16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Fan va taʼlim 👁 4,010

TAQDIR TUHFASI

TAQDIR TUHFASI

Intilish

Hayot – bamisoli bir toshqin daryo. Uning poʻrtanali toʻlqinlari aro suzmoq, shovullagan shovqinlaridan ruhi-joningni avaylamoq uchun insonga kuchli iroda, chidam va bardosh kerak. Inson jismida ana shu moʻʼjizaviy sifatlar mujassam boʻlsagina hayot deb atalmish ulkan daryo toʻlqinlariga boʻy bermaydi, hech qachon ziddiyatlar qarshisida egilmaydi, qadlari bukilib, yiqilmaydi, eng muhimi, beayov sinovlar oldida  yengilmaydi, har gal oʻzida kuch topib, oldinga intilib yashayveradi. Intilganga tole yor, intilgan albatta murodiga yetadi. Buning isbotini Sohiba koʻp bora koʻrdi, his qildi.

Sohibaning bolaligi sobiq tuzum yemirilib, mustaqillik shabadalari esayotgan hayot daryosining poʻrtanali toʻlqinlarida kechdi.

Esida: otasi rahmatlik, oddiy dehqon bolasi – Eshboy Jumaniyozov tez-tez betoblanib qolar, sobiq ittifoqning Chernobil AESi oqibatlarini tugatishda ishtirok etib, nurlangan, shu sabab, farzandlarining koʻzi oldida vaqt oʻtgan sayin soʻlib borar, oʻz holatini goʻdak bolalariga sezdirmaslik uchun butun alamini ishdan olardi. Qipchoq kolxozida oddiy ishchi boʻlgan onasi bilan otasining  yonida yurib, tomorqa va dala ishlariga qoʻllari kelishib qolgan Sohiba akasi Azizbek, singlisi Shahlo va ukasi Oʻtkirbek bilan ota-onasining ogʻirini yengil, mushkulini oson qilishga jon-jahdi bilan tirishardi. Shunday paytlarda bundayin mashaqqatli hayot sinovlarini yelkama-yelka koʻtarib yashayotgan ota-onasiga:

– Hali koʻrasiz, bizlar oʻqib, hammamiz sizlarga koʻmakchi, katta odamlar boʻlamiz, otamni davolatamiz, butunlay sogʻayib ketadi, – der edi ishonch bilan.

Yaxshi niyat – inson orzulariga qanot, deydilar. Farzandlar mustaqillik bilan birga ulgʻayishdi. Sohiba orzu qilganiday, har biri oʻz imkoniyatlari  darajasida "katta odam”lar boʻlib voyaga yetishdi. Eng muhimi, el-yurtga fidoyi, oʻqimishli insonlar qatorida koʻpning hurmatini qozonishdi.

Orzular yoʻlida

Qipchoq ovulidagi 11-sonli maktab tahsili uning orzulari yoʻlidagi ilk pillapoya boʻldi. U barcha fanlardan "aʼlo”ga oʻqir, fanlar olimpiadalariga bilimdon oʻquvchilarni tanlash jarayonlarida ustozlari uning qaysi fan boʻyicha ishtirok etishi yuzasidan bahslashib qolishardi. Sohiba uchun esa kimyo-biologiya fanlari xuddi moʻʼjizalar makoni edi. Maktabdagi ustozlari Norgul Oʻtamurodova va Alisher Musayevlardan anorganik va organik kimyo sirlarini qunt bilan oʻrgangach, Sohiba oliy taʼlim dargohiga hujjat topshirishda hech ikkilanmay Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo fakultetini tanladi. Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Sohiba taʼlimning 1-bosqichidayoq ustozlari nazariga tushdi. Talabalar oʻrtasidagi turli koʻrik-tanlovlar, bellashuvlar, oliy oʻquv yurtlariaro oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisiga aylandi.

Tahsil jarayonida Sohiba kimyo fanining moʻʼjizakor olamidan ilm durlarini terdi. 2008  yilda Universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, oʻsha yili oʻzi tahsil olgan 11-sonli maktabda kimyo fani oʻqituvchisi sifatidagi ilk ish faoliyatini boshladi.

