16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:50
Siyosat 👁 3,501

IShONCh - MASʼULIYaT DEMAKDIR

IShONCh - MASʼULIYaT DEMAKDIR

Bugungi kunda ilgʻor, ijodkor, isteʼdodli, taʼlim berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanuvchi, yuksak kasb mahoratiga ega pedagoglar tajribasini ommalashtirish xalq taʼlimi tizimining asosiy vazifalaridandir.

Amalga oshirilayotgan "Dars muqaddas”, "Oʻrgan, oʻrgat”, "Ustoz va shogird maktabi”, "Murakkab fan oʻrganaman”, "Sogʻlom muhit – sogʻlom jamoa”, "Bilimlar bellashuvi”, "Puxta ishlangan reja - samarali natija”, "Mahorat maktabi” kabi tadbirlar ayniqsa oʻqituvchilarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan.

Ushbu innovatsiyalarni maktabda amaliyotga tadbiq etish jarayonida biz taʼlim sifatini oshirishga oid takliflarni jamlash, oʻqituvchilarning ehtiyojlarini oʻrganish va taʼlim mazmunidagi yangiliklar hamda dars berish metodikasiga doir soʻnggi yutuqlarni oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻlmoqdamiz. Chunki dars jarayonida eskicha usullardan voz kechib, zamonaviy uslub va vositalarni qoʻllay biladigan, salohiyatli, oʻz fanini puxta biladigan mahoratli oʻqituvchilargina shogirdlarini hozirgi tezkor va shiddat bilan rivojlanayotgan davrda oʻz oʻrnini topa oladigan, mustaqil fikrga ega, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalay oladi.

Mamlakatimizda bolalarga taʼlim-tarbiya berish davr talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgani bois, oʻquvchilarimiz turli koʻrik-tanlovlarda, bilimlar bellashuvi va fanlar olimpiadalarida yuqori oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Oʻquvchilar qalbida oʻz tugʻilgan makoniga, Vataniga, yaqinlariga muhabbat hissini tarbiyalash – taʼlim-tarbiya jarayonining eng muhim yoʻnalishlaridandir. Bunga erishish uchun nazariy bilim berish kifoya qilmaydi. Jamoa boʻlib oʻzgalar koʻmagiga muhtoj kishilarga yordam berib, yolgʻiz keksa, nogiron kishilar holidan xabar olib, yo oilasida biror muammo tugʻilgan sinfdoshining muammosi hal boʻlishiga koʻmaklashib, maktabimiz atrofini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishda birgalikda mehnat qilib va shu jarayonning oʻzida buning ahamiyatini tushuntirish orqali bunga erishishga intilayapmiz.

Oʻqituvchilarimiz, oʻquvchilarimiz saʼy-harakatlari natijasida maktabimiz atrofi yam-yashil daraxtlarga burkangan. Yoz boʻyi qulf urib ochilib turadigan anvoyi gullar barchaga zavq bagʻishlaydi.

Menga 2014-yil 21-dekabrda boʻlib oʻtgan saylovda Boyovul saylov okrugi saylovchilari ishonch bildirishib, xalq deputatlari tuman Kengashiga deputat qilib saylashdi. Kengashning Mahalliy byudjetni shakllantirish, uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi kotibi boʻldim.

Saylovchilar ishonchini oqlashga, oʻzimga topshirilgan vazifani sidqidildan bajarishga intilayapman. Chunki ishonch - masʼuliyat demakdir.

Nilufar DAVLETOVA, 31-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://img.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019