16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:06
Sport 👁 3,394

Oilamiz boʻlsa birdam, gʻalaba bizga hamdam

Oilamiz boʻlsa birdam, gʻalaba bizga hamdam

Mahalla yoshlari hamda oilalar orasida sportni keng ommalashtirish, aholi va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan "Biz – aql-idrokli oilalarmiz” hamda "Otam, onam va men – sportchi oila” sport musobaqalarining qamrovi yil sayin kengayib bormoqda. Ushbu musobaqalarning hududiy-saralash bosqichlarida yuzlab yoshlarning ishtirok etayotgani fikrimizning tasdigʻidir. Xususan, oilaviy musobaqalarning tuman bosqichlarida 47 ta fuqarolar yigʻinidan 20 taga yaqin oilalar ishtirok etdi.

Bu gal ham musobaqalarning tuman bosqichi murosasiz bahslarga boy boʻldi. Oʻtgan yillardagi musobaqalardan oʻzgacha, koʻtarinki tarzda oʻtkazilgan oilaviy shaxmat-shashka musobaqasi ham taassurotlarga boy boʻldi. 

- Yoshligimdan shaxmat oʻynash bilan shugʻullanaman, - deydi Yangiobod mahallasidan Azizbek Rahimov. -   Darsdan boʻsh vaqtlarimda otam, onam bilan shaxmat oʻynaymiz. Shaxmatga boʻlgan mehrim, qiziqishim bobomdan oʻtgan. Oilaviy oʻyinlar orqali mahoratimni oshirib boryapman.

Durunki mahallasidan Zafar Qurbonovning aytishicha, oila aʼzolarining barchasi shaxmat va shashkaga doʻst tutingan, ayniqsa, shashkaga. Bunday sogʻlom muhit oʻgʻli Ravshanbekning shashka va shaxmatga boʻlgan ishtiyoqini oshirayotir.

- Bugungi musobaqada buvim, otam-onam va ukam bilan birgalikda ishtirok etdik, - deydi u. – Bellashuvda koʻplab doʻstlar orttirdim. Ular oʻz qiziqishlari haqida gapirib berdi. Buvim, otam, onam va men birdam boʻlib gʻoliblikni qoʻlga kiritdik.

Ravshanbekning xotirasida bugungi kun bir umrga muhrlanib qolishi tayin.

30 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ota-ona, 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 2 nafar bolalardan iborat sportsevar oilalar oʻrtasidagi musobaqaning tuman bosqichida saralash bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 10 ta oilalar ishtirok etdilar. 7 ta shartdan iborat boʻlgan bellashuvni baholash, gʻolib oilani belgilash hakamlar uchun oson boʻlmadi, chunki barcha ishtirokchilar oʻta chaqqon va epchil ekanligi yaqqol koʻrinib turardi. Bahslarga boy boʻlgan musobaqada Namuna ma-hallasidan Zarifboy Eshniyozov oilasi 3-oʻrinni, Qilichboy ovulidan Alisher Jumaniyozov oilasi 2-oʻrinni,  oʻrta qalʼali Bahodir Yoqubov oilasi eng yaxshi sportchi oila deb topilib, faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

"Biz – aql-idrokli oilalarmiz” sport musobaqasining shaxmat turi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Yangiobod mahallasidan tumanimizning eng namunali shaxmatchilari, faxriy otaxon Bekjon Rahimovlar oilasini, Durunki mahallasidan eng namunali shashkachilar Zafar Qurbonovlar oilasini, "Otam, onam va men – sportchi oila” sport musobaqalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Oʻrta qalʼa ovulidan Bahodir Yoqubov oilasini "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi nomidan yana bir bor muborakbod qilamiz!

Oʻzaro doʻstlik bayramiga aylanib ketgan sport musobaqalari koʻtarinki ruhda yakunlandi. Ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha tashkilotchilarning diplom, Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvi bosh mutaxassisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026