16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 4,010

BARAKALI FALLA XIRMONI

BARAKALI FALLA  XIRMONI

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlaboq davlatimiz gʻalla mustaqilligini taʼminlash, rizqu roʻzimiz negizini oʻz qoʻllarimiz bilan yaratish boʻyicha qator amaliy chora-tadbirlarni koʻrdi va qisqa muddatda gʻalla mustaqilligiga erishildi. Endilikda nafaqat oʻz gʻallamiz bilan oʻzimizni taʼminlash, balki don mahsulotlarini  xorijga eksport qilish salohiyatiga ega boʻldik. Buni joriy yilda mamlakatimizda 7,6 mln. tonnadan  ortiq bugʻdoy yetishtirilganidan ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Tumanimiz gʻallakorlari ham  har yili kuzgi bugʻdoydan moʻl hosil yetishtirib kelmoqda. Oʻtgan 2012-yil kuzida 2013-yil hosili uchun 2800 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekib, gektarlardan toʻliq nihol undirib olishga erishildi. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirish ishlari agrotexnika qoidalariga muvofiq olib borilib, dastlabki oziqlantirish ishlari bugʻdoyni ekish bilan barobar oʻtkazildi. Keyin yana oʻz muddatlarida maʼdanli va mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirib borildi va sugʻorib turildi. Erta bahorda bargdan oziqlantirish va trips kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlari qoidaga muvofiq olib borildi. Natijada bu yil ham kuzgi bugʻdoydan koʻzni quvontirguday hosil yetishtirildi va iyun oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlab bugʻdoy oʻrim-yigʻimi ishlariga kirishildi. Engavvalo bugʻdoyzorlar vauning chekkalari yovvoyi oʻtlardan tozalandi, chellari tekislandi. Bu esa oʻrim-yigʻim kombaynlarining unumli ishlashiga qulaylik yaratdi.

Oʻrim-yigʻim ishlarining muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlash maqsadida 6 ta oʻrim-yigʻim otryadlari tuzildi va bu otryadlarga 15 ta mehnat unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy "Klass” – Dominator va "Klass” – Mega kombaynlari biriktirildi. Kombayn haydovchilarining unumli ishlashlari uchun dala boshida barcha qulayliklar yaratib berildi. Oʻrim-yigʻim ishlari konveyer usulida tashkil etildi, yaʼni, dala-kombayn-transport va don qabul qilish maskaniga koʻzlarni yashnatuvchi aʼlo navli qirmizi donlar uzliksiz ravishda kecha-yu kunduz tashib keltirildi.

"Taxiatosh-don mahsulotlari” hissadorlik jamiyatining "Mangʻit-don” filialiga qarashli Qipchoq don qabul qilish maskanida ham ishlar qizgʻin boʻldi. Tashib keltirilgan gʻalla hosilini betoʻxtov qabul qilish va tegishli oʻrinlarga toʻkib quritish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi. Laboratoriya tahlil ishlari ham ziyraklik bilan yuritildi. Gʻallachilik bilan shugʻullangan mavjud 235 fermer xoʻjaliklarining har birining bugʻdoy hosilining laboratoriya-tahliliy sifat koʻrsatkichlari belgilab borildi. Tahliliy natijalarga koʻra bugʻdoy hosili sifat koʻrsatkichlari chakki emas. Bu esa bugʻdoy uni va un mahsulotlarining sifatli boʻlishini kafolatlaydi.

Bugʻdoy oʻrim-yigʻimida "Doʻrman” ovuli gʻallachilik fermer xoʻjaliklari peshqadamlik qildilar va tumanda birinchi boʻlib yillik shartnomaviy  rejalarini ortigʻi bilan ado etdilar. Ular 162 gektargʻallazorlardan 300 tonnadan ziyod don topshirdilar. "Kamolladin Bekniyoz”, "Pirnazarov Toʻraboy”, "Matmurodov Botir”, "Sobirov Jumaboy”, "Beshboyev  Qurbongʻali” fermer xoʻjaliklarida 25 tonnadan 50 tonnagacha sifatli bugʻdoy hosili yigʻishtirib olinib, el xirmoniga topshirildi.

"Xolimbeg” elining gʻallachilik fermer xoʻjaliklarida kuzgi bugʻdoy hosili moʻl boʻldi. 135 gektargʻalla maydonlaridan 250 tonnaga yaqin bugʻdoy hosili yigʻishtirib olindi. "Mart ovul”, "Sattor Aymoq”, "Bektemir Jumatov”, "Tojimurodov Zarip” va "Roʻzim Xudan”  fermer xoʻjaliklarida 26 tonnadan 54 tonnagacha bugʻdoy xirmonlari uyildi.

Tumanimizda barakali bugʻdoy xirmonini qilichboylik gʻallakorlar barpo qildilar. Ular 215 gektarmaydonlardan 400 tonnadan ortiq bugʻdoy hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdilar. Bu katta gʻalla xirmonini bunyod etishga "Iskandarov Farhod”, "Amirxon”, "Rajabov Omonboy”, "Saporboyev Qoʻziboy”, "Nurimbetov Xudoybergan”, "Shirinbuloq” va "Polvonov Dogʻdon” fermer xoʻjaliklari gʻallakorlari oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshdilar.

Qipchoq qishlogʻida ham kuzgi bugʻdoydan moʻl hosil yetishtirildi. Qipchoqlik gʻallakorlar 122 gektarkuzgi bugʻdoyzorlardan 230 tonnadan ziyod hosil yetishtirib yillik marradan oshdilar.

Tumanimiz gʻallakorlarining 4605 tonnadan ortiq barakali bugʻdoy  xirmonlarini bunyod etishda "Oʻrta qalʼa” ovuli fermer xoʻjaliklarining alohida tutgan oʻrni va nufuzi bor. Ular 235 gektar bugʻdoy maydonlaridan 440 tonnadan ortiq aʼlo navli bugʻdoy hosillarini davlat xazinasiga yetkazib berdilar.

Yana tahsinga loyiq gʻalla xirmonlarini yaratgan "Boʻzyop” ovulidagi moʻl hosilli "Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligi gʻallakorlari 18 gektar bugʻdoy maydonidan 34 tonnadan ziyod, "Davronbek Sobirov” fermer xoʻjaligi gʻallakorlari 16 gektar gʻallazorlardan 30 tonnadan ziyod, qanglilik gʻallakorlardan "Abdixoliqov Jalgʻash” fermer xoʻjaligida 25 gektardan 46 tonna, "Yusupov Oʻrozboy” va "Oʻtamurodov Oʻrozimbat” fermer xoʻjaligining har biri  44 tonnadan hosil topshirib, bugungi yuksak gʻalla xirmonimizga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.

Ular oʻzlarining bu moʻl bugʻdoy hosillarini mustaqilligimizning 22 yillik bayramiga munosib toʻyona qilmoqdalar. Zero, barchamizning eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz boʻlgan mustaqillik bayramini munosib mehnat sovgʻalari bilan kutib olish har birimizning insoniy burchimizdir.

Anvar YOʻLDOShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019