16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Jamiyat 👁 4,778

ENDI JAMOAT JOYLARIDA TAMAKI ChEKISh QATʼIYaN MAN QILINADI

ENDI JAMOAT JOYLARIDA TAMAKI  ChEKISh QATʼIYaN MAN QILINADI

Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan 31-may - Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni sifatida eʼlon qilingan. Ushbu sanada dunyoning koʻplab davlatlarida chekish taʼqiqlanadi, tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatiladi. Turli tadbirlar tashkil qilinib, kashandalik illatiga mubtalo boʻlganlar yana bir karra ogohlikka chorlanadi. Bu xayrli anʼana 1980-yildan beri amalga oshirilib kelinmoqda.

Mamlakatimizda ham kashandalikka qarshi kurash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2011-yil 5-oktyabrda yurtimizda "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqarolarning, avvalo, yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarning sogʻligini alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilishning zararli taʼsiridan, shu bilan bogʻliq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va qaror toptirishning tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga muvofiq ish joylari, sogʻlikni saqlash, taʼlim va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, yongʻin xavfi boʻlgan joylar, jumladan, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Oʻzbekistonda birinchi marta jamoat joylarida tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni chekkanlik uchun jarimalar joriy qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  I.A.Karimov tomonidan 2015-yilning 29-dekabr kuni "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi va 30-dekabr kundan boshlab kuchga kirdi.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga yangi 561-modda qoʻshilib, ish joylari, sogʻlikni saqlash, taʼlim va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, yongʻin xavfi boʻlgan joylar, jumladan, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish eng kam ish haqining  uchdan bir  qismidagi jarima bilan jazolanishi belgilandi. Bunday joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilishga maxsus ajratilgan maydonlar va alohida moʻljallangan xonalarda ruxsat beriladi.

Shuni taʼkidlash kerakki, bizning qonunchiligimizda oldin jamoat joylarida tamaki isteʼmol qilgan shaxslarga nisbatan hech qanday jarimalar belgilanmagan edi. 

Tamaki mahsuloti deganda, qonunchilikka koʻra, tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchi moddadan tayyorlangan har qanday mahsulot (jumladan, nos ham) tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 122-moddasiga koʻra,  tamaki mahsulotlarini mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, kemalar, shahar atrofida qatnaydigan poyezd va tramvaylar, shahar ichida va shahar atrofida qatnaydigan hamda shaharlararo yoʻnalishdagi avtobuslarda, shuningdek, taksi va shahar elektr transportida isteʼmol qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Havo kemalari (samolyotlar)da tamaki mahsulotini isteʼmol qilish eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 187-moddasiga koʻra fuqarolarning ish joylari, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Toʻylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obʼektlari bundan mustasno.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga  maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi.

Shuni alohida qayd etish joizki, Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, har yili Yer yuzida 6 million nafarga yaqin kishi chekish oqibatida orttirib olgan kasallik qurboniga aylanmoqda. 17 millionga yaqin kishi esa yurak-qon tomir, oʻpka saratoni, sil, oshqozonosti bezi yalligʻlanishi kabi xastaliklarga giriftor boʻlmoqdalar. Shunday ekan, tamaki mahsulotini chekib, umringizni xazon qilmang, aziz yurtdoshlar.

Sherzod Abdullayev,

tuman hokimligi huquqshunosi.

(Foto - http://s002.radikal.ru)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019