16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:30
Siyosat 👁 6,311

MUSTAQILLIK - ENG ULUGʻ, ENG AZIZ NEʼMAT

MUSTAQILLIK - ENG ULUGʻ, ENG AZIZ NEʼMAT

Mamlakatimiz istiqlolga erishgan sana – 1-sentyabr – mustaqillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Ayni kunlarda butun yurtimiz boʻylab mustaqilligimizning 22 yilligini munosib kutib olishga qizgʻin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Mustaqillik - bugun biz erishgan yuksak marralarga qanot boʻlgan kuch. Bugun yurtimizning har bir goʻshasida boʻy koʻrsatib turgan ozod va obod Vatan manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. Shu bois xalqimiz har yili eng ulugʻ va eng aziz bayramimizni oʻzgacha shukuh, koʻtarinki kayfiyat bilan kutib oladi.

Bugun mamlakatimizda qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar va erishilayotgan yangi-yangi marralar haqida gapirganda, bu yutuqlarning tub asosida istiqlolning ilk kunlaridan belgilab olingan «Inson manfaati — har narsadan ulugʻ», «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari — eng oliy qadriyat», «Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun», «Hamma narsa — inson uchun, uning kelajagi uchun» kabi koʻplab ezgu daʼvatlar va hayotbaxsh gʻoyalar turganini mamnuniyat bilan tilga olamiz.

Mustaqillik bizga eng avvalo oʻzligimizni qaytarib berdi. Kim ekanimizni, qanday buyuk zotlar avlodi ekanimizni, hech kimdan kam emasligimizni va hech qachon kam boʻlmasligimizni anglab, oʻtgan 22 yillik tarixan qisqa davrda dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnimizga, oʻz soʻzimizga ega boʻldik.

Mustaqillik bizga inʼom etgan huquqlar juda koʻp. Masalan, birgina mulkdorlik huquqini olaylik. Bundan 22-yil oldin «xususiy mulk» degan tushunchaning oʻzi yoʻq edi. Istiqlol sharofati bilan bugun yurtimizda har bir inson mulkdor boʻla oladi, tadbirkorlar safi yil sayin ortib bormoqda. Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning gʻoyat muhim sohasi boʻlmish kichik biznesni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va himoyasining kuchli tizimini yaratishga juda katta eʼtibor berib kelinmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasining qabul qilinishi kichik biznes subʼektlari rivojiga xizmat qilmoqda.

Tadbirokorlarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish borasida tuman Prokuraturasi tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida 8 ta holatda Prokuratura aralashuvi bilan tadbirkorlarning poymol qilingan huquqlari tiklandi. Prokuraturada tashkil qilingan 007 raqamli ishonch telefoniga tadbirkorlardan 4 ta qoʻngʻiroqlar kelib tushgan boʻlsa, telefon orqali murojaatlarda aytilgan muammolarning barchasi tadbirkorlar foydasiga hal qilindi.

Shuni faxr bilan aytish mumkinki, bugun yurtimizning har bir fuqarosi istiqlol bergan ana shu huquq – tadbirkorlik bilan shugʻullanib, mulkdor boʻlish, oʻz oilasi, oʻzi yashayotgan hudud va mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qoʻshish baxtiga ega.

Fursatdan foydalanib, ana shunday baxtni oʻzining oliy maqsadi, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishni farzandlik burchi, deb bilgan holda turli sohalarda ishlab, mehnat qilayotgan har bir yurtdoshimizni yaqinlashib kelayotgan eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 22 yilligi bilan tabriklayman.

Qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimiz boʻlmish muqaddas Vatanimiz hamisha tinch, xalqimiz omon, turmushimiz obod va istiqlolimiz abadiy boʻlsin!

Farxad ALLAMBERGENOV,

tuman prokurori, adliya maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026