16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:03
Jamiyat 👁 2,397

TINChLIK – ULUGʻ NEʼMAT

TINChLIK – ULUGʻ NEʼMAT

Odatda biz ertalab bexavotir uygʻonib, kundalik hayot tashvishlariga shoʻngʻib ketamiz, oqshomlari tiniqib dam olamiz. Nazdimizda dunyo shunday yaralganday, bunday turmush tarzi kelgusida ham muqarrar davom etaveradigandek tuyuladi. Aslida shu tabarruk zaminimizda bugungiday tinch-osuda, dorilomon kunlar barqaror boʻlmogʻi uchun ota-bobolarimiz ne bir algʻov-dalgʻov kunlarni boshidan kechirmagan, olovli janglarga kirmagan, mashaqqatlar chekmagan, deysiz?

Mangʻit shahrining Boʻston mahallasida istiqomat qiluvchi Qurbonboy Oʻrozboyev Ikkinchi jahon urushi boshlangan kezlarida hali oʻsmir edi. Kuch-gʻayratga toʻlgan nene alp yigitlar, erkaklar urushning ilk kunlaridanoq harbiy xizmatga chaqirildi. Radio, gazetalar orqali biri-biridan tashvishli, yuraklarni larzaga soluvchi xabarlar kelib turar, bilagida kuchi, koʻnglida iymoni sobit erkaklar men ham urushga boraman, yovga qarshi kurashaman, - deya harbiy komissariatga kelishardi.

- Urush boshlanganiga olti oylar oʻtganda butun tirikchilik tashvishi ayollar va armiya yoshiga yetmagan oʻsmirlarga qolgan edi, – deya xotirlaydi Qurbonboy Oʻrozboyev. - Bola boshimiz bilan dalada ham ishlardik. Erkagi yoʻq xonadonlarning holidan ham xabar olib, yumushlariga koʻmaklashardik.

1944-yil boshida uni ham armiyaga chaqirishdi. Qisqa muddatli harbiy tayyorgarlikdan soʻng kun sayin oʻz yeriga chekinayotgan dushmanni butunlay taslim qilish uchun kurashayotgan jangovor safga qoʻshildi. Chexoslovakiyani nemislardan tozalashda ishtirok etdi. U 1946 yilgacha harbiy burchini ado etdi. Biroq ayovsiz janglarning birida oyogʻidan oʻq yegani safda qolishiga monelik qilavergach, 1946-yilda oʻz yurtiga qaytdi. Qurbonboy Oʻrozboyev urush asoratlari tufayli 1-guruh nogironi boʻlib qolgan boʻlsa-da, elning nochor, qahatchilik kunlariga tomoshabin boʻlib oʻtirolmadi. Butun topgan-tutgani urushdagi askarlarga, oziq-ovqat, qurol-yaroq ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan amudaryoliklarning tirikchiligi ogʻir edi.

Oilasiga qaytib, sal oʻziga kelib olgan Qurbonboy Oʻrozboyev mehnatga shoʻngʻidi. Yarimjonman demay, Mangʻit paxta tozalash zavodida 33-yil buxgalter boʻlib ishladi.

92 yillik umr dovonidan oshgan otaxonning bugun tinch-osuda kunlarimizga shukronasi tilidan tushmaydi. Keksayib kuchdan qolgan chol-kampir tez-tez xabar olib turadigan tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi rahbariyatidan, 38-sonli maktab oʻquvchilaridan juda-juda minnatdor.

– Oʻgʻil-qiz koʻrmadik, deb avval koʻp oʻkinardim. Endi bilsam oʻgʻlim ham, qizim ham koʻp ekan, - deydi Qurbonboy boboning umr yoʻldoshi Sharifa momo.

– Iloyim biz koʻrgan ogʻir kunlarni sizlar koʻrmagaysizlar. Tinchligimiz, osoyishtaligimiz mangu boʻlsin, - deydi Qurbonboy bobo atrofida har biri turli yumushlarni yugurib-yelib bajarayotgan oʻquvchilarga.

Ha, chindan ham tinchlik - ulugʻ neʼmat. Jonlarini fido qilib bizga shunday dorilomon kunlarni hadya etgan insonlar esa har qancha hurmatu eʼzozga loyiq.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Qurbonboy Oʻrozboyev oʻquvchilar davrasida.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019