16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Siyosat 👁 2,858

INSONPARVARLIK VA BAGʻRIKENGLIK TIMSOLI

INSONPARVARLIK VA BAGʻRIKENGLIK TIMSOLI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasiga asosan Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yil 12-oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Qaror mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning yana bir amaliy ifodasi boʻldi.

Inson hayotda adashishi mumkin. Muhimi, keyinchalik toʻgʻri yoʻlga tushib olishidir. Davlatimiz tomonidan jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning ana shu bagʻrikenglik, kechirimlilik kabi yuksak qadriyatlariga asoslangan. Qonunni buzgan odamning gunohini kechirib, jamiyat qaytadan oʻz bagʻriga olishi uni jinoyat koʻchasiga qayta kirishdan asrashning ishonchli yoʻlidir.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mazkur qarorida quyidagi mahkumlarni: ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlatlar fuqarolari, amnistiya qarori kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda 1- va 2-guruh nogironlari, shuningdek, sil kasalligining faol shakliga chalingan (dispanser hisobida 1- va 2-guruh) deb eʼtirof etilgan shaxslarni jazodan ozod qilish belgilangan. Bundan tashqari, qarorda ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek, qasddan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etgani uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinishi koʻzda tutilgan.

Bunda amnistiya aktining qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini va qarorni qoʻllashning ochiq-oshkoraligini taʼminlash muhim ahamiyatga egadir.

Amnistiya akti - mamlakatimizda roʻyobga chiqarilayotgan insonparvarlik va bagʻrikenglik, milliy qadriyatlarga hurmat siyosatining amaldagi yana bir ifodasidir. Zotan, bilib-bilmasdan jinoyat yoʻliga kirib qolganlarni kechirish, ularga nisbatan insonparvarlik aktini qoʻllash bunday shaxslarning har qanday qilmishi uchun jazoning muqarrarligini anglab yetishida juda muhim oʻrin tutadi.

Xulosa qilib aytganda, amnistiya aktini qabul qilishdan asosiy maqsad Konstitutsiyamizning muqaddimasida belgilangan insonparvarlik gʻoyalariga sodiqlikni namoyon etgan holda, bilib-bilmay adashib, jinoyat sodir qilgan fuqarolarni kechirib, ularga yangicha hayot boshlashga imkoniyat berish hisoblanadi. Amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatning qoʻllanishi davlatimizda inson huquq va manfaatlari oliy qadriyat sanalishini, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida insonparvarlik tamoyili ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etishi bilan ahamiyatlidir.

 

Yoqubjon SODIQOV,

Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug harbiy prokurori, adliya polkovnigi.

(Foto - http://xushnudbek.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019