16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Adabiyot 👁 4,924

HAYoT SINOVLARI

HAYoT SINOVLARI

(Boʻlgan voqea)

Hayot Rahmon ogʻani juda koʻp sinadi. 12 yoshida baxtsiz tasodif tufayli ota-onasidan judo boʻldi. Oʻshanda egizak singillari Fotima-Zuhralar sakkiz, ukasi Omon esa toʻrt yoshda edi.  Oilaning ogʻir yuki ham, ukalarining tarbiyasi ham yoshgina Rahmonjonning yelkasiga tushdi. Har doim bir kelib-ketadigan qarindoshlari faqat maslahat qilishdan nariga oʻtmas, "sen endi oila boshligʻisan, ukalaringga bosh boʻlishing kerak”, - deya taʼkidlashaverishardi. Yon qoʻshnilari, otasining yaqin doʻsti Ibrohim ogʻa esa Rahmonjonga otasiday mehr koʻrsatar, mol-holga, hatto tomorqasiga ham qarashar, ayoli Guljon opa non yopib berar, har kuni albatta bolalarga bir tovoq ovqat olib chiqardi.

Rahmonjon va uning ukalari ana shu ikki insonning mehri ogʻushida ulgʻayishdi. Avval oʻzi Universitetning biologiya fakultetida sirtdan oʻqidi, maktabga ishga kirdi. Birin-ketin singillari Fotima-Zuhralar ham oliygohlarga oʻqishga kirishdi. Singillari oʻqishni tugatgan yili ukasi Omon talaba boʻldi.  Oʻsha yili Rahmonjon oʻz hamkasbiga uylandi. Baxtiga umr yoʻldoshi Salima aqlli, oʻta mulohazali va mehribon ayol ekan. Ham oʻqituvchilik, ham chevarlik qilib, oilaning kam-koʻstini toʻgʻrilashda Rahmonjonga qoʻl-qanot boʻldi.

Inson umri juda tez oʻtarkan. Singillarini uzatib, ukasi Omonjonni uyli-joyli qilgunicha yoshi qirqdan oʻtganini sezmay qoldi. Endi oʻzining farzandlari – uch qiz, bir oʻgʻlini oʻqitish, uyli-joyli qilish tashvishlari bilan yugurib-yelib yurganida umr yoʻldoshidan ajralib qoldi. Qizlarining kattasi endi kollejning birinchi bosqichida edi oʻshanda. Ikki qizi va oʻgʻli maktabda oʻqirdi. Salimaning maʼrakalari oʻtmay turib uni singillari oʻrtaga olishdi:

- Aka, uylaning, jiyanlarimga ona, oʻzingizga hayotda suyanchiq kerak, - deyishdi.

Bu gapni eshitgan qizlari uvvos solib yigʻlashdi. Shu kundan boshlab otasidan begonasirab qolishdi.

- Qizlarim, - dedi Ibrohim ogʻa, - Otangiz endi 40 yoshga kirdi. Sizlarni oʻqitib, uyli-joyli qilishi uchun unga umr yoʻldosh albatta kerak. Oila aravisini tortish bir kishiga ogʻirlik qiladi, bunday aqlsiz boʻlmanglar.

Ibrohim ogʻa bilan Guljon opa bosh boʻlib Rahmonjonni uylantirib qoʻyishdi. Zulayhoning bu xonadonga kirib kelishi oila havosini goʻyo oʻzgartirib yubordi. Bir-ikki oy tumtayishib yurgan Rahmonjonning farzandlari biron sabab bilan Zulayho uyda boʻlmasa, uni sogʻinadigan boʻlishdi. Qizlarning kattasi Nazira institutga shartnoma asosida oʻqishga kirganida Rahmonjon:

- Kelasi yil qaytadan hujjat topshirarsan, yaxshi repititorga tayyorlansang, albatta davlat granti asosida oʻqishga kirasan, - dedi toʻlov-shartnomaning zalvorini oʻylab.

- Yoʻq, - dedi Zulayho – bu ham bir imkoniyat otasi, qizimiz oʻqishga borsin. Mol-hol bor, tovuq boqamiz.

Ayoli shunday deb turganida Rahmonjon nimayam qilardi. Rozi boʻldi. Nazira to oʻqishini tugatguncha Zulayho tinib-tinchimadi. Buni qarangki, keyingi qizlari ham, oʻgʻli ham ulgʻayib, barchasi oliy maʼlumotli boʻlishdi. Qizlarini uzatib, oʻgʻlini  uylantirdi. Rahmonjon endi nafaqaga chiqib, huzur-halovatda yashayman, deganida ikkala oyogʻi falajlanib, toʻshakka mixlanib qoldi. Katta xonadonning zalvorli yuki endi ayoli Zulayhoning yelkasiga tushdi.

- Oldimizda sogʻ-omon, bolalarga maslahatgoʻy boʻlib oʻtirganingizning oʻzi katta davlat, otasi, - deb qoʻyardi ayoli mehr bilan.

Ammo kelini oʻzgarib qoldi. "ena-ena” lab Zulayhoning atrofida parvona boʻladigan kelin Rahmon ogʻa betob boʻlib qolgach, oʻzgardi-qoʻydi. Qaynonasining joʻyali gapiga ham ters javob beradigan boʻldi. Bir kuni yon qoʻshnisi, Rahmon ogʻaga otasiday qadrli boʻlib qolgan Ibrohim ota vafot etdi. Oʻgʻli: "qoʻni-qoʻshninikiga chiqqaningizda qiynalmaysiz”, - deb olib bergan nogironlar aravachasiga hali biron marta ham oʻtirmagan Rahmon ogʻa ayoliga:

- Mening otamday edilar, Ibrohim ogʻaning janozasiga chiqmasam boʻlmaydi, - deb oʻsha aravachani keltirishni soʻradi.

