16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:34
Siyosat 👁 3,185

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga 2014-yil 21-dekabrda boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga  2014-yil 21-dekabrda boʻlib oʻtgan  saylov natijalari toʻgʻrisida AXBOROT

2014-yilning 21-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻtkazilgan saylovlar jamiyatimiz hayotidagi katta siyosiy voqealarning biri boʻldi. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar saylov toʻgʻrisidagi qonunlarga qatʼiy amal qilgan holda, demokratik asosda oshkoraviy tarzda uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014-yil 11 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandan keyin Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2014-yil 26-sentyabrdagi sessiyasi qarori bilan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi tuzildi.

Tuman saylov komissiyasi tomonidan 2014-yil 21-dekabrda oʻtkaziladigan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

"Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan tuman Kengashiga saylov boʻyicha tumanda 30 ta saylov okrugi tuzildi.

Siyosiy partiyalarning arizalariga va taqdim etgan hujjatlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining "Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan tumanda faoliyat koʻrsatayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat” sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman tashkilotlariga tuman saylov komissiyasi tomonidan saylovda qatnashishga ijozat berildi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 58 ta saylov uchastkalari tuzildi, 57 ta uchastka saylov komissiyalarining tarkiblari 11 nafardan va 1 uchastka saylov komissiyasining tarkibi 5 nafar aʼzodan iborat hamda 30 ta tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari 9 nafar aʼzodan iborat tarkibda tasdiqlandi. Uchastka saylov komissiyalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida tashkil etildi hamda saylov uchastkalari qonunga va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan koʻrsatma va tavsiyalarga asosan toʻliq jihozlandi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora amalga oshirildi. Saylovlar umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri, yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan deputatlikka nomzod qilib jami 107 nafar nomzod koʻrsatildi. Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan 30 nafar, "Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 16 nafar, "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 29 nafar, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 30 nafar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan 2 nafar deputatlikka nomzodlar koʻrsatildi.

Tuman saylov komissiyasi tomonidan 107 nafar deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olindi. Deputatlar roʻyxatga olingandan keyin OʻzXDP tomonidan koʻrsatilgan 1 nafar, "Milliy tiklanish” DP dan 1 nafar, OʻzLiDePdan 1 nafar, jami 3 nafar nomzodlar deputatlikka nomzodlikdan voz kechish haqida ariza bilan murojaat qildilar. Ularning arizalari qanoatlantirildi.

Saylovga doir barcha materiallar "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida Qonunda koʻrsatilgan muddatlarda eʼlon qilindi.

Tuman boʻyicha 117673 nafar kishi saylovchilar roʻyxatiga kiritilib, 2014-yil 21-dekabr kungi saylovda ularning 111303 nafari, yaʼni 94,6 foizi ishtirok etdilar. Ovoz berish natijalariga koʻra, 30 ta saylov okrugidan deputatlikka koʻrsatilgan 104 nafar nomzoddan saylov kuni saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olgan 29 nafari deputat qilib saylandilar va roʻyxatga olindilar.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Chordara saylov okrugida ovozga qoʻyilgan 4 nafar nomzodlarning hech birisaylovchilarning 50 foizidan ortiq ovozini olaolmaganligi uchun "Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 45-moddasiga asosan eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha ushbu saylov okrugida 2015-yil 4-yanvar kuni takroriy ovoz berish oʻtkazilishi belgilandi.

Anvar Kamolov, tuman saylov komissiyasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019