16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:59
Jamiyat 👁 4,934

TAShKILOT RAMZI ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI

TAShKILOT RAMZI ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI

"Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida NNT oʻz ramziy belgilariga ega boʻlishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan. Shu maqsadda "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Boshqaruvining 2015-yil 14-avgustdagi yigʻilish bayoni qarori bilan NNTning ramzi loyihasi tasdiqlangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2013-yil 12 de-kabrdagi PQ-2085-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom talablariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga NNT ramzini roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrab berilgan ariza koʻrib chiqilib, 2015-yil 17-sentyabr kuni tashkilotimizga NNT ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi 1-sonli guvohnoma topshirildi.

"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining ramzi (emblemasi) aylana ichida aks ettirilgan ona yurt, tabiat va ijodkorlikni ifodalovchi bir necha tasvirlardan iborat.

Aylananing ichki tepa qismida tong paytida azim togʻlar osha koʻtarilib kelayotgan quyosh tasviri aks ettirilgan. Quyosh yer-u koʻkka yorugʻlik, nur va iliqlik taratuvchi saxiylik ramzi, otayotgan tong esa butun borliqqa rizq-nasiba ulashiladigan palla, ijodkorga ilhom baxsh etuvchi lahza hisoblanadi.

Quyoshning pastki qismida aks ettirilgan purviqor togʻlar koʻhna Jayxun boʻyida yastanib yotgan Qoratov aksi, ramziy maʼnoda esa ijodkorni ijod choʻqqilari sari chorlovchi ilhom manbai hisoblanadi.

Togʻlar etagida mavj urib oqayotgan, necha ming yillardan buyon oʻsimlik va hayvonot dunyosiga hayot, ikki sohilda yashab kelayotgan aholiga rizq-roʻz va ilhom baxsh etuvchi Amudaryo tasviri aks ettirilgan.

Daryoning soʻl sohilida, ramzning pastki qismida yashil maysalarga burkangan, Amudaryoning najotbaxsh obi hayotidan bahra olib gullayotgan voha tasvirlangan.

Ramzning markaziy qismida ilm-maʼrifat ramzi boʻlmish kitob, kitobning old qismida esa ijodkorlik ramzi sanalmish patqalam va siyohdon tasvirlangan. Kitobning ramz oʻrtasida joylashtirilishining yana bir sababi – ilm-maʼrifat daryoning ikki sohilidagi ellarni ellarga, dillarni dillarga bogʻlovchi vosita ekanligidir.

Ramzning tashqi tepa qismida, koʻk rangli fondagi aylana ichiga oq harflar bilan, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida "JAYXUN ILHOMLARI” yozuvi, uning har tomoni 3 ta yulduzcha (***) bilan ajratilgan pastki qismida esa "NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI” degan soʻzlar yozilgan.

"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining ramzi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, tashkilot ramzi uning Ustavidagi maqsad va vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur ramzdan "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining rasmiy blanklarida, muhr va shtamplarida, guvohnomalarda, plakatlarda, bannerlarda, koʻrgazmali qurol va oʻquv-uslubiy, badiiy adabiyotlarda, diplomlar hamda faxriy yorliqlarda, tashkilot vimpellarida, esdalik nishonlarida, xodimlarning maxsus kiyimlarida, tashkilot aʼzolarining yagona nusxadagi aʼzolik guvohnomalarida, tashkilot tomonidan qonun hujjat-lariga muvofiq, uning Ustav boʻyicha amalga oshiradigan faoliyatini moliyalashtirish uchun tashkil etiladigan bosma ommaviy axborot vositalari muqovalarida, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalarida, tashkilot manfaatlariga mos keluvchi barcha oʻrinlarda foydalanilishi mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur ramz "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni  qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga hissa qoʻshishdek ezgu maqsadini oʻzida ifoda etib, tashkilot aʼzolarini bu yoʻlda xayrli ishlarga chorlab turuvchi mayoq vazifasini oʻtaydi.

 

Ahmad NAFASOV, "Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026