17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:26
Fan va taʼlim 👁 4,283

EHTIROM

EHTIROM

Men maktabga borgan ilk kunimni hali-hanuz yaxshi eslayman. Maktab hovlisida katta yigʻilish boʻldi. Keyin sinfga kirdik, bizni Qurbonboyev Jumaboy aka degan ustoz kutib oldi va oʻsha kundan boshlab u ikkinchi otamizdek boʻlib qoldi. Ustoz sabr-toqat bilan harflarni oʻrgata boshladi. Men koʻp narsalarni bilishni xohlardim. Oʻqituvchimiz va sinfdoshlarim barchasi bir ovozdan meni sinf sardorligiga saylashdi. Bu vazifa meni yanada koʻproq oʻqishga, faol boʻlishimga va kelgusida ustozim kabi yetuk oʻqituvchi boʻlishga undagan boʻlsa, ajab emas.

Yuqori sinfga chiqqanimizda Bobojonov Xidir aka rahmatlik ona tili va adabiyot fanidan oʻqitgan edilar. Maktabni aʼlo baholarga tamomlab, oliy oʻquv yurtiga sirtdan oʻqishga kirdim. Sirtqi boʻlimda asosiy ishlar uyda bajarilardi. Kurs ishi yozishni uyga topshiriq qilib berishdi. Kurs ishim mavzusi: "Ot soʻz turkumi” va bitta matnni morfologik tahlil qilish edi. Bu topshiriqlarni bajarish uchun ustozim Xidir aka Bobojonovdan kerakli kitob soʻrab uyiga bordim. U kishi juda mehribon, bagʻri keng inson edi. Ustoz oʻz xonasida gazeta oʻqib oʻtirgan ekan. Meni yaxshi kutib oldi. Ustozga kelishim sababini aytib,  kurs ishimni yozishda maslahat soʻradim. Oʻshanda ustoz erinmay menga kurs ishim yuzasidan keng tushuntirishlar berdi. Lekin qanday yozish haqida aytmadilar.

Ustoz bilan xayrlashib, oʻzimcha undan xafa boʻlib qaytdim. Kerakli kitoblarni topib, kurs ishimni yozishni boshladim. Matn ustida ishlashga koʻp vaqtim ketdi, soʻzma-soʻz tahlil qilish kerak edi. Nihoyat yozib boʻldim. Ustozga koʻrsatish uchun uyiga shoshildim. U qoʻliga daftarimni olib, koʻzoynagini taqib, oʻqiy boshladi. Oʻqishdan bosh koʻtarib:

- Buni oqqa koʻchirsang boʻladi, juda yaxshi yozibsan. Matndagi soʻzlar ham toʻgʻri tahlil qilingan, oʻz ustingda izlanishing natijasi bu, - dedi.

Bekorga ustozdan xafa boʻlibman. Meni qiyinchiliklarga, izlanishga, sabr-toqatli boʻlishga oʻrgatgani uchun ham ustozdan minnatdorman. Oʻqish muddati boshlandi. Kurs ishimni domlamga topshirdim. Ancha vaqtdan keyin bahosi eʼlon qilindi. Kursdoshlarimga mening ishimni namuna qilib koʻrsatdi va bahosi "5” ekanini aytdi.

Meni ustoz hayotda hamisha izlanib, intilib yashashga oʻrgatdilar. Hozirgi kunda oʻqituvchi boʻlib, men ham  oʻquvchilarimga intiling, oʻqing, oʻrganing, albatta maqsadingizga erishasizlar, deyman. Ish faoliyatimda hamon rahmatlik ustozim Xidir aka Bobojonovning pedagogik uslubiga tez-tez murojaat qilaman. Va bu aziz insonning porloq xotirasi oldida qarzdorlik hissi bilan yashayman.

Gulnora EShIMBETOVA, 8-sonli maktab oʻqituvchisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026