16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Jamiyat 👁 3,493

“MENING OʻGʻLIM – VATAN HIMOYaChISI”

“MENING OʻGʻLIM – VATAN HIMOYaChISI”

Yaqinda Qoraqalpogʻiston telekanalida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganiga 23-yil toʻlishi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mening oʻgʻlim – Vatan himoyachisi” deb nomlangan videokonferentsiya tashkillashtirildi.

Telekoʻprikda Namangan shahrida harbiy xizmat burchini oʻtayotgan 40 nafar qoraqalpogʻistonlik yigitlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Shularning 6 nafari bizning tumanimizdan edi. Videokonferentsiyada askar yigitlarning ota-onalari qatnashib, farzandlari bilan diydorlashdilar, hol-ahvol, omonlik soʻrashib, harbiy burchini qanday ado etayotganliklari bilan qiziqdilar. Oʻz navbatida ota-onasidan olisda Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini himoya qilayotgan askar yigitlar ota-ona diydoridan quvonib, ularning sogʻliklarini, oilasi, tugʻishganlari xususida soʻrab-bilib oldilar, yaqinlariga sogʻinchli salom yoʻlladilar.

– Men 1977-1979 yillarda Rossiyada harbiy xizmatda boʻlganman, – deydi videokonferentsiya ishtirokchilaridan biri, qipchoqlik, Namanganda harbiy xizmat burchini ado etayotgan Muzaffar Abdullayevning otasi Murod Xudoyberganov.

– Oradan shuncha yillar oʻtsada, oʻsha vaqtlarda tortgan azoblarim hech esimdan chiqmaydi. Eng avvalo endi xizmat boshlaganlarni "stariklar” istagancha urishi, istagan ishini qildirishi mumkin edi. Chunki, askarlar umumiy kazarmada yashashar, xizmat soati tugagach, kazarma butunlay nazoratsiz qolardi. Xullas, ikki yil ichida boshimizdan koʻp qiyinchiliklar oʻtdi.

Oʻtgan yili oʻgʻlim Muzaffar armiyaga olingach, harbiy qasamyod qabul qilish tantanasiga onasi bilan bordim. Ishonsangiz, oʻgʻlimni safda harbiy kiyimda, toʻlishgan, oʻzini tutib olgan magʻrur askar qiyofasida koʻrib, quvonganimdan koʻzlarimdan yosh chiqib ketdi. U xizmat qilayotgan qism komandiri tantanaga borgan ota-onalarni askarlarning yashash sharoitlari bilan tanishtirganida koʻzlarimga ishonmadim. Toʻrt kishilik ixcham, chiroyli, hamma qulayliklarga ega xonalar, dam olish xonalari uyimizdagidan kam emas.

Telemuloqotda qatnashib, bir yil ichida oʻgʻlimning ham jismonan, ham aqlan kamolga yetganini koʻrib, koʻnglim xotirjam tortdi. Ilohim, farzandlarimizga ana shunday imkoniyatlar yaratib bergan hukumatimizga, telediydorlashuvni tashkil etgan xodimlarga rahmat.

– Mening ikki oʻgʻil, uch qizim bor. Farzandlarim bari oʻzidan tinib-tinchib ketdi. Oʻgʻil nevaralarimning kattasi Azizbek Chorshamov Namanganda harbiy xizmatda. Telediydorlashuvga borib kelib, oʻgʻil nevaram borligiga, yurtimiz xizmatiga yaraganiga Yaratganga tinmay shukrona aytib oʻtiribman. Oʻzimning oʻgʻillarim biri Ukrainada, biri Rossiyada harbiy xizmatda boʻlgan vaqtlarida qachon ikki yil oʻtar ekan, deb yuragimni hovuchlab yashaganman. Namanganda xizmatini oʻtayotgan askarlarning yashash sharoiti bilan tanishtirganlarida, askarlar bilan ota-onalar suhbatlashganida Yurtboshimizning: "Oʻzbekistonda yashaydigan har bir bola mening farzandim, hammasini yaxshi koʻraman”,–degan soʻzlarining isbotini koʻrganday boʻldim, – deydi goh kulib, goh quvonch yoshlari koʻziga qalqib Mangʻit shahrida yashaydigan Oʻgʻiljon momo Kamolova.

Videokonferentsiya nafaqat ota-onalar, askar oʻgʻlonlarga diydor quvonchini bergani bilan, balki tobora takomillashib, qudrati oshib borayotgan milliy Armiyamizning nufuzini, oʻrnini yana bir bor chuqur anglatgani bilan ham ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.
(Foto - uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019