Ayolining  koʻmagida aravachaga oʻtirib, taʼziyaga chiqayotsa, uning kimgadir norozilik bilan:

- Nafasingni shamol uchirsin-a, unday dema, - deganini bexos eshitdi-yu, koʻcha darvozasiga yetmay, aravachani toʻxtatdi.

- Sizga nima, etingiz erib, qoningiz qorishmasa, bunday birovga yuk boʻlib oʻtirgandan koʻra...

Rahmonjon kelinining gaplarini aniq-tiniq eshitdi. Boshidan birov muzday suv quyganday seskanib ketdi. "Nima deyapti u? Birovga yuk boʻlgandan koʻra oʻlgani yaxshi, deb qaynotasini aytayotirmi? Shunday dedi shekilli. Ayoliga ham achchiq-tizziq gapirdi-ya”.

Rahmon ogʻaning qoʻllari qaltirab, asabiy holatda darvozaxonada, aravacha gʻildiragini ushlagancha oʻtirar, ichkaridan esa kelinining ayoli bilan aytishayotgani unga yaqqol eshitilib turardi. Shu oʻtirishda qancha vaqt oʻtdi, bilmaydi. Faqat koʻcha tomondan kirib kelgan oʻgʻli Sohibjonning:

- Ota, taʼziyaga chiqmoqchimisiz? – degan gapidan oʻziga keldi.

- Ha, - dedi siniq ovozda.

Shu dam kutilmaganda ichkaridan otilib chiqqan kelinning:

- Otam oʻlsa, bu uyda seni bir kun ham qoldirmayman! – degan jazavali ovozidan Sohibjon serraygancha qotib qoldi. Bu gapni Ibrohim otaning  vafotini eshitib, shoshilinch darvozadan kirib kelayotgan Rahmon ogʻaning katta qizi Nazira ham eshitdi. Kelinining ortidan mungʻayibgina, xuddi aybdorlarday boshini egib uydan chiqqan Zulayho dolondagi supaga oʻtirib qoldi. Aravachada oʻtirgan otasining oldida uyat va nomusdan titrab turgan oʻgʻil butun gʻazab va nafratini bir soʻzga jamlab baqirdi:

- Chiq!

Ogʻzidan chiqqan gapi xuddi miltiqning oʻqiday bir emas, bir necha odamning yuragini yaralaganini sezgan kelin tipir-chilab qoldi. Uyda hech kim yoʻq-ku deb qaynonasining oʻgayligini yuziga solib, qaynotasini ortidan yuzsizlarcha haqoratlayotgan kelin boshini egib ichkariga yoʻnaldi.

- Chiqib ket uydan! – Ovozining boricha baqirdi Sohibjon. – Oilamni mensimaydigan, ota-onamni odam oʻrnida koʻrmaydigan xotinning menga keragi yoʻq!

- Qoʻy, oʻgʻlim, - dedi Rahmon ogʻa, - hali yosh, keyin tushunadi. Meni Ibrohim otangnikiga olib borgin.

Sohibjon oʻzini bosishga qanchalik urinmasin, xonadoniga kelganiga endigina besh oy boʻlgan kelin – xotinining  ogʻzidan chiqqan gap otilgan oʻqday jismini yaralab boʻlgan, butun vujudi gʻazabdan zirqirardi.

Oradan bir xaftalar oʻtib-oʻtmay Rahmon ogʻanikiga janoza xabari keldi. Kelinning soppa-sogʻ, hukumat idorasida ishlab yurgan otasi vafot etibdi. Hammalari taʼziyaga borishdi. Mayyit yerga qoʻyilgan kuni kelin oʻkrab yigʻlagancha Rahmon ogʻaning oyoqlari ostiga oʻzini tashladi. Qaynonasini quchoqlab, qayta-qayta kechirim soʻradi. Qizining ishlaridan hayron boʻlib oʻtirgan onasiga Ibrohim otaning janozasi kuni oʻzi qilgan xatosi haqida soʻzladi.

- Hayot bir sinov, - dedi onasi. – Xatoni tan olib, xulosa chiqarish esa mardlik. Sening qilgan ishing xato emas, gunoh, bolam. Gunohingni endi yaxshiliklaring bilan yuvasan. Sogʻ oʻladimi, kasalmi, bu xudoning ishi. Ajrimini bandasi emas, Alloh chiqaradi.

Rahmon ogʻa bilan Zulayho qudagʻayining bu tanbehidan soʻng yengil tortishdi.

Hozir Rahmon ogʻa butun mahallaning  bobosiga aylangan. Zulayho momo bilan nevara-chevaralarining ardogʻida. Yaqinda Sohibjon nevarali boʻldi. Otasining 80 yoshga toʻlgan kunida nevarasi tugʻildi. Ismini Ibrohimjon qoʻyishdi.

- Ibrohim otaday bagʻri keng, mehr-oqibatli boʻlsin, - deyishdi.

Sohibjonning ayoli esa hamon oʻzini gunohkorday his etib, yoshligidagi xudbinligi uchun afsuslanib yuradi.

- Meni hayot tobladi, - deydi u, - qaynonamdan umrni mehr-muhabbat bilan bezab yashashni oʻrgandim. "Tilingda tarozi boʻlsin”, - degan hikmatning haqiqatlarida feʼlimni ziynatladim.

Inson tugʻilganidan tuproqqa ketgunicha toblanaveradi, deganlari shu boʻlsa kerak-da.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019