17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:41
Jamiyat 👁 6,071

OBOD UY-JOYLAR — FAROVONLIK TIMSOLI

OBOD UY-JOYLAR — FAROVONLIK  TIMSOLI

Bugun mamlakatimizning, tumanimizning qaysi hududiga bormang, xalqimizning turmushi farovonligidan darak beruvchi ravon yoʻllar, did va yuksak mahorat bilan rejalashtirib qurilgan fayzli koʻchalar, obod hovli-joylarni koʻrasiz. Biri – biridan chiroyli va ixcham zamonaviy andozalarda taʼmirlangan va bezatilgan hovli-joylar atrofini turli mevali, manzarali daraxtlar, gullar bezab tursa, tomorqasida qulf urib oʻsib turgan turli ekinlar yurtdoshlarimizning zaxmatkashligi, mehnatsevarligidan dalolat berib turadi, koʻrib koʻzimiz quvonadi. Oʻz mehnatimiz bilan turmushimizning sifati tobora yuksalayotganidan qalbimiz faxr-iftixorga toʻladi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan bugungi obodlikning, farovonlikning tamal toshi necha yillar muqaddam qoʻyilganini hammamiz ham bilavermaymiz.

1989-yilning 17-avgustida I.Karimov boshchiligida oʻtkazilgan respublika hukumati yigʻilishida oʻsha vaqtdagi murakkab vaziyat hisobga olinib, yurtimiz aholisiga tomorqa va yakka tartibda uy-joy qurishi uchun yer uchastkalari ajratib berish, uy-joy qurish uchun barcha sharoitlarni yaratish masalasi muhokama etiladi. Oʻsha yigʻilishdan bir kun avval Oʻzbekiston rahbari tarixiy hujjat – "Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan taʼminlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida”gi qarorni imzolagan edi. Oʻsha tarixiy qaror qishloq aholisi hayotining biroz boʻlsa-da oʻnglanishida  ahamiyatli boʻldi. Koʻpgina yosh oilalar hovli-joyli boʻldi, ogʻir damlarda tomorqasi oila iqtisodiga ishonchli madad boʻlib turdi.

Shuningdek, Prezidentimizning 1992-yil 19 avgustdagi "Uy-joylar xususiylashtirilishi munosabati bilan aholining kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashga oid qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, kam taʼminlangan toifalarga mansub fuqarolar, ehtiyojmand oilalar yashab turgan yoki doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan xonadonlar va alohida uylar shu fuqarolarga bepul shaxsiy mulk qilib berildi.

Bu insonparvarlik tufayli aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi oʻtish davri qiyinchiliklaridan himoya qilindi, boquvchisini yoʻqotgan, koʻp bolali oilalar, nogironlar uy-joyli boʻldi.

Qishloq aholisi hayotini zamonaviy mezonlarga javob beradigan darajaga koʻtarishga, qishloqlarni har tomonlama rivojlangan obod maskanlarga aylantirishga, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirishga davlatimiz rahbari istiqlol yillarida ayniqsa, asosiy vazifalardan biri sifatida ulkan eʼtibor qaratdi. Bu eʼtibor bugungi kunda hayotimizda oʻzining chinakam samarasini koʻrsatmoqda. Biri-biridan obod, fayzli manzillar safiga yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshayotgan namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilishi yoʻlga qoʻyilgani, mazkur uy-joylar asosan yangi hovli joylarga ehtiyojmand yosh oilalarga berilayotgani keyingi yillarda aholining bu boradagi xohish-irodasiga juda mos tushmoqda. Bu xayrli ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1167-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq birgina tumanimizning oʻzida shahardagidan qolishmaydigan qulaylik va sharoitlarga ega 287 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 75 ta ana shunday uy-joylar qurilmoqda.

- Bu uylarning uzoq muddatli kreditlar hisobiga qurib berilayotganligi ayniqsa yosh oilalar uchun juda qoʻl kelayapti, - deydi mustaqilligimizning 24 yilligi arafasida "Oʻrta qalʼa” ovulida yangidan qad rostlagan ana shunday hovlilardan biriga koʻchib oʻtgan "Mikrokreditbank”ning Mangʻit filiali boshqaruvchisi Alibek Omonov.

Asli "Boʻzyop” ovulida tugʻilib oʻsgan, oiladagi olti nafar farzandning biri boʻlgan Alibek Omonov 2008-yilda Qoraqalpoq Davlat Universitetining iqtisodiyot fakultetini bitirib kelganidan beri mazkur bankda ishlab kelayapti. 2013-yilda esa boshqaruvchi etib tayinlandi.

Har bir farzandiga uy-joy qurib, orzu-havas bilan roʻzgʻorini boʻlaklab berishni orzu qilmaydigan ota-ona bormi? Bir umr Xitoy MMTPda turli lavozimlarda, ayni kunda esa yer tuzuvchi muhandis boʻlib ishlayotgan otasi Abdulla ogʻaga, onasiga, tugʻishganlariga Alibekning yangi hovliga koʻchib oʻtishi ulkan bayram boʻldi. Quvonmay boʻladimi shunday koʻrkam, zamonaviy, qulay sharoitlar yaratilgan hovli uchun!

- Men koʻpincha ishda boʻlaman. Oʻz kuchimiz bilan uy quraman, deb goh qurilish materiallari, goh usta izlab ovora boʻlmasdan yangi hovliga koʻchish ayniqsa, menga qulay boʻldi, - deydi Alibek Omonov.

Tumanimizda Alibek singari yangi hovli-joyga ehtiyoji bor yosh oilalar uchun namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi kelgusida ham davom ettiriladi. Qanchadan-qancha yosh oilalarning obod va farovon turmushiga asos yaratilaveradi.

Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon ShOMURODOV,
gazetaning maxsus muxbirlari.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026