16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:40
Adabiyot 👁 3,327

Kunlardan bir kun Oʻrozali Reyimov...

Kunlardan bir kun Oʻrozali Reyimov...

Dilkash, hazilkash va quvnoq inson, ustozimiz Oʻrozali Reyimov har doim davralarga fayz kiritib, atrofidagilarga kulgu, tabassum «yuqtirib» yuradi. Oʻzi quvnoq boʻlganidanmi, hayotda u bilan bogʻliq juda koʻp kulguli voqealar sodir boʻlib turadi. Quyida ulardan baʼzilarini Sizning eʼtiboringizga havola qilmoqchimiz.

Oʻrozali Reyimov «Amudaryo haqiqati» gazetasi tahririyatiga ishga yangi kirgan kunlarning birida navbatchilik ham uning «chekiga» tushdi. Boz ustiga, qandaydir mavzuda tanqidiy maqolani boshlab qoʻygan edi, shosha-pisha tugatib, terishga berdi.

Ertasiga ertalab hamkasblaridan biri boshini quyi solib oʻtirgan Oʻrozali ogʻaga:

– Ha, Oʻrozali ogʻa, navbatchilik qiyin ekanmi? – dedi hazillashib.

– Yoʻq, nega unday deysan?

– Shunda nega «mulgib» oʻtiribsiz, ichgan odamday?

– «Bang»ning («Nasha», demoqchi. Tahr.) kuchi, – dedi Oʻrozali ogʻa jiddiy ohangda va hamkasbining qoʻliga yangi chop qilingan gazetani tutqazdi.

Hayron boʻlgan hamkasbi, Oʻrozali ogʻaning maqolasi ustidagi sarlavhani oʻqib, gap nimadaligini tushundi va kulib yubordi.

Tanqidiy maqolaning «Muxbirimiz bong uradi» degan rukni xatolik tufayli «Muxbirimiz bang uradi» boʻlib ketgan ekan...

* * *

Oʻrozali Reyimov Qoraqalpogʻiston televideniyesida ishlab yurgan kezlari qishloq xoʻjaligi korxonalarida shoʻr yuvish ishlarining borishi haqida lavha tayyorlab, «Xabar» dasturiga joʻnatdi.

Lavha efirga ketgach, zum oʻtmay, rahbardan qoʻngʻiroq boʻldi:

– «Amudaryo tumani dehqonlari yerlarni suv bilan sugʻormoqda» degan jumlani qanday tushunsak boʻladi? – dedi rahbar salomalikdan keyin.

– Toʻgʻri-ku, tumanda sugʻorish ishlari allaqachon boshlab yuborildi, yakunlanay deb qoldi, – dedi yosh muxbir boshliqning maqsadiga tushunmay.

– Shunda ne, Amudaryodan boshqa tumanlarda yerni suv bilan emas, kerosin bilan sugʻorishadimi?..

Yosh muxbir yana bir marta shu kabi «qovun tushirdi».

– «Falon maktabda uzunlikka yugurish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi, debsiz? – «Yuqoridan» qoʻngʻiroq qilgan kishi kulib, ushbu jumladan hayronligini bildirdi: – Nima, odatda kesasiga yugurisharmidi?

* * *

Bir kuni Qoraqalpogʻiston telekanali xodimlarini Toshkentdan kelgan mutaxassislar attestatsiyadan oʻtkazadigan boʻlishdi.

– 3 ta savol beradi. Savollari qiyin, lekin hech boʻlmasa bittasiga javob bersangiz, oʻz vazifangizda qolasiz, – dedi attestatsiyaga masʼul xodim.

Navbat yetib, Oʻrozali ogʻa ichkariga kirdi.

– Familiyangiz?

– Reyimov, – dedi Oʻrozali ogʻa kulib.

– Nimaga kulasiz, kulguli ish boʻldimi? – dedi qovogʻi soliq hayʼat raisi.

– Uch savoldan bittasini bilgan ham attestatsiyadan oʻtadi, deyishgandi. Oʻtganimga xursand boʻlib kulyapman...

Xonadagilarning hammasi, shu jumladan, koʻrinishidan ancha jiddiy, bir necha odamni «qulatgan» hayʼat raisi ham kulib yubordi.

– Bu bolaga gap yoʻq, uni imtihon qilishning ham keragi yoʻq, attestatsiyadan oʻtding, – dedi kulgidan oʻzini toʻxtata olmayotgan rais.

* * *

Bir kuni Oʻrozali Reyimov tumanda oʻtkazilgan «Navroʻz» bayramidan lavha tayyorlab, Nukusga yoʻl oldi. Shoshib borsa, «Xabar» tahririyati xonasida 7-8 nafar hamkasblari navbat kutib oʻtirgan ekan.

– Bilaman, hamma muxbir tumanidagi bayramni bugun, birinchi boʻlib efirga uzatgisi keladi. Lekin vaqt oʻlchangan. Bor-yoʻgʻi 3 ta tumanning reportajini bugun efirga uzata olamiz. Qolganlari ham navbat bilan shu hafta ichida chiqadi, – dedi tahririyatda ishlovchi masʼul muharrir.

Muxbirlar shu «uchtalik»ka kirish uchun gap talashib ketishdi. Kimdir tumanidagi bayramga Respublika rahbariyati vakillari qatnashganini aytsa, yana kimdir navbatga birinchi boʻlib turganini pesh qildi.

– Oʻrtoqlar, dedi Oʻrozali Reyimov. Kap-katta odamlar, buncha tortishasizlar? Menda bir taklif bor, hammaga tenglik boʻlsin. Keling, bayram qaysi tumanda boʻlgan boʻlsa, alifbo tartibida oʻsha tumanning bayrami efirga ketsin. Avval Amudaryo, soʻng Beruniy... Nima dedingiz?..

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026