16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 10,463

BARAKA URUGʻI QADALDI

BARAKA URUGʻI QADALDI

27-mart kuni tumanimiz qishloq xoʻjaligi xodimlari, rahbarlari va mutaxassislari, dehqonlar, ilgʻor fermerlar, qishloq xoʻjaligiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari, soha mutaxassislar ishtirokida chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar-kengash boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminar-kengash Choykul ovuli hududida joylashgan "Nurillayev Bunyodbek” fermer xoʻjaligida tashkil qilindi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov ishtirok etdi.

Seminar-kengash davomida mavsumda qatnashadigan qishloq xoʻjalik texnikalari va ulardan samarali foydalanish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Soʻngra paxta maydonida chigit ekish amaliyoti namoyish etildi.

Bu yil tumanimiz paxtakorlari 15950 gektar yerga chigit ekishni rejalashtirmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan 17 ta muqobil mashina traktor parklari va 260 ta fermer xoʻjaliklari chigit ekish mavsumiga har tomonlama puxta hozirlik koʻrdilar. Yerlarning shoʻri yuvilib, texnikalar mavsumga shay qilindi, urugʻlik chigitlar tegishli shoxobchalarga keltirilib, ekishga tayyor qilindi.

Mazkur xoʻjaliklardagi mavjud 43 dona yuqori unumli, 82 dona oddiy surim traktorlari, 385 ta chopiq va 180 ta transport traktorlari, 65 dona pluglar, 60 ta chizel, 293 dona mola va 1700 dona boronalar hamda 211 ta chigit ekish agregatlarini oʻzida jamlagan 60 ta otryad chigit ekish davrida kecha kunduz dala boshida boʻlib, ishning unumini taʼminlaydi.

Oʻz tarkibiga tajribali va malakali qishloq xoʻjalik mutaxassislarini biriktirgan 33 ta sifat guruhlari yerlarning ekishga sifatli tayyorlanishi va sifatli ekilishiga masʼul qilib biriktirildi. Ularga oqar suv va yonilgʻi-moylash materiallari sarfini kamaytirish uchun bu yilgi sharoitda qayta ekishga yoʻl qoʻymay, chigit ekish mavsumini juda qisqa muddatda tamomlash topshirigʻi berildi.

Joriy yil qish oylarida ob-havo koʻp yillik oʻrtacha haroratga nisbatan sovuq, seryogʻin kelganligi bois ekin maydonlari tuprogʻining namlanish darajasi ham nisbatan yuqori boʻlishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan oʻtkazish katta samara beradi. Buni yaxshi tushungan tumanimiz dehqonlari yerlarni chigit ekishga tayyorlash, mavjud texnikalarni, shu jumladan ekish agregatlarini rostlash, chigitni ekishga sifatli qilib tayyorlash ishlarini samarali amalga oshirmoqdalar.

Bu yil 6905 gektar maydonga qoʻshqator usulda chigit ekiladi. Tajribalardan koʻrinadiki, chigitni qoʻshqator usulda ekishning afzalligi koʻp. Shuning bilan birga qoʻshqator usulda ekilgan gʻoʻzani parvarishlashning oʻziga xos jihatlari ham bor. Masalan, qoʻsh qatorlab chigit ekish uchun ball boniteti 40-50 balldan yuqori boʻlmagan tekis, mexanik tarkibi yengil va oʻrta tuproqli, begona oʻtlar keng tarqalmagan maydonlar ajratilishi kerak, bu usulda koʻchatlar soni odatdagi bir qatorlab ekishga nisbatan tuproq unumdorligini hisobga olgan holda 20-30 foizgacha, yengil va qumoq tuproqlarda 30-40 foizgacha koʻp qoldiriladi,. Natijada koʻsaklar tez yetilib, 8-10 kun erta ochiladi va hosilni 10-15-oktyabrgacha toʻliq terib olish imkoni yaratiladi. Bu yil 7850 gektar maydonga gʻoʻzaning "S-4727”, 7 ming gektar maydonga "Sulton”, 1100 gektar maydonga boshqa yangi navlar ekiladi. Ekish mavsumi davomida 29 ta koʻchma ustaxonalar texnik xizmat koʻrsatadi va 16 ta chigit tarqatish shoxobchalari uzluksiz ish olib boradi.

Muhimi, chigit ekishni qulay ob-havo sharoitida yerdan nam ketmasdan, tobida, sifatli yakunlagan dehqonning urugʻi bexato unib chiqishi tayin. Shunda hosil moʻl, daromad koʻp boʻladi. Bugun tumanimiz paxtakorlari mamlakatimizning ulkan oq oltin xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshish umidi bilan yerga baraka urugʻini qadamoqdalar. Shunday qilib, tumanimiz xoʻjaliklarida chigit ekish mavsumi boshlandi.


Gʻ.YeShNIYoZOV.

M.ShOMURODOV olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019