16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Siyosat 👁 2,599

Xalqimiz orzu-umidlari ifodasi

Xalqimiz orzu-umidlari ifodasi

Konstitutsiya - har qanday demokratik jamiyat, davlat va boshqaruvning poydevori, asos-negizidir.

Konstitutsiya – soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib, oʻrnatish, tuzilish yaʼni moddiy maʼnoda avvalo inson va fuqaro huquqlari, erkinliklarini mustahkamlovchi va kafolatlovchi, shuningdek ijtimoiy tuzum asoslarini, boshqaruv shakli va davlat tuzilishi asoslarini, hokimiyat markaziy                  va mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlari va oʻzaro munosabatlarini belgilaydigan qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui hamda rasmiy maʼnoda barcha qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega boʻlgan asosiy qonun hisoblanadi.

Har yili mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutlugʻ sanasi xalqimiz tomonidan keng nishonlanadi. Konstitutsiyamiz inson, uning hayoti, ozodligi, qadr-qimmati               va boshqa huquqlarini oliy qadriyat sifatida tan oluvchi suveren demokratik davlat barpo etishning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 ta boʻlim, 26 ta bobni tashkil etgan 128 moddani oʻz ichiga oladi. 

Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilishicha, "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”. Bu norma haqiqiy maʼnodagi demokratik boshqaruvni, xalq hokimiyatini  oʻzida namoyon etadigan qoida, fuqarolik jamiyati mohiyatining qisqa va aniq tarzdagi bayonidir.

Asosiy Qonunimizning 15-moddasida qayd etilishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar”.

Kezi kelganda muhim bir mulohazani taʼkidlab oʻtmoq kerak. Yaʼni Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega qonun, deb eʼtirof etilsada, unga, faqat "qonunlar qonuni” deb qarasak, Konstitutsiyaning mohiyatini toʻla anglamagan boʻlamiz. Zero, bizning Konstitutsiyamiz yangilikning eskilik ustidan, erkinlikning zoʻravonlik ustidan, adolatning haqsizlik ustidan, taraqqiyotning tanazzul ustidan gʻalabasini qonuniy muhrlagan hujjatdir.

Muhtaram Yurtboshimiz taʼkidlaganidek: "Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obroʻ-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qobusnomadir. Shu maʼnoda Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Bir soʻz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom maʼnoda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir”.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning orzu-umidlari, irodasini oʻzida mujassamlashtirgan qomusiy hujjat boʻlib, yurtimizda kelajagi buyuk demokratik davlat barpo etilishining muhim huquqiy poydevoridir.

Sherzod Abdullayev,

tuman hokimligi huquqshunosi.

Foto - http://farishta.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019