17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 05:58
Siyosat 👁 3,293

OShKORALIK, XOLISLIK, ADOLAT – BOSh MEZON

OShKORALIK, XOLISLIK, ADOLAT – BOSh MEZON

Joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi – muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonga tobora yaqinlashmoqdamiz. Biz fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi  raisi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi R.Roʻzmetovga saylovga oid bir necha savollar bilan murojaat qildik. Quyida ushbu suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz:

- Rustam Qoʻziboyevich,   fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va  uning maslahatchilari saylovida fuqarolar qanday huquqlarga ega ekanligini bilishi albatta muhim. Shunday emasmi?

- Albatta! Shu yerda men avvalo mamlakatimizda saylovning oshkoralik, xolislik va adolat tamoyillari asosida oʻtishini taʼminlaydigan qonuniy asoslar yaratilganini taʼkidlashni istar edim. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarimiz "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida koʻrsatilganidek, ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishiga taʼsir koʻrsatishga hech kim haqli emas. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolar ega. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar esa bundan mustasnodir.

- Saylov qanday printsiplar asosida oʻtkaziladi?

- Mazkur Qonunning 5-moddasiga muvofiq saylovni tashkil etish va oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi. Saylov tashkil etilayotganda hamda oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻini) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning  maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Jarayonning borishi ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

Shuningdek, fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi mazkur lavozimlarga ikki yoki undan koʻp nomzod koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Saylovda fuqarolarimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, teng saylov huquqiga ega ekanligi yuqorida tilga olingan qonunning 7-moddasida belgilab qoʻyilgan.

- Rustam Qoʻziboyevich, tumanimiz ahlini albatta, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qiziqtirishi tabiiy. Demoqchimanki, bu masʼuliyatli lavozimga kimlarning nomzodi qoʻyilishi mumkin?

- Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, oliy maʼlumotga ega, saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega shaxs boʻlmogʻi lozim.

Yana shuni qoʻshimcha qilmoqchimanki,  fuqarolarimiz fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga – muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonga befarq qaramasligi, eng munosib kishilarning nomzodi koʻrsatilishi va saylanishida faollik koʻrsatmogʻi lozim.

- Endi suhbatimizni bevosita saylov jarayoni haqida davom ettirsak.

- Fuqarolar yigʻini oqsoqolini va uning maslahatchilarini saylash ochiq  yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Ochiq ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda ovoz berish alifbo tartibida har bir nomzod boʻyicha qoʻl koʻtarish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar boʻyicha ovoz berish oʻtkazilganidan soʻng, uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar alifbo tartibida ovozga qoʻyiladi.

Ovoz berish tugaganidan soʻng ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan har bir nomzod boʻyicha sanab chiqiladi va ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻpining ovozini olgan nomzod fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi. Agarda saylovda fuqarolar yigʻinida ishtirok etuvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.

Mabodo ikki nafardan ortiq koʻrsatilgan nomzodlarning birontasi ham saylanmagan boʻlsa, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Qisqa qilib aytganda, oldimizda juda masʼuliyatli jarayon turibdi. Saylovni yuqori saviyada oʻtkazish, eng munosib nomzodlarning fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga saylanishi – fuqarolarimizning siyosiy savodxonligi va faolligiga ham koʻp jihatdan bogʻliq. Tumanimiz xalqi oʻzlarining bu fuqarolik burchini toʻla anglab, saylovning uyushqoqlik bilan oshkoralik, xolislik, adolat tamoyillari asosida oʻtishiga hissa qoʻshadilar, deb umid qilaman.

- Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat!

 

Oygul RAJABOVA suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026