16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:17
Jamiyat 👁 4,174

Ona tabiatni asraylik

Ona tabiatni asraylik

Mamlakatimizning Asosiy qonuni - Konstitutsiyamizning 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deyilgan.

Qolaversa, atrof-muhit va aholi salomatligi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi qator Qonunlar va qonunosti hujjatlari ishlab chiqilganki, ularning barchasi atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni taʼminlab, shu orqali aholi salomatligiga xavf tugʻdiruvchi harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, bizni oʻrab turgan olam - tabiatimiz, hayvonot va nabotot dunyosi, oyogʻimiz ostidagi ona zamin, yer osti va yer usti boyliklari, suv - hammasi butunicha umummilliy boyligimizdir. Ularning yaxlit moʻʼtadil tizimi bizning yashash, umrguzaronlik qilishimiz uchun zaruriy sharoit hisoblanadi.

Shu boisdan-da ona tabiatimizga, xoh oʻsimliklar, xoh hayvonot dunyosiga, xoh yer, suvimizga nomunosib munosabatda boʻlishimiz - uning tabiiy muvozanati buzilishiga, insonlar yashashi uchun noqulay sharoitlarning vujudga kelishiga sabab boʻladi. Yer, yer osti boyliklari, hayvonot, oʻsimliklar, suv va barcha tabiiy zahiralarning davlat muhofazasiga olinganligi ham shuning uchundir. Unga daxl qilish holatlariga amaldagi qonunchiligimizda jazo choralari koʻzda tutilgan.

Shuningdek, 2003-yil 1-maydan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 199-sonli qaroriga muvofiq, Respublikamiz hududida atrof tabiiy muhitini ifloslantirganligi va chiqindilarini joylashtirganligi uchun ishlab chiqarish korxonalaridan kompensatsiya toʻlovlari undirish, toʻlovlarni davlat tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan undirish va 50 foizini davlat byudjetiga, 50 foizini tabiatni muhofaza qilish ishlariga foydalanish nazarda tutilgan.

Tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi xodimlari mavjud qonuniy hujjatlarga muvofiq faoliyat yuritishib, tumanimiz tabiatini, tabiiy zahiralarni, suv va oʻsimliklar, hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, tabiatga oqilona munosabat oʻrnatilishiga butun imkoniyatlarini safarbar etmoqdalar.

Xususan, tumanimizda faoliyat yuritayotgan 18 ta ishlab chiqarish korxonalaridan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlamlari oʻz vaqtida undirildi.

Tabiatning oʻzi zargarga oʻxshaydi. Uning bagʻridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, oʻrmonlar, hayvonot olami oʻziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat barchamizga birday daxldordir. Shunday boʻlishiga qaramasdan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzuvchilar, noqonuniy baliq ovlab sotayotgan, baliq tutishda taʼqiqlangan ov qurollarini ishlatayotgan, mahalliy hokimiyat organlari belgilaganidan tashqari yerlarga chiqindilar tashlayotgan, tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotganlar afsuski, uchrab turibdi.

Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyida ana shunday noqonuniy harakatlar sodir etilgan 55 ta holat aniqlanib, aybdorlardan jarimalar undirildi. Shuningdek, suvdan tejab-tergab foydalanish uchun har bir suv olish nuqtasiga tegishli texnik pasport olish ishlari yuritilmoqda. Bu limitsiz suv olish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yashil daraxtlarni koʻpaytirish uchun yilimiz koʻklamida tuman boʻyicha 79900 ta tez oʻsuvchi terak, 364200 ta mevali va manzarali daraxtlar, 300 ta kashtan, 46100 ta yapon saforasi koʻchatlari oʻtqazildi va oʻsib-rivojlanishi muntazam nazorat qilinmoqda.

Bizning faoliyatimiz tabiatimiz muhofaza qilinishiga, yer, yer osti boyliklari, suv va boshqa tabiiy zahiralarga oqilona munosabat hukmron boʻlishiga qaratilgan.

M.Abdrimov,

tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi.

J.Doʻsimbetov,

boʻlim inspektori.

Sh.Boltaboyev,

QR tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi respublika suv resurslarini muhofaza qilish inspektsiyasining tumandagi 1-darajali mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026