonadir, Vatan yagona!

Sevara Ibrohimova, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi, tanlov gʻolibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026