16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:26
Iqtisodiyot 👁 5,059

SOLIQ IMTIYoZLARI BERILMOQDA

SOLIQ IMTIYoZLARI BERILMOQDA

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida tadbirkorlik harakati rivojlantirilib, mulkdorlar sinfi shakllandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari vujudga keldi.

Ayni paytda iqtisodiyotimizning izchil erkinlashtirilayotganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng soliq imtiyozlari berilayotgani mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda.

Yangi, 2015-yil arafasida mamlakatimiz soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlariga doir yana bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Shulardan biri Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2270-sonli qarori boʻlib, ushbu qarorga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi.

Xodimlarga toʻlanadigan daromadlarni legallashtirish, mehnatga haq toʻlash fondiga Soliq yukini pasaytirish maqsadida mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 15 foizga, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes subʼektlari uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi amaldagi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarni hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida, kichik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari hisobiga band xodimlarning oʻrtacha yillik sonining belgilangan meʼyorini 50 foizgacha oshirish mumkinligi belgilab qoʻyildi.

Masalan, yengil sanoat sohasida faoliyat yurituvchi kichik korxonalar xodimlarining cheklangan soni 200 kishini tashkil etadigan boʻlsa, ular ishchilar sonini ushbu taʼlim muassasalari bitiruvchilari hisobiga yana 100 taga oshirgan holda kichik tadbirkorlik subʼektlari uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shuningdek, qarorga asosan, avval qonun hujjatlariga muvofiq berilgan hamda joriy yilda foydalanish muddatlari tugashi koʻzda tutilgan bir qator imtiyozlarning muddatlari uzaytirildi.

Masalan: - qoʻshimcha daromad oluvchi byudjet tashkilotlariga soliqlar, yigʻimlarning barcha turlaridan, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalardan ozod etish boʻyicha imtiyozar;

­- toʻlov-kontrakt asosida kadrlarni tayyorlash uchun tushadigan mablagʻlardan oliy taʼlim muassasalarini soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalardan ozod etish boʻyicha imtiyozlarning muddatlari 2018 yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2015 yil 1-yanvardan boshlab ushbu soliqni hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha "o” darajli stavkani nazarda tutuvchi toʻrt pogʻonali soliq stavkalarini qoʻllash tartibi joriy etildi. Yaʼni jismoniy shaxslarning eng kam ish haqining bir baravarigacha (118400 soʻmgacha) daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi "Soliq va byudjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-379-sonli qonun xujjatlariga oʻzgartirishlar, jumladan Soliq kodeksining 46 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan, soliq kodeksining 45-moddasiga 2015-yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik subʼektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksining 54-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham yuridik shaxslar singari davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar summalarini toʻlashni olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqi berildi.

Kodeksning 240-moddasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq aktsiz soligʻi boʻyicha har oʻn kunlik toʻlovlar bekor qilinib, oʻrniga har oyda bir marotaba joriy toʻlovlarning amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻz faoliyatini boshlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida Soliq kodeksining 311-va 375-moddalariga qoʻshimchalar kiritilib, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat koʻrsatuvchi oilaviy tadbirkorlik subʼektlari tomonidan sugʻurta badallari va qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab (tegishli oyning 25-sanasiga qadar) amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida qilinayotgan bunday saʼy-harakatlar nafaqat aholi bandligini taʼminlash, balki ularning daromadlari va turmush darajasining oshishiga xizmat qilmoqda.

Mansur ShOMURODOV, DSI shoʻʼba boshligʻi.
Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida eʼlon qilinmoqda.


(Foto - http://www.turkistonpress.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026