16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:07
Siyosat 👁 2,748

Vatan himoyachilari bayrami

Vatan himoyachilari bayrami

Qaysiki davlatning mudofaasi mustahkam boʻlsa, shu yurtda tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Farovonlik va taraqqiyotning asosi – tinchlikdir. Bu – necha ming yillar davomida oʻz isbotini topgan tarixiy haqiqat. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan va umri davomida shunga amal qilib yashagan buyuk bobokalonimiz Amir Temur davlatni davlat darajasiga koʻtarish uchun avvalo, askarlar va harbiy sohaga katta eʼtibor qaratgan. Sarhadlari xavfsizligini taʼminlab, ichki nizolarni bartaraf qilgan. Natijada temuriylar davlatida ilm va fan rivojlanib, saltanat bunyodkorlik va taraqqiyot sari yuz tutgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrlaridanoq muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida harbiy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilib, bugun bu islohotlar oʻzining yuksak natijalari bermoqda.

14 yanvar kuni tuman markaziy madaniyat uyida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga tumanimizdagi "Ayoqchi” va "Mangʻit” chegara postlari maʼmuriyati hamda mazkur muassasalarda xizmat burchini namunali oʻtayotgan askar yigitlar, tuman hokimligi, prokuraturasi, mudofaa va ichki ishlar boʻlimlari masʼullari, fuqarolar yigʻinlari raislari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari va oʻquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Tabrik uchun soʻz tuman hokimi Rajabboy Yoʻldoshevga berildi.

Qayd etilganidek, boshqa sohalarda boʻlgani kabi mustaqilligimizning ilk yillaridanoq milliy armiyani yaratish va takomillashtirishga jiddiy eʼtibor qaratildi. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida yurtimizda davr talabi hamda jahon andozalariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar davlatimiz yurisdiktsiyasiga, yaʼni boʻysinuviga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, xalqimizning farovon hayotini taʼminlashdagi ahamiyati inobatga olingan holda, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, deb belgilandi. Bu yil Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda "Vatan – ulugʻ, burchim muqaddas!” shiori ostida nishonlanmoqda. Tumanimiz hokimi tabrik nutqidan keyin "Ayoqchi” va "Mangʻit” chegara postlari maʼmuriyatiga hamda sana munosabati bilan oʻtkazilgan oʻzaro sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari rahbariyatiga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Soʻzga chiqqanlar – tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Faxriddin Musulmonov, 31-sonli maktab oʻqituvchisi Salomat Xolimbetova, oddiy askar Habibulla Toʻxtamurotovlar Milliy Armiyamiz va uning safida xizmat qilayotgan istiqlolimiz qalqonlarining sharofati bilan yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotganini, Vatan himoyasi har bir inson uchun sharafli burch ekanini taʼkidlab oʻtdilar.

Darhaqiqat, mamlakatimizda bu kunni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash oʻziga xos anʼanaga aylanib borayotganligi bejiz emas. Zero, Sizu — bizning bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinayotgan ekan, ularni har qancha sharaflasak, yigitlik burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta boʻlayotgan oʻgʻlonlarimizni har qancha eʼzozlasak, koʻkka koʻtarsak, arziydi. Tadbir davomida askarlarga homiy tashkilotlarning sovgʻalari topshirildi hamda tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish qilindi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019