16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:09
Salomatlik 👁 5,962

KOʻKALAMZORLAShTIRISh – EKOLOGIK MUAMMOLARNING OLDINI OLADI

KOʻKALAMZORLAShTIRISh – EKOLOGIK MUAMMOLARNING OLDINI OLADI

Ulugʻ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning "Agar havo toza boʻlgani-da, inson ming yil yashar edi”, – degan soʻzlaridan insoniyat hayoti uchun musaffo havoning nechogʻlik zarur ekanligi ayon boʻlib turibdi.

Bu muammo ustida bugungi kunda ham butun dunyo olimlari  ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Chunki insoniyat oldida bugungidek iqlim oʻzgarishlari qanday oqibatlarga olib keladi? Yer yuzida tiriklik bardavom boʻladimi? Tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga yetkazib berishga qodirmizmi? Havomiz toza boʻlishi uchun nimalar qilishimiz kerak? – degan koʻplab savollar koʻnda-lang boʻlib turibdi.

Atmosfera tarkibidagi kislorod insoniyat, hayvonot va nabotot olamining nafas olishini taʼminlashini barchamiz bilamiz. Inson sutkasiga 350 litr kislorod isteʼmol qiladi. Sovuq kunlarda kislorod koʻp sarflanadi. Yotgan holda odam bir soatda 15 litr, tik turgan holatda2 litr, sekin yurganda 50 litr, soatiga 5 km. tezlikda yursa, 150 litrkislorod yutadi.

Shu raqamlarning  oʻziyoq bizning hayotimiz uchun kislorodning qanchalik ahamiyatli  ekanini koʻrsatib turibdi.

Biz nafas oladigan havoda kislorodning yetarli miqdorda boʻlishi, ifloslanishdan asrashning eng maqbul yoʻli – har xil chang, axlatlar yoqib, tutuni bilan atrof-muhitga zarar bermay, yashil bogʻ-rogʻlar, gulzorlar barpo etib, yoʻl boʻylariga, ekin maydonlari chetlariga manzarali, mevali daraxtlar oʻtkazishdir. Bir  gektar yerdagi yashil oʻt-oʻlanlar bir soatda 200 nafar odam nafas chiqarganda hosil boʻladigan karbonat angidridni oʻzlashtirar ekan. Keyingi yillarda oʻrmonlar, tabiiy hududlardagi daraxtlar kesib olinib, hayotiy ehtiyoj uchun ishlatilayotganligi tufayli havoda kislorod kamayib, karbonat angidrid miqdori ortib borayotgani barchaga ayon.

Shu boisdan ham atrof-muhitni tozalash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini namunali tashkil etish, ekilgan gul, daraxt nihollarining qarovsiz qolib  ketishining oldini olishimiz kerak.

Kelajak avlodlarning shu zaminda emin-erkin, baxtiyor yashashini istagan har bir kishi koʻklamning  har bir kunidan unumli foydalanib, bu xayrli ishga hissa qoʻshmogʻi darkor.

Agar  tumanimiz hududini aylanib koʻrsangiz, ayrim yoʻllar boʻylaridagi did bilan ekilgan, atrofga fayz berib turgan mevali, manzarali daraxtlarni, gullarni  koʻrib, beixtiyor dilingiz yayraydi. "Qaniydi, hamma hududlar ham shunday boʻlsa”, – degan oʻy kechadi koʻnglingizdan.

Bizningcha, yoʻl boʻylaridagi tashlandiq (yoʻl hududiga qarashli) yerlar koʻngilli kishilarga tasarruf etuvchilar tomonidan hujjatlashtirilib, koʻkalamzorlashtirib foydalanish uchun berilsa, yaxshi natijaga erishish mumkin boʻlardi va kelgusida kislorod tanqisligining oldi olinishiga muhim hissa boʻlib qoʻshilardi.

Odilbek JUMABOYeV,

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonachisi.

(Foto - uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026