16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Fan va taʼlim 👁 2,933

OʻQITUVChI MEHNATI NATIJASI OʻQUVChILAR KAMOLIDA KOʻRINADI

OʻQITUVChI MEHNATI NATIJASI OʻQUVChILAR KAMOLIDA KOʻRINADI

Mana, mustaqilligimizning 24 yilligi arafasidamiz. Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi boʻlib, bizga juda koʻp imkoniyatlar olib keldi. Oʻquvchilar uzluksiz taʼlim bilan hunarni birga olish imkoniyatiga ega boʻldi. Oldinlari kasb-hunar oʻrganish uchun olis shaharlarga borish zarur boʻlsa, endi oilada, ota-ona bagʻridan uzoq ketmagan holda istagan kasb egasi boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi.

Mana shunday shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda ayniqsa biz – oʻqituvchilar oldiga qoʻyilayotgan talab juda muhim. Oʻqituvchi davr talabiga monand qadam tashlashi zarur. Talabalik davrimda ustozimning shu gaplari mening uchun hamon shiordek yangraydi: Qobiliyatsiz shifokor bir odamning hayotini zaharlab qoʻysa, xatolashgan oʻqituvchi bir paytda butun bir sinf oʻquvchilarining ongini zaharlab qoʻyishi mumkin.

Oʻquvchilar har doim oʻz ustozlariga taqlid qilishni yaxshi koʻrishadi. Shuning uchun oʻqituvchi nafaqat maktabda, oilada, jamoat joylarida, farzand tarbiyasida ham namuna boʻlishi zarur.

Oʻz hayotiy tajribamdan xulosa qilsam, 2003 yildan boshlab deyarli har yili oʻquvchilarim fan olimpiadasi, keyinchalik bilimlar bellashuvi tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, 3-bosqich Respublika tanlovida qatnashib kelmoqda. Bir qancha oʻquvchilarim oliy oʻquv yurtlariga davlat granti asosida kirish baxtiga muyassar boʻldi. 2013-2014 oʻquv yilida birdaniga uch nafar oʻquvchim tumanda bilimlar bellashuvi gʻolibi boʻldi. Ayniqsa, 2014-2015 oʻquv yili men uchun yana ham quvonchli boʻldi. Oʻquvchim Oyzoda Haytanova 3-bosqich - Respublika fanlar olimpiadasida yaxshi qatnashib qaytdi. Sundetova Feruza va Haytanova Gulzodalar tumanda bilimlar bellashuvi gʻolibi sifatida 3-bosqich Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. Haytanova Gulzoda 3-bosqich gʻolibi boʻlib, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan 4-bosqichga yoʻllanma olishi men uchun juda katta faxr va quvonch boʻldi.

Bundan 4-yil avval 11-sinf oʻquvchim Usenboyeva Zarina olimpiada gʻolibi sifatida Toshkent shahrida oʻtkazilgan 4-bosqich fan olimpiadasida qatnashgan edi. Ikkinchi bor bu quvonch meni oʻz ogʻushiga oldi.

Men oʻzim dars berayotgan sinflarda sinf kutubxonasi tashkil qilaman. Masalan, sinfda 30 oʻquvchi boʻlsa, har biri imkoniga loyiq bir yoki ikkita badiiy kitob olib kelib, sinf kutubxonasiga aʼzo boʻladi. Qarabsizki, bir badiiy kitob olgan oʻquvchi 30 ta badiiy kitob oʻqish imkoniga ega boʻladi. Darsdan tashqari  paytlarda "Men sevgan badiiy qahramon”, "Mening sevimli kitobim”, "Men yoqtirgan shoir”,  yoki "Husnixat - husn”, "Kimning xati chiroyli” mavzularida oʻzaro musobaqalar oʻtkazilsa va bunga barcha oʻquvchilar jalb qilinsa, albatta yaxshi natija beradi. Oʻquvchining fikrlash qobiliyati oʻsadi, soʻz boyligi ortib boradi, oʻquvchidan ortiqcha narsalar bilan mashgʻul boʻlish fikri chekinadi. Oʻquvchilarning oʻz mehnatlarining samarasini koʻrishi albatta quvonchli hol.

Davlatimiz har bir ishni eʼtibordan chetda qoldirmaydi, 4-bosqich bilimlar bellashuvida qatnashgan oʻquvchim Gulzodaning intellektual bilimdonlar oromgohida dam olishi, oʻquvchimning olisdan turib telefonda hayajon bilan oʻz quvonchlari, yaxshi dam olayotgani, Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan borgan oʻquvchi-gʻoliblar bilan doʻstlashgani haqida toʻlqinlanib gapirishi meni juda quvontirdi. Yangi zafarlar sari chorladi. Chunki kamtarin, zaxmatkash, oddiy oiladan chiqqan oʻquvchining bunday joylarda dam olishi orqali men oʻz mehnatimning samarasini koʻrdim.

Davlatimiz bizga yurtimizning kelajagi boʻlgan yosh avlod tarbiyasidek masʼuliyatli va sharafli ishni ishonib topshirgan ekan, uni oqlashimiz, yosh avlodni Oʻzbekiston atalmish buyuk mustaqil yurtga loyiq farzandlar qilib tarbiyalashimiz shart.

Chunki biz asrlar davomida tibbiyot, ilmu-fan, buyuk isteʼdodlar makoni boʻlib dunyoni lol qoldirib kelayotgan yurt farzandlarini tarbiyalamoqdamiz. Ajdodlarga munosib avlod tayyorlashda siz hamkasblarimga yangi oʻqish yilida omad, kuch-gʻayrat tilayman.

Jumagul QOʻShChANOVA,

45-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi.
(Foto - uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019