Masʼuliyat hissi

– Maktabda ilk darsga kirgan kunim hech esimdan chiqmaydi, – xotirlaydi Sohiba. – Ustozim, maktabimiz direktori Zulfiya opa Yusupova meni oʻquvchilarga tanishtirib boʻlgach, oʻzlari: "dadil boʻl, men shu yerdaman”, – deganday, sinfdagi eng oxirgi partaga borib oʻtirdilar. Oʻquvchilarni mavzu bilan tanishtirarkanman, hayajondanmi, qoʻl-oyoqlarimda titroq  sezdim. Zulfiya opa oʻta masʼuliyatli va qattiqqoʻl ustoz. Oʻsha lahzalarda u kishi oʻzini mening harakatlarimga jiddiy eʼtibor bermaganday tutib, nimanidir yozish bilan band edilar-u, lekin butun diqqat-eʼtibori darsda edi. Dars tugagach, menga  yoʻl qoʻygan kamchiliklarim haqida gapirib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdilar.

Sohiba ish jarayonida ustozi Alisher Musayevdan koʻp narsalarni oʻrgandi. Oʻquvchilarning qobiliyatlarini baholash, kimyo faniga alohida qobiliyatli bolalar bilan darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazish, bilimlar bellashuvlari va fan olimpiadalariga oʻquvchilarni tayyorlashda darsdan tashqari qoʻshimcha adabiyotlardan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, laboratoriya mashgʻulotlarini  oʻtkazishda oʻquvchilarning tez va oson oʻzlashtirishini taʼminlash maqsadida mahalliy  omillardan foydalanish borasida ustozi Alisher Musayev bilan doimiy hamkorlikda, hamfikr ish yuritishga intildi.

2015-2016 oʻquv yilida uning dars oʻtish uslubi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida ommalashtirildi. Ayniqsa, "Darsdan tashqari mashgʻulotlar” guruhida dars oʻtish uslubi koʻpchilikka manzur boʻldi. Uning oʻquvchilaridan ikki nafari Toshkent Davlat pediatriya institutining Nukus filialiga, yana uch nafar oʻquvchisi Toshkent Davlat Agrar Universitetining Nukus filialiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindilar.

Taqdir tuhfasi

Sohiba Jumaniyozova. Oddiygina dehqon oilasida tugʻilib, ota-onasining mushkulini oson qilishga har lahzada  intilib yashagan, bu intilishlari tufayli toleiga yoshlarga ustozlik qilishdek sharafli umr yoʻli yozilgan oddiy qishloq qizi. Sinovlarga toʻla bolaligida unga otasi (Alloh rahmat qilsin) Eshboy ogʻa qiyinchiliklarga chidash – baxtli kelajakka yetishish ekanligini anglatgan boʻlsa, oliygohda ustozlari, ish faoliyatida esa ustozi Zulfiya Yusupova unga haqiqiy matonat va fidoyilik timsoli sifatida hayot ilmidan saboq berdi. Oilada esa umr yoʻldoshi Uchqunjon Avazboyev, qaynotasi Nurulla ota Avazboyev, qaynonasi Bozorgul ena Sobirovalar unga doimiy maslahatgoʻy. Jajjigina oʻgʻilchasi Sheralijonning  quvonchi, sevimli hamkasblarining eʼtibor va ishonchi, shogirdlarining: "Ustoz!”, – deya talpinib turishlari – Sohiba Jumaniyozova uchun taqdirning eng oliy tuhfasi! Axir yon-atrofingdagi insonlarning mehr-muhabbatini his qilib yashashdan ham ulugʻroq baxt bormi, inson uchun!

Biz bahorning ilk kunlarida, bayramlar fasli boshlanayotgan damlarda Sohibaxon Jumaniyozovaning ish faoliyati bilan bogʻliq orzulari, tajribalariga oshno boʻlib, yosh boʻlsa-da, oʻz kasbi tufayli el-yurt, hamkasblari eʼtiborini qozonishga ulgurgan fidoyi muallimaga dilda havas bilan yanada yuksak muvaffaqiyatlar tiladik.

Robiya YOʻLDOShEVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019