16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Adabiyot 👁 3,179

BAHOR ILHOMLARI

BAHOR ILHOMLARI

Tursunboy ABDULLAYeV

Muxtorbekni sogʻinib...

(26 yoshida, toʻyi arafasida baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan oʻgʻlimni xotirlab...)

Bugun sening tugʻilgan kuning,

Orzularing qoldi qayerda?

"Qirra burun, xurmo rang” oʻgʻlim,

Toʻngmadingmi sovuq qabrda?

Tovoningga gar tikan kirsa,

Kiprigi-la olardi onang.

Boʻlmasmidi toʻyingni koʻrsa,

Qanday gʻaflat mahv etdi, bolam?!

Singillaring qoldi-ku qaqshab,

–Voh, aka!-deb izingda giryon.

Suvsiz qolgan baliqqa oʻxshab

Tiqiladi boʻgʻzimga bu jon.

Turishlaring koʻzlaring yashnab,

Koʻz oldimda turadi doim.

Qaytmas joyga ketding sen tashlab,

Jannatda boʻlgay-da joying, iloyim.

–Muxtorbek akamiz qayga ketdi?-deb

Jajji ukanglarning yoʻlingda koʻzi.

–Bir paytlar ozgina zardam oʻtdi,-deb

Bahodir akangning boʻgʻzida soʻzi...

Toʻyingga atagan gullarimizni,

Qandayin qoʻyamiz qabring poyiga?

Shum oʻlim boyladi qoʻllarimizni

Xun yigʻlab boramiz yotgan joyingga...

Bugun sening tugʻilgan kuning,

Murodlarga yetmay ketgan Muxtorsan...

Umidim xudodan: jannatda oʻrning,

Tirikmiz–biz bilan hamisha borsan!

Bugun sening tugʻilgan kuning–

Egasiz toʻy kabi biz uchun olam.

Siymong yodimizdan oʻchmaydi bir zum

Biz sendan rozimiz. Rozi boʻl, bolam...

Bugun sening tugʻilgan kuning...

KOʻNGLIMGA

Agar har kim faqat oʻzi uchun yashasa: yesa, ichsa, kiysa, oʻlim-tirikka qatnashmasa, toʻy-maʼrakani bilmasa, ogʻa-inining yetar-yetmasidan xabari boʻlmasa, yana yesa-ichsa, kiysa, tashlasa - qurtdan ne farqi bor, boʻsagʻasi tillo boʻlsa ham?!

Artdingmi singlingning koʻzidan yoshni,

Chetga olib oʻtdingmi yoʻldagi toshni,

Baʼzida payqamay oyni, quyoshni,

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Bir madad istabon kelganda singling,

Dardini aytolmay turganda ining.

Nega koʻr, kar boʻlding?! Nega boʻlding jim?!

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Juftingga shirin soʻz koʻrmabsan-ku ep,

Axir shu boʻldi-ku hayotingga zeb!

Kim boʻldi kafiling: "Fursating koʻp!”-deb.

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Jismingda suv, havo, tuproq bilan oʻt,

Har kuni bir reja qilasan xomchoʻt.

Hazrati Nuh kabi ming yil yashab oʻt-

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Kimlarga pand berding, kimdan yeding pand,

Qachon ogʻu soʻrding, qachon soʻrding qand,

Koʻngling boʻlganida endi haqqa band,

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Ahmad Nafasov

Ayol-qizlarimizga

Ayon bu, insonga aql va idrok,

Sizning qalbni anglash uchun berilgan.

Balki shu sababli qancha daholar,

Sizni tavof qilgan, sizga intilgan.

Siz - ona, basharga toʻkilgan mehr,

Ajdodlar davomi, avlodlar boshi.

Siz borsiz - bu dunyo diltortar sehr,

Hamroh boʻlganlarning baxtdir yoʻldoshi.

Siz opa, singilsiz - mujassam iffat,

Mujassam nafosat, hayo bilan or.

Sizga doim hurmat hamda ardoq shart,

Chunki sizlar bilan goʻzal hayot bor.

Siz - yorsiz, roʻzgʻorning fayzi va koʻrki,

Siz-la daromadda boʻlar barakat.

Shu sabab aqlli er zoti borki,

Doim eʼzozlashga qilar harakat.

Siz - kelin, egilib qaynoq choy tutib,

Qaynota, qaynona koʻnglini topgan.

Ketganda kuzatib, kelsa shod kutib

Olsangiz kuyovlar der: "Baxtim chopgan”.

Ne deylik sizlarning sharafingizga,

Qancha ulugʻlasak, shunchalar ozdir.

Mingta soʻz yaralsa gar tilimizda,

Albat, toʻqqiz yuzi sizlarga xosdir.

Qutlugʻ boʻlsin bugun bayramlaringiz,

Siz borsiz - hayotga berilar imkon.

Bizning baxtimizga omon boʻlingiz,

Siz bilan yasharib, yashnagay jahon!

Boʻlmasa

Boʻlgaymi ravshan diling gar uyda yoring boʻlmasa,

Hamfikr, hamdam boʻluvchi ahdida boring boʻlmasa.

Dil-yorugʻ, aqling –tiniq, boshing har gʻamdan yiroq,

Boʻlgaymi uyda halovat gʻamgusoring boʻlmasa.

Sogʻlom, basavlatsan, shukur, bu hayot qayda edi,

Jismidan jon bergan ul onaizoring boʻlmasa.

Gulga uchgan andalibdek talpinarsan uy tomon,

Maʼni ne, har lafzida shakkari boring boʻlmasa.

Doimo oʻrnak olib farzandlaring topgay kamol,

Bu juda mushkul agar uyda hamkoring boʻlmasa.

