16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Madaniyat 👁 4,077

QOʻShIQLARI ELGA MANZUR

QOʻShIQLARI ELGA MANZUR

Shunday qoʻshiqlar borki, qancha tinglasak ham toʻymaymiz, har bir jumla soʻzi, ohangi yuragimizning tub-tubiga yetib boradi, bu dolgʻali dunyoda qadrini goh anglab, goh  anglamay yashayotganimiz – moʻʼtabar va mukarram zot – onamiz siymosini koʻz oʻngimizda gavdalantiradi, uning poyi – qadamiga jonimizni nisor etsakda kam ekanligiga iqror etadi, jismimizda joʻsh urib oqayotgan qon goʻyo oʻsha hayotbaxsh ohanglarga qorishib  ketganday vujudimiz tozaradi, hayotga teranroq nigoh bilan boqamiz.

Bu qoʻshiqlar barchamizga yorugʻ dunyoda yashash baxtini inʼom etgan aziz va buyuk zot – onajonlarimiz haqidagi qoʻshiqlardir. Ular aslida koʻnglimizda shunday tuygʻularni junbushga keltira olgani bilan ham qadrlidir.

Ona! Unga ashʼor bitmagan shoir, koʻngillarni sel qilib, eng nozik pardalarda kuylashni istamagan hofiz bormikan, dunyoda?

Sizga qoʻshiq aytaman,

Dil madorim onajon...

Yaqindagina tumanimiz ahli Amudaryo televideniyesi orqali tomosha qilgan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlanib tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan maxsus kontsert dasturida taniqli xonanda Anvar Xudoyberganov ijro etgan "Dil madorim onajon” qoʻshigʻi hech bir tinglovchini befarq qoldirmadi, deb oʻylaymiz.

Soʻzlari sodda, samimiy, balandparvoz tashbehlarsiz, koʻngilga yaqin ruhda yozilgan sheʼrga mos musiqa bastalab, yuksak mahorat bilan ijro etgan mazkur qoʻshigʻi uchun Anvar Xudoyberganov joriy yilning boshida "Otam – suyangan togʻim, onam – mehr bulogʻi...” koʻrik-tanlovida tuman bosqichi gʻolibi, 25-fevralda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida esa faxrli uchinchi oʻrin sohibi boʻlgan edi.

Bolaligidan sanʼatga qiziqib, yoqimli ovozi bilan elimizga manzur boʻlgan koʻplab qoʻshiqlarni ijro etish bilan birga, "Uchqun” ashula va raqs xalq dastasiga badiiy rahbarlik, puflab chalinadigan cholgʻu orkestri rahbarligi mutaxassisligi boʻyicha 30-yilga yaqin vaqt mobaynida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida bolalarga saboq berish jarayonida va oʻzining ijro mahorati uchun ham uning erishgan yutuqlari, gʻolib boʻlgan nufuzli koʻrik-tanlovlari koʻp. Biroq "Otam – suyangan togʻim, onam – mehr bulogʻi...” koʻrik-tanlovidagi muvaffaqiyati hofiz uchun eng ulkan martaba boʻldi. Boisi, Xudoybergan Jumamurodov sheʼriga oʻzi kuy bastalagan, tugʻishgan akasi Shomurod aka yoʻl-yoʻriqlari bilan musiqasi sayqallanib,  maromiga yetkazilgan mazkur qoʻshiqni Anvar Xudoyberganov onasining vafotidan sal oldin, eng avval unga aytib bergan, volidasini quvontirgan, duosini olgan edi. Asli barchasi sanʼat yoʻlini tutgan oʻgʻillar, nevaralar yangi ijod mahsulini eng avval sanʼatni jondan sevuvchi, zurriyodlarining sanʼatdagi har bir yutuqlaridan, yangi qoʻshigʻidan koʻngli osmon qadar yuksaladigan, ularni ham ota, ham ona boʻlib kamolga yetkazgan bagʻrikeng ayol – Maryam momoga taqdim etishar, maslahatlarini olib, kamchiliklarini tuzatishar, onaxonning duosini olib, keyin sahnaga chiqishardi. Chunki sanʼat sohasida bilimli boʻlmasa-da, Murod baxshi nomi bilan taniqli boʻlgan baxshining qizi Maryam momo kuy-qoʻshiqlarni baholashda juda didli edi.

- Bizni asli sanʼatga qiziqtirib, ragʻbatlantirib, shu kunlarga yetkazgan  ham onam edilar. Hozir Navroʻz – umumxalq bayramiga tayyorgarlik qizgʻin ketayapti. Tuman miqyosida oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi badiiy rahbari sifatida zimmamdagi masʼuliyat juda salmoqli. Biroq onamning duolari menga doim kuch berib turadi, - deydi taniqli xonanda Anvar Xudoyberganov.

Biz ham undan xalqimizga manzur boʻladigan koʻplab qoʻshiqlar kutib qolamiz.

 

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Anvar Xudoyberganov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026