16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:32
Adabiyot 👁 3,632

Saboq

Saboq

Buni hayot deydilar…

Fazilatning otasi etikdoʻz usta edi. U otasining ishdan qaytishini poylab oʻtirar, kelganida boʻyniga opichib olar, erkalanib toʻymasdi, "ona qizim”, deya peshonasidan oʻpib erkalatishlarini juda xush koʻrardi... Otajoni toʻsatdan vafot qildi... Uyda onasi va oʻzidan katta akasi bilan qolishdi. Oʻshanda Fazilat 6 yoshlar chamasida edi...

Maktab ostonasiga birinchi bor qadam qoʻyganidagi quvonchini aytmaysizmi? Oʻqishga, bilimga ixlosi baland Fazilat fanlarni tez oʻzlashtirishi bilan oʻqituvchilarining ham ixlosini qozondi.

U paytlarda maktab oshxonasida yogʻda qovurilgan goʻmma sotilardi. Sinfdoshlari katta tanaffusda goʻmma olib yeyishardi. Fazilatning ham goʻmma yegisi kelar, lekin otasi vafotidan keyin oilasi roʻzgʻorida taqchillik sezilib qolgani uchun och boʻlganida onasining papkasiga solib yuborgan nonini yeyardi... Uning murgʻak qalbidan oʻsha paytlarda "Katta boʻlsam koʻp ishlayman...” degan fikrlar oʻtardi...

Fazilat shu tariqa qiyinchilik koʻrib voyaga yetdi. Tikuvchilikka qiziqdi. Kasb oʻrganib, onasiga oilada koʻmakdosh boʻldi. Akasi qurilishda ishladi. Aka-singil pul topishib, toʻyga taraddud koʻrishdi. Akasi uylandi, uylari toʻlib qoldi..

Shu orada Fazilatga ham sovchilar kela boshladi. Fazilat qishloqqa kelin boʻldi... U kelin boʻlgan xonadon koʻpchilik boʻlib yashasharkan. Qaynona, qaynota, qaynogʻa, qaynbola-yu, qaynsingillarining koʻngillariga yoʻl topish oson boʻlmadi. Oila aʼzolarining barchasi dalada mehnat qilishar, bir kiyib kelgan kiyimlari tuproqqa belanar, Fazilat kunda bir uyum kir yuvar, uy ishlari, mehmon kutish, oiladagilarning hurmatini joyiga qoʻyish oson boʻlmadi...

Oylar oʻtdi, Fazilat oʻgʻilli boʻldi. Eri aloqa institutining sirtqi boʻlimini tamomlab, shaharga ishga joylashdi. Ular shaharda yashay boshladilar. Fazilat tikish tikar, erining topishi ham anchagina edi. Fazilat oʻgʻlini yer-u koʻkka ishonmas, oʻzi taqchillikni koʻrib oʻsganidanmi, oʻgʻlini bekam-u koʻst boʻlsin deb intilardi. Oʻzining maktab paytida oʻrtoqlari goʻmma yeyishganda ogʻzidan suv oqib oʻtirganlari, yangi kiyim kiyib bir-birlariga koʻz-koʻz qilishganlarida havas qilib oʻtirganlari hech koʻz oʻngidan ketmasdi... Oʻgʻlini qatoridan kam boʻlmasin, deb koʻngliga qaradi. Kiyimlarining ohori ketmasidan yangisini olib berardi... Shu tariqa Azamat erkatoy oʻgʻil boʻlib oʻsdi. U 10-sinfni tugatay deb turganida otasi kasallikdan qazo qildi.

Eri oʻlimidan keyin Fazilat oʻgʻliga:

- Bolam, endi otang yoʻq. Mening topganim roʻzgʻordan ortmaydi. Maktabingni tamomlab institutda oʻqi. Kasb egallab, ishla. Bor umidim sendan, - dedi.

Tayyor pulni sarflab, erka oʻsgan Azamat onasiga u kutgan farzandlik mehrni bera olmadi, institutga ham kira olmadi. Bebosh bolalar bilan yuradigan, spirtli ichimlik ichadigan boʻldi. Bundan Fazilat ich-ichidan ezilar, bolani taltaytirib, haddan ziyod erkalatib, yuborganidan pushaymon boʻlardi. U qarindosh-urugʻlari bilan maslahatlashib, oʻgʻlini uylantirishga qaror qildi. Zora uylanib, oilasini boqish uchun mehnat qilsa, yomon odatlarini tashlasa, deb umid qildi onaizor. 

Shu tariqa Azamatni qurilish idoralaridan biriga ishga joylab qoʻyishdi, uylantirishdi.

Uylangandan keyin ham Azamat ichishni qoʻymadi, ichib uyda toʻpolon chiqaradigan boʻldi. Yolchitib ishlamadi ham.

Onaizorning  koʻzlaridan alam yoshlari tinmaydigan boʻldi. Qaygʻu-hasrat odamni yemirar ekan, ona bolasining koʻz oʻngida kundan-kunga xuddi togʻ yemirilayotgandek ichdan yemirilib borayotganini bebosh oʻgʻil sezmasdi.

- Bolam mening mazam yoʻq. Qon bosimim tez-tez koʻtarilyapti. Ukol, dorilar ham foyda bermayapti. Mening koʻzim tirikligida oʻzingni oʻnglab ol. Men senga omonatman. Umrim tugayapti. Sendan koʻnglim toʻq boʻlib ketay, - dedi bir kuni u oʻgʻliga.

Onasining bu soʻzlari oʻgʻilga taʼsir qilmadi...

Asablari charchagan onaizor bir kuni yotganicha oʻrnidan turmadi. Oʻsha kuni oʻgʻil uyda yoʻq edi.

Uyi oldida toʻplanib turgan odamlarni koʻrib, ichkaridan chiqayotgan yigʻidan oʻgʻil goʻyo uyqudan uygʻongandek seskandi. Qoʻshni otaxonning "bebosh bola, onangdan ayrilding. Endi ona yoʻq senga, qisintirib onang umrini qisqartirding, endi yerni tepib dod solganing bilan qoʻldan ketganing kelmaydi” degan soʻzlari Azamatning yuragini teshib oʻtgandek boʻldi goʻyo.

Onasini oʻz qoʻllari bilan qabrga qoʻyar ekan "onajonim, sizga soʻz beraman, endi hech ichmayman, siz istagan odam boʻlaman”, dedi koʻzlaridan yoshlar oqib.

Ona oʻlimidan keyin oʻgʻilning koʻr koʻzlari ochildi goʻyo. Qizini "onaginam”, deya suyadigan boʻldi. Mehnat qildi, joy soldi, daraxt ekdi, bogʻ yaratdi...

Qilgan ishlarini onasining koʻrmagani alam qilib, dunyo koʻziga tordek koʻrinib ketardi baʼzan.

Bir kuni Azamat tush koʻribdi, tushida onajoni "bolam men sendan roziman”, deya qoʻllari bilan peshonasini silarmish, egnida oq koʻylak, yuzlari charogʻon, kulib turgan emish...

Azamat peshonasida onasi qoʻlining  taftini sezgandek boʻldi. Shu-shu biror  xayrli ish qilsa, onasi koʻrib, quvonib turgandek sezadigan boʻldi oʻzini, ezgu ishlarga intilib yashaydigan boʻldi.

Gulnora YuSUPOVA,

"Oʻrta qalʼa” ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026