Davlating koʻp, omading zoʻr boʻlsa qancha mayliga,

Bari totsizdir agar chin vafodoring boʻlmasa.

Ahmado, tutma qalamni nogoh dilingda agar,

Onalarni madh etay degan qaroring boʻlmasa.

Anvar Allambergenov

YoMGʻIR

Oshno qilding hayotimni xayol bilan,

Dunyoda yoʻq orzudagi hilol bilan,

Gunohlarim bisyorini yuvsang edi,

Behishtda teng tursam edi Bilol bilan.

Zavq bagʻishlar har bir tomching xayolimga,

Oʻylanaman javob topmay savolimga,

Parvo qilmam bu fanoning hiylasi koʻp,

Umr bergin xush niyatim niholimga.

Yomgʻir, sening shavqing juda yoqib ketdi,

Sezdirmasdan bergan zavqing yoqib ketdi.

Har bahorda, har yomgʻirda esga tushar,

Ul nigor ham armon oʻtin yoqib ketdi.

FarhodAvaz

Ota duosi

Ishim bitsin desang borgan joyingda,

Rizqing hozir boʻlsin, desang poyingda.

Nasibang oqadi oqar soyingda,

Otang duosini olib yur, bolam.

Har kuni bir savob ishni qilgaysan,

Sadaqa baloga daf, buni bilgaysan.

Paygʻambar qabrini tavof qilgaysan,

Otang duosini olib yur, bolam.

Odamning avvali odam Atodir,

Bandaning qilmishi doim xatodir.

Har neki ish qilsa qodir Xudodir,

Otang duosini olib yur, bolam.

Otang xatosini aytma oʻziga,

Amal qil hamisha aytgan soʻziga.

Siylamagin faqat elning koʻziga,

Otang duosini olib yur, bolam.

Kufrga berilib gunohga botma,

Asr, shom vaqtida toʻshakda yotma.

Sirtidan boʻlsada yomon gap aytma,

Otang duosini olib yur, bolam.

Baho qoʻyma otang kamu-koʻstiga,

Sir boy berma uning dushman-doʻstiga.

Chiqib boʻlmas otang bor uy ustiga,

Otang duosini olib yur, bolam.

Farhod eslar bugun qilgan xatosin,

Rozi qildimikan siylab otasin.

Hamroh qilay desang Muso asosin,

Otang duosini olib yur, bolam.

Alla ayting, onajonlar

Ilohiy ruh haqda qasida,

Tinglasin murgʻak jonlar.

Alla ayting allangizdan,

Ulgʻaysin toza vijdonlar.

Alla ayting –

Gʻaflatlar chekinsin dunyoda,

Uygʻonsin mudroq jonlar.

Tanazzul tutgan bani odamga,

Qaytsin or, gʻurur va shonlar.

Alla ayting –

Zamonlar etagida kelgan,

Jaholatdan qolmasin nishona.

Buyuk millatni yelkalagan,

Ona beshik boʻlmasin vayrona.

Alla ayting –

Dunyo baxt bersin ayolga,

Ulugʻlansin qadr-qimmati.

Sevmoq, vafo bersin ayolga,

Cheklanmasin inson himmati...

Ilohiy ruhga qasida,

Alla ayting, onajonlar.

Bugun uygʻonmoq haqida,

Alla ayting, onajonlar

Alla ayting, onajonlar!

Oʻlmasbek XOʻJAYeV.

Onajonimga

Siz ona, men farzand qayga qocharmiz,

Nurli izingizdan termular koʻzlar.

Qalam tutgan qoʻllar qanchalar ojiz,

Ayting, siz kim oʻzi - olovli yuzlar.

Quyoshning ketidan ergashmoqdaman,

Isyonga aylanib bormoqda taqdir.

Dunyoni vaʼdalar etgim kelmaydi

Hayol roʻyo erur hayot lek xaqdir.

Bosgan izlaringiz bilmadim nedir,

Madhingiz kuylayman bashariyatga.

Siz soʻrang, jonimni berolarmidim,

Hatto yoʻq jasorat kurashmoqlikka.

Ammo ne boʻlsa-da, rosti, azizam,

Farzandman oqlayman ulugʻ nomingni.

Oldingda bosh egib turgayman doim,

Gar burchim unutsam, olgay jonimni.

Shahzod QURBONBOYeV,

36-sonli maktabning

9-sinf oʻquvchisi.

Onamga

Onajonim, ketmay turing dunyodan,

Ishonganim, siz qoldingiz yonimda.

Parvonalar koʻpdir asli onajon,

Soxtalikka yaqin ular aslida.

Siz ketsangiz gʻaribgina boʻlgayman,

Nasihatni ayting, kimdan olgayman.

Boshlarimni bir bor silang munisam,

Bagʻringizda bir zum orom olgayman.

Peshonamdan oʻpmang aslo, onajon,

Oʻpib qoʻyib, labingizni qimtimang.

Oxiratga bu dunyodan ketar chogʻ

Qizingizdan, angoridan kuyinmang.

Mard qiziman oʻzbek, qoraqalpoqning,

Guloyim deb bekor qoʻymadingiz nom.

Farzandlarim kamolini koʻrsam deb

Ezgulikka intilaman erta-shom.

Doʻstlarim koʻp, ishim kelsa oʻngidan,

Senga "raxmat”,

otangga ham. Der "balli”.

Biroq sizni nogoh qoʻysam yoʻqotib,

Men shoʻrlikka kimlar aytgay tasalli.

Onajonim, ketmang foniy dunyodan,

Suyanganim, siz qoldingiz yagona.

Guloyim BEGJANOVA.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019