16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Salomatlik 👁 3,899

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI: UNDAN SAQLANIShNING YOʻLINI BILASIZMI?

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI:  UNDAN SAQLANIShNING YOʻLINI BILASIZMI?

Qrim-Kongo  gemorragik isitma kasalligi virus qoʻzgʻatadigan, tabiiy sharoitda kanalar orqali yuqadigan oʻta xavfli yuqumli kasallikdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining tashuvchilari, kemiruvchilar, yirik va mayda shoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi.

Ushbu kasallik oʻzida  gemorragik virusini  saqlaydigan kanalarning chaqishi va qoʻllar kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi. Bundan tashqari, kasallik odamga shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning qoni orqali ham yuqishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining choʻl hududlari mazkur kasallik boʻyicha tabiiy oʻchoqli hududlar hisoblanadi. Kasallik respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishi ham mumkin.

Kasallikning yashirin davri oʻrtacha 2 – 3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir necha soatlarga qisqarishi yoki 14 kungacha choʻzilishi mumkin. Kasallik oʻtkir boshlanib, bemorning tana harorati 30-40 darajagacha koʻtarilishi, sovqotib qaltirashi, mushaklari ogʻrishi, badanga toshma toshishi, yuz, boʻyin, koʻkrak qismi terilari qizarishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan qon ketishi kabi alomatlar bilan namoyon boʻladi. Baʼzi holatlarda kasallik ogʻir kechib, bemordan qon ketishi natijasida  oʻlim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz shaklda ham kechishi mumkin. Kasallikning bu shaklida badanda toshmalar toshmaydi, qontalashlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi, kasallik asosan isitma va zaharlanish alomatlari bilan namoyon boʻladi.

Shu bois, choʻl hududiga  dam olishga chiqqanlar dam olish uchun moʻljallangan joy mol boqiladigan yaylovdan kamida 2 – 3 km. masofa uzoqda boʻlishiga eʼtibor berishlari kerak.

Shuni unutmaslik kerakki, agar badanga kana yopishganligi aniqlansa, tezda yaqin joylashgan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarur. Birinchi galda kanani ehtiyotkorlik bilan  himoya qoʻlqop kiyib olib tashlash zarur. Dastlab kana yopishgan joyga 2-3 tomchi oʻsimlik yogʻi tomizib, 10-15 daqiqa kutish kerak. Pintset yoki ip yordamida sekin-asta teriga yopishgan kana olinib, shu joyga yod surtiladi va ustiga bakterotsid plastir yopishtiriladi. Olingan kana penitsillin flakonga solinib, ogʻzi tiqin bilan bekiladi va yoqib tashlanadi. Ishlatilgan rezina qoʻlqoplar 70 foizli etil spirti bilan ishlov berilgach, yechiladi va yoqib  yuboriladi.

Kasallik boʻyicha tabiiy oʻchoqli xududlarda yashovchi va ishlovchilar orasida kasallikning oldini olish boʻyicha suhbatlar oʻtkazib, bukletlar tarqatilishi, nafaqat kasallik yuqishi, balki kana chaqishidan himoyalanish imkonini beradi.


Jumaboy YaVKAShEV,

tuman Salomatlik markazi direktori. 
                          
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026