16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:46
Jamiyat 👁 2,397

HAMIShA NAVQIRON VA GOʻZAL AYYoM

HAMIShA NAVQIRON VA GOʻZAL AYYoM

Navroʻz – Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qon-qoniga singib ketgan eng qadimiy, eng goʻzal va navqiron bayram.

Ming yillarki, xalqimiz yuragidan joy olib, hayot tarzimizning beqiyos maʼnaviy gultojiga aylangan Navroʻz - qaysi zamonda qanday nom bilan atalishidan qatʼiy nazar, har koʻngil uchun aziz, goʻzal, muqaddas va tabarruk. Azizligi shundaki, Navroʻz yaqinlashgan sari insonlar bir-birlari ila yanada jipslashadilar: mahallalarda boshlangan sumalak sayllarida keksa onaxonlarimiz barcha millat vakillari boʻlgan yosh kelin-u qizjonlarga bosh boʻlib, el-yurtga omonlik tilab, sumalak tortadilar. Sumalak saylidan boshlangan oʻzaro mehr-oqibat, birdamlik, millatlararo totuvlik Navroʻz kuni yanada joʻshqinlik kasb etadi. Ana shu lahzalar – oʻzbeg-u qozoq, turkman-u qoraqalpoq, koreys, rus, tatar, yana necha-necha millat vakillarining sumalak xushboʻyi taralgan damlardagi quvonchini koʻring! Bundayin goʻzallik faqat va faqat bagʻri butun, bagʻri keng, totuv va obod yurt Navroʻziga xos!

Biz Navroʻzi olamni muqaddas va tabarruk qilmogʻimizda ham olam-olam hikmatlar bor, azizlar. Xalqimizning juda olis oʻtmishiga borib taqaladigan tarixiy ildizlaridagi teranlik Navroʻzni bizga muqaddas va tabarruk qilmadimi? Tarixiy ildizlarimizdan to bugungacha yetib kelgan Navroʻz bilan bogʻliq maʼnaviy yodgorliklarning oʻzida ming xil hikmat buloqlari hamon xalqimiz yuragiga quvvat baxsh etib turgani-chi! Qadimgi davrlardan bugungacha yetib kelgan Navroʻz bilan bogʻliq osori atiqalar, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Firdavsiy, Mahmud Qoshgʻariy va Umar Hayyom asarlaridagi Navroʻzga xos xususiyatlar, rasm-rusumlarning hamon xalqimiz hayotini ziynatlab turganligi – olam Navroʻzi, mustaqil Oʻzbekiston Navroʻzi bilan dillarda faxr tuygʻusi uygʻonadi.

Ana shu faxr bilan yurtimizda yangi kun – dehqonchilik taqvimida yangi mehnat fasli – gul Navroʻz boshlanadi. Qarang, Mahmud Qoshgʻariy "Devonu lugʻotit turk” asarida:

Kuldi bahorning yuzi,

Oqdi sel erib muzi.

Chiqdi yorugʻ yulduzi,

Tingla soʻzim kulgusiz,

- deya Navroʻz sharhini nihoyatda shodiyonalik bilan tasvirlab, tabiatdagi oʻzgarishlar pallasiga har bir qalbning eʼtiborini qaratishida ham insonning orzu-umidlariga, mehnat fasli bilan uzviy turmush tarziga, quvonchlariga goʻzal bir ishora hokim: bahorning yuzi kuldi, muzlar erib bitdi, yorugʻ yulduzli kunlar boshlandi, xotirjam boʻlma, demoqda ulugʻ bobokalonimiz.

Azizlar, necha asr avval Navroʻzga berilgan taʼrif hamon oʻshanday: hamon Navroʻzning tashrifi bilan izgʻirinlar yoʻlini toʻsib, Dehqon bobo Bahoroyga peshvoz chiqadi, muzlari erib ketgan ariqlarni yoqalab yurib, yangi rejalar tuzadi. Kechalari osmon shamchiroqlari porlab ketganidan ruhlangan shoir tongda quyoshga boʻy choʻzayotgan maysalar, novdalarda shodalangan kurtaklar qulogʻiga ashʼorlar aytadi. Varraklar ipini boʻsh qoʻyib, yashil kengliklar tomon qulochin yoyib yugurayotgan bolakaylar shashtidadir Navroʻz hikmatlari!

Ana, bogʻbonning quchogʻi toʻla koʻchat, qalamcha! Farovonlik, obodlik va toʻkinlik nihollarini ekib borayotir u! Bogʻbonning har bir harakatidan mustaqil Vatan tuprogʻiga ming xil hikmat yogʻilib turganini koʻrdingizmi! Bu hikmatlarda yashamoq, yashnatmoq gashti bor, kelajakni koʻzlab qoʻyilayotgan eng ezgu, zalvorli dadil qadamlar bor!

Aylanayin, Vatanga ezguliklarni boshlab, rizq-u roʻz uchun oydin yoʻllar ochib kelayotgan gul Navroʻz! Mustaqil, mangu Bahor Vatanga qadaming qutlugʻ boʻlsin!

Barchaga mangu navqiron, aziz va goʻzal, muqaddas va tabarruk Navroʻzi olam muborak!

TAHRIRIYaT.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019