16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:46
Jamiyat 👁 2,318

TARBIYaNI OʻZIMIZDAN BOShLAShIMIZ KERAK

TARBIYaNI OʻZIMIZDAN BOShLAShIMIZ KERAK

Dunyodagi eng bolajon xalqning birimiz. Yangi oila qurayotgan yoshlarga keksalarimizning "qoʻsha qaringlar”, "uvali –juvali boʻling”, "serfarzand, serdavlat boʻling”, deya duo qilishlaridan ham farzand oilani mustahkamlovchi, erkak va ayolni bir-biriga bogʻlovchi rishta ekanligi ayon boʻlib turibdi.

Ha, farzand hayotimiz mazmuni. Dunyoda neki topgan-tutganimizni farzandimizga ilinamiz, yaxshi kunlariga intilib yashaymiz. Biroq ularning orzu qilganimizday komil inson boʻlib voyaga yetmogʻi oʻzimizning tarbiyamizga koʻp jihatdan bogʻliq ekanligini unutib qoʻyamiz. Bola oilada chor-atrofni, yaqinlarini, hayotni anglaydi. Bevosita oʻzi ham shu muhitga mos ulgʻaya boshlaydi.

Baʼzan ayollarning bolasining injiqligidan yo dars tayyorlashga ishtiyoqi yoʻqligidan nolib, bunga oʻqituvchisini ayblayotganini eshitib qolamiz, oʻqitishga faqat maktab masʼul, deya hisoblashadi. Yana bir toifa ota-onalar esa bolasining qanday oʻqiyotgani yo darslarni oʻzlashtirishi qay darajada, nimalarga qiziqishiniumuman nazorat qilishmaydi, eʼtibor berishmaydi. Oʻylab qolaman: bugungi kundagi bizni tashvishga solayotgan oʻsmir yigit-qizlar orasidagi qoʻl telefoniga bogʻliqlik, televizor oldida soatlab yotib olishi, kiyinish odobiga rioya qilmaslik, umuman, xulq-atvoridagi nomunosib koʻrinishlar ana shunday munosabatlarning mevasi emasmikan?

Har bir inson shu narsani anglab olishi kerak: u ota-ona boʻldimi, bunga yarasha masʼuliyatli ham boʻlmogʻi lozim. Xususan, ular farzandini odob-ikromli, bilimli, shiddatkor zamonamizda oʻz oʻrnini topa oladigan, dunyoqarashi keng, maʼnaviyatli qilib tarbiyalashga majburdir.

Bunga erishish uchun oʻzi ham oʻqib-oʻrganib bormogʻi joiz. Chunki oʻzi bilmagan narsasini odam birovga oʻrgata olmaydi. Oʻrganish uchun esa kitob beqiyos manbadir.

Ayni kunda aholi oʻrtasida televizor koʻrish darajasi 94 foiz, kitob oʻqish darajasi esa 4,5 foizni tashkil etarkan. Bu bizning bugungi kunda oʻqib, ilm olishga intilishimiz nechogʻliq ekanligini koʻrsatib turibdi. Men yuqorida farzand tarbiyasida masʼul shaxslar ota-onalarning bilimi sayozligi, mukammal tarbiya berish uchun oʻqib-oʻrganishdan toʻxtamaslik lozimligi xususida gapirdim.

Shunisi afsuslanarliki, xizmatchilik yuzasidan taʼlim-tarbiya muassasalari xodimlari bilan ishlashish jarayonida baʼzan oʻqituvchilarning ham oʻz ona tilimizda gʻij-gʻij xato yozgani, jumlalarni notoʻgʻri tuzganiga guvoh boʻlamiz. Shunday vaqtda allomaning "tarbiyachining oʻzi tarbiyalangan boʻlmogʻi kerak” degan purmaʼno soʻzlari yodimizga tushadi.

Sogʻlom, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar va mehrli farzandlar oilamiz quvonchi, yurtimiz kelajagi! Ularni shu yoʻsinda tarbiyalash, kamolga yetkazishga oila, taʼlim muassasasi, mahalla - barcha birdek masʼul ekanligi oydek ravshan.

Unutmaylik, bolalar bizning aytganlarimizdan emas, qilgan ishlarimizdan andoza olib ulgʻayadi. Bolalarimiz tarbiyali boʻlishi uchun tarbiyani biz ota-onalar, ustozlar oʻzimizdan boshlashimiz kerak!

Oygul RAJABOVA, jurnalist.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026