16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:01
Maqolalar 👁 1,118

KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA

KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA

Iyd-Qurbon kuni edi. Hayit namozidan chiqib, bir-ikki azador oilalarga sovgʻa-salom bilan kirib, ayyom bilan qutlagan Sulton boboni oʻgʻli ostonada kutib turardi.

– Keldingizmi, ota, qurbonlik jonliqni soʻyib, taxladik, bugun kechqurunga mahallaga qorma oshi qilsakmi, deb turibmiz. – Katta oʻgʻli Dilmurodning bu gapidan soʻng, Sulton bobo qoshlarini chimirib:

– Yoʻq, mahallaga qorma oshi bermaymiz, – dedi qatʼiy.

Oʻgʻli yelkasini qisdi, “nima gap?” deganday onasiga qaradi. Zulayho ena indamay sabr bilan erining mulohazasini kutdi.

– Qurbonlik goʻshtini olib kelchi, oʻgʻlim, – buyurdi Sulton bobo.

Katta korson (togʻora) toʻla goʻsht va alohida laganda qoʻyning tozalangan kalla-pochasini keltirishdi. Bobo qurbonlik goʻshtini uch qismga boʻldi. Bir qismini oilasi va oʻgʻillari uchun yana bir qismini qizlarining oilasiga teppa-teng taqsimladi. Uchinchi qismini esa bir necha boʻlaklarga boʻldi-da, mahalladagi uch-toʻrtta kamxarjroq oilalarga olib borib berishni farzandlariga topshirdi.

– Qoʻshnimiz Nuriddin aka kelgandi, – biroz andisha bilan gapirdi Dilmurod. – Mahalladagilar qorma oshi uchun oʻrtaga pul yigʻayotgan ekan. Shunga bir-ikki soʻm...

Sulton bobo tushundi. Har yili shunday qilishadi. Oʻrtaga pul yigʻib, qorma oshini bitta joyda pishirishadi.

– Nuriddin akang uyidamikan?

–Hozirgina uyida edi.

– Borib koʻray-chi, – qoʻzgʻaldi bobo, – rejalari qanday ekan?

Nuriddin koʻcha boshchisi, xalqning yaxshi-yomon kunlarida sidqidildan xizmat qiladi. Hamma maʼrakalarga bosh-qosh. Uni Sulton boboning oʻzi oʻqitgan. Biroz qaysarligi ham bor.

– Nuriddin, hoy Nuriddin!

Ostonada turib chaqirayotgan Sulton muallimni koʻrishi hamon peshvoz chiqqan Nuriddin hayit kuni ustozining oʻzi uni yoʻqlab kelganidan biroz xijolat boʻldi.

– Hali chiqsam, yoʻq ekansiz, ustoz.

– Ha, chiqibsan, Dilmurod aytdi. Qani, Nuriddinboy, xalqdan qorma oshi uchun qancha pul yigʻildi?

– Shuning hisob-kitobini qilayotgan edik, hali bermaganlar koʻp, u hayit bilan bu hayitda besh-oʻn soʻm ehson qilishni oʻziga ep koʻrmaydigan noinsoflar ham bor-da, ustoz.

– Unday dema, agar shu gapni sen aytayotgan boʻlsang, oʻzing noinsofsan. Xayr-ehson, sadaqa – Alloh uchun, chin koʻngildan chiqishi kerak. Hech kimga qorma oshi sadaqa qilish majburiyat emas, bu – xurofot, dinimiz esa xurofotdan qaytaradi.

– Pul bermaganlar ham qorma oshiga kelaveradi, noqulay-da, ustoz, – chaynaldi Nuriddin.

– Aqlingni yigʻ, bola, – jahli chiqdi Sulton boboning. – Mahallada hech qanday qorma oshi berilmaydi. Har yili shunday qilasizlar, qancha xarajat isrof boʻladi. Oʻtgan yili ortib qolgan osh-ovqatni kelinlar kanalga oqizishganini unutdingmi?

– Shunday deysiz-u, yigʻilgan pullar...

– Yigʻilgan pullarmi, yaxshilab taxlagin-da, odamlarni menikiga chorla, ehson qilingan pullarni haqiqiy egalariga topshiramiz.

Qorma oshi uchun oʻrtaga yigʻilgan pullar bir-necha million soʻm boʻldi. Sulton bobo mahalladoshlariga dilidagini aytdi.

– Ehson qilingan pullaringizga rozimisiz?

– Albatta, rozimiz!

– Unday boʻlsa, eshiting, mahallamizda otasiz oʻsayotgan va shartnoma asosida oʻqishga kirgan kamxarj oilalarning farzandlari bor. Yigʻilgan ehson pullarini oʻshalarga bersak, nima deysizlar?

Barcha bir ovozdan boboning fikrini maʼqullashdi. Hatto oʻrtaga pul qoʻshishga ulgurmagan mahalladoshlar, ayrim baquvvatroq tadbirkorlar 50-100 ming, baʼzilari undan ham koʻproq pul olib kelib berishdi. Sulton bobo boshchiligida boquvchisini yoʻqotgan bir oilaga, farzandlari shartnoma asosida taʼlim olayotgan uchta kamxarj oilaga pullar taqsimlab berildi. Bundan barchaning koʻngli toʻldi. Xuddi yelkasidan ogʻir yuk tushganday, yengil tin olgan koʻcha boshchisi Nuriddin aka:

– Endi har doim shunday qilamiz! – deb qarsak chalib yubordi quvonch bilan.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026