16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Siyosat 👁 2,998

YuRT ISTIQBOLIGA DAXLDORLIK – ChINAKAM VATANPARVARLIKDIR

YuRT ISTIQBOLIGA DAXLDORLIK –  ChINAKAM VATANPARVARLIKDIR

Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkam va barqaror rivojlanish bosqichiga koʻtarilib, aholining turmush farovonligi, hayot darajasi kun sayin yaxshilanmoqda. Xalqimizning dunyoqarashi va siyosiy-huquqiy faolligi ham shunga munosib ravishda yuksalib, odamlarimiz yurt taqdiriga daxldorlik, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga hissa qoʻshishdek masʼuliyat hissi bilan yashamoqda. Yurtdoshlarimiz mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda ishtirok etib, oʻz konstitutsiyaviy huquqi va fuqarolik burchlarini ado etib, munosib nomzodlarga ovoz berishga taraddud koʻrmoqdalar.

Saylovlar – kuchli fuqarolik jamiyatiga ega boʻlgan huquqiy-demokratik davlatning ajralmas belgisi, xalq irodasini namoyon qilishning asosiy shakli, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokidir.

Saylovlarni yuqori demokratik, adolatli printsiplarga mos ravishda oʻtkazish avvalo mamlakatda zarur qonunchilik bazasining mavjud boʻlishi, qolaversa, saylovchilar tomonidan ushbu qonunlarni yaxshi bilgan holda va ularning talablariga toʻla rioya etgan holda ushbu siyosiy jarayonda ishtirok etishlariga bogʻliq.

Avvalo shuni aytish kerakki, joriy yilgi saylovlar avvalgi saylovlardan tubdan farq qiladi. Chunki Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi doirasida saylovga oid bir qator qonun hujjatlariga muhim oʻzgartishlar kiritildi.

Jumladan, "Saylov erkinligiyanada taʼminlanishiva saylov qonunchiligiyanada rivojlantirilishimunosabati bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi hamda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan saylov qonunchiligiga saylovoldi tashviqoti tushunchasi kiritildi hamda saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari belgilandi. Bu – deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini oʻtkazish borasida teng shart-sharoitlar yaratish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu Qonun bilan kuzatuvchilarga Oʻzbekiston Ekologik harakatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha Konferentsiyasida ishtirok etish huquqi berilgani esa Oʻzbekiston Ekologik harakatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovning ochiqligi hamda shaffofligi printsiplarini mustahkamlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, yuqoridagi Qonun bilan vaqtinchalik qamoqda saqlanayotgan fuqarolar uchun ham ovoz berish imkoniyati yaratildi hamda turli sabablarga koʻra saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchining muddatidan oldin ovoz berish huquqi taʼminlandi.

Yana bir oʻzgartishga koʻra, joriy yilgi saylovlardan boshlab ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylovnatijalari taxminlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (eʼlon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyildi. Ushbu normaning qonunchilikka kiritilishi saylovchilar huquqlarining yanada taʼsirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga gʻarazli munosabatda boʻlish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi.

Qolaversa, 2014-yil 17-apreldan kuchga kirgan "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyamizning 117-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi bandlar bilan toʻldirildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasituziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziysaylov komissiyasioʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi hamda referendum toʻgʻrisidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomi berilishi saylovlarning yanada demokratlashuvini, ochiqligi va oshkoraligini har tomonlama taʼminlashning muhim kafolatlaridan biridir.

Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimiz Kons­titutsiyasiga va saylov toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar milliy saylov tizimining demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar bilan oʻzaro uygʻun va hamohang ravishda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aynan shu jihatdan boʻlajak parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlar avvalgilardan tubdan farq qiladi. Demak, joriy yilgi saylovlar jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish jarayonidagi batamom yangi sharoitlarda oʻtkazilishi uchun barcha asoslar yetarli.

Fursatdan foydalanib, hurmatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamizki, boʻlajak saylovlar – bu shunchaki siyosiy jarayon emas, yurtimizda muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yanada jadallashtirish vositasi, kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari navbatdagi muhim qadamdir.

Vatanparvarlik tuygʻusi shaxsning yurt istiqboliga qay darajada daxldorligi bilan oʻlchanadi. Shunday ekan, keling, aziz yurtdoshlar, 21-dekabr kuni oʻtkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etib, oʻz konstitutsion huquqimizni roʻyobga chiqarish orqali navbatdagi besh yillikda jamiyat taraqqiyoti surʼatini yanada jadallashtirib, yurt tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida xizmat qiladigan, yurtdoshlarimizning ezgu orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etadigan yangi-yangi gʻoyalarni hayotga tatbiq eta oladigan, amaliy ishlari bilan xalqimizning ishonchini qozona oladigan munosib nomzodlarga ovoz beraylik!

Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi.


Foto: http://navoiy.uz